Oraliq qurilmalarining asosiy elementlari po’latdan tayyorlangan ko’priklar po’lat ko’priklar deb ataladi. Bunday ko’priklarning tayanchlari betondan, temirbetondan va boshqa materiallardan tashkil topishi mumkin.
Qurilishda ishlatiladigan po’latlar yuqori mustahkamlik, egiluvchanlik va zarblarga dosh berish ko’rsatkichlariga ega. Shuning uchun po’lat ko’priklarning oraliqlari eng katta va ular og’ir dinamik yuklar ta’siri ostida ishonchli ravishda ishlaydi. Zamonaviy po’lat ko’priklarning oraliq uzunligi 3000 metrdan ortiq, temirbeton ko’priklarniki esa 500 metrgacha bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda oraliq uzunligi 3030 metr bo’lgan po’lat ko’prik loyihasi ishlab chiqilgan va qurilish ishlari boshlanmoqda.
Qurilish konstruksiyalari po‘lat, alyuminiy, beton, temirbeton, tosh, plastmassa yog`och va boshqalarlardan tayyorlanadi.
Qurilish konstruksiyalari po‘lat, alyuminiy, beton, temirbeton, tosh, plastmassa yog`och va boshqalarlardan tayyorlanadi.
Transport qurilishida betonli, temirbetonli va metall konstruksiyalar qo‘llaniladi. Metall konstruksiyalardan har xil vazifani bajaruvchi katta oraliqli binolarning sinchi va tomlarida foydaniladi. Beton va temirbeton konstruksiyalar kam tanqisligi, yuqori mustahkamli, uzoqqa chidamliligi, olovbardoshligi, suv o‘tkazmasligi va har xil formadagi elementlarni tayyorlash mumkinligi, hamda foydalanish chiqimlarning kam talab qilganligi uchun qurilishda etakchi o‘rinni egallaydi. Materiallarni to‘g‘ri tanlash va ularni qo‘shishga konstruksiyalarning texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ularning ishonchliligi, uzoqqa chidamliligi va boshqalar bog‘liq bo‘ladi. Loyihachi materiallar bahosini, ularni ishlash va tashishni, materiallarning ijobiy va salbiy xossalarini, hamda «Asosiy qurilish materiallardan tejamli foydalanishning texnik qoidalari» ga amal qilishni hisobga olishi lozim.