Plaginlar va ulardan foydalanish



Yüklə 301,24 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.04.2023
ölçüsü301,24 Kb.
#97966
3-амалий



PLAGINLAR VA ULARDAN FOYDALANISH 
Yuqorida qayd etib o’tilgan obyektlar faqat konstruktorlik tizimida 
qo’llani- ladigan obyektlar bo’lib, ulardan tashqari plaginlar asosida 
foydalaniladigan ob- yektlar ham mavjud. Masalan, Dastur oynasidagi “Object” 
menyusining “Plugins” bandiga murojaat qilib, “Calendar”, “Data Grid”, 
“Media Player”, “Shape”, “Sli- der”, “ThumbList” va “WinButton” kabi 
obyektlardan ham foydalanish mumkin (5-rasm): 
5-rasm. “Object” menyusidan plaginlarni tanlash Mazkur 
plaginlar “AutoPlay Media Studio 7.1.1000.0” dasturi bilan birga 
o’rnatiladigan standart plaginlar bo’lib, zarur bo’lsa boshqa plaginlarni 
“Plugins” ichki menyusidagi “More Plagins…” bandiga murojaat qilib, On- 
line rejimda 
19 


Internetdan yuklab olish ham mumkin. Standart plaginlarning ko’rinishi 6-
rasmda ko’rsatilgan [5]: 
6-rasm. Plaginlar va ularning sahifadagi ko’rinishi 
Bunday plaginlar standart obyektlardan tashqari sahifada 
yetishmayotgan obyektlar o’rnini to’ldirib turadi. 
Plaginlardan foydalanishning boshqa ajoyib xususiyatlari ham mavjud. 
Masalan, AutoPlay galeriyasidagi standart buyruq tugmalarini klavishli 
boshqarish imkoniyati yo’q. Xususan, WinButton nomli plaginni qo’llash va 
unga mos ssenariy yozish asosida WinButton obyektiga SetFocus ni 
o’rnatishimiz va sahifani klavishli boshqarishimiz mumkin. 
Plaginlar nafaqat obyektlar sifatida, balki Project, ya’ni loyihaning o’zi 
uchun qo’shimcha ravishda Action (ya’ni harakat) hodisalari sifatida ham 
taqdim etiladi. 
Bu plaginlardan foydalanish, ya’ni ularni joriy loyihaga biriktirish uchun 
AutoPlay dastur oynasining “Project” menyusidagi “Plugins…” bandiga 
murojaat qilamiz (7-rasm): 
20 


7-rasm. “Action Plugins” ni Project ga qo’shish Natijada, 
“Action Plugins” sarlavhali muloqot oynasi vujudga keladi. Bu muloqot 
oynasida “AtomicClock”, “CDAudio”, 
“Clipboard”, “ColorDialog”, “DateDiff”, 
“Desktops”, “FontDialog” va “FTP” kabi plaginlarni ko’rish mumkin (8-rasm): 
8-rasm. “Action Plugins” muloqot oynasining ko’rinishi Ko’rib 
turganingizdek, mazkur holatda “Desktops” plagini loyihaga biriktirilmoqda. 

Yüklə 301,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin