Nastoykalar tiniq, spirtli, spirt-suvli ajratmalar bo‘lib, dorivor o‘simlpk va
hayvon organlari xom ashyosidan qizdirmasdan tayyorlanadi. Nastoykalar kuchli ta’sir etuvchi xom ashyolardan 1:10, qolganlaridan esa 1:5 (og‘irlik-hajm) nisbatda tayyorlanadi.
Qalampir yalpiz (1:20) va yapon soforasi (1:2) nastoykalari bundan mustasnodir. Nastoykalar olishda ajratuvchi sifatida xar xil quvvatli (40%, 60%, 70%, ba’zan 30%, 90%, 95%) etil spirti ishlatiladi.
X DF da nastoykalar bo‘yicha 10 ta modda keltiril gan. Undan tashqari, vaqtincha farmakopeya moddalari bo‘yicha 50 dan ortiq nastoyka ishlab chiqariladi.
Oddiy nastoykalar.Bularga sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan ko‘pchilik nastoykalar misol bo‘la oladi.
Ekstraktiv moddalar 13—17%, spirt 14% dan kam bo‘lmasligi, zichligi 1,021 —1,050 bo‘lishi kerak. YUmshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Ekstraktlar
Ekstraktlar deb o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratmb olingan va ajratuvchisi qisman, ba’zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar — kuyuq-suyuqligiga (konsistensiya) qarab tasniflanadi.
Suyuq ekstraktlar — konsentrlangan ajratmalar bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi, ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.
Quyuq ekstraktlar - o‘ta qovushqoq bo‘lib, idishdan to‘kilmaydigan, asalsimon cho‘ziladigan massa bo‘lib, 25% gacha namlik saqlaydi, ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1) nisbatlarda tayyorlanadi. Quruq ekstraktlar tolqon bo‘lib, 5% gacha
namlik saqlaydi.
Suyuq ekstraktlar
Suyuq ekstraktlar oson qo‘zg‘aluvchan spirt-suvli ajratmalar bo‘lib, 1:1 nisbatda, ya’ni bir og‘irlik qism xom ashyodan bir xajmiy qism maxsulot olinadi. Suyuq ekstraktlar tayyorlanishi nisbatai osonligi, ta’sir qiluvchi moddalar majmuasining tabiiyligi, xom ashyo va tayyor maxsulot nisbatining oddiyligi bilan tibbiyotda
keng ko‘lamda ishlatishga imkoniyat beradi. SHu bilan birga ular ekstraktiv moddalarga to‘yingan bo‘lib, saqlash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismini uchib ketishi bilan cho‘kma xosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va saqlashni ancha chegaralab qo‘yadi.