PO\'LAT KONSTRUKSIYALI TO\'SINLI KATAK BOSH TO\'SININI HISOBLASH VA KONBSTRUKSIYALSH
Po’lat oraliq qurilmalar turli statik tizimlarga va turli-tuman konstruktiv shakllarga ega bo’lishi mumkin. Ular mayda elementlarga va yirik bloklarga osongina bo’linadi. Bu esa ularning tayyorlanishini, tashib keltirilishini va montajini osonlashtiradi. Po’lat oraliq qurilmalarning massasi teng oraliqli temirbeton oraliq qurilmalar massasiga solishtirilganda ancha kichikdir. Bu esa tayanchlarga tushadigan yukni kamaytiradi, transport va boshqa xarajatlarni kamaytiradi.
Po’lat qo’priklarning eng muxim afzalliklari – elementlarni maxsus zavodlarda tayyorlashni maksimal darajada industrializatsiyalash, avtomatik elektropayvandlashni qo’llash, konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori darajada kompleks mexanizatsiyalash imkoniyatlari, konstruksiyalarning yuqori sifati va montajga tayyorligi, konstruksiyalarni yilning istalgan vaqtida va juda qisqa muddatlarda turli usullar bilan montaj qilishning sermashaqqat emasligidir.
Loyihalash jarayonida konstruksiya va uni tayyorlash, saqlash, tashish paytida, shuningdek inshootni tiklash davrida ta’sir etadigan yuklarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Hisob ishlarida yuklarni me’yoriy va hisobiy qiymatlaridan foydalaniladi. Konstruksiyadan o‘z me’yorida foydalanish chog‘ida me’yor /8/ bo‘yicha unga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuklarning maksimal qiymati me’yoriy deb ataladi.

Yukning haqiqiqiy qiymati bilan me’yoriy qiymati orasidagi farq yuklar bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti yordamida hisobga bo‘linadi: uzoq muddat va qisqi muddat ta’sir etadigan hamda maxsus yuklar. Texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan ta’sirlar uzoq muddatli muvaqqat yuklarga kiradi. Maslan, elevatorga to‘ldirilgan don yilning ma’lum muddati davomida konstruksiyaga bosim kuchi bilan ta’sir etadi, shamol, qor singari ta’sirlar qisqa muddatli yuklarga misol bo‘la oladi. Zilzila va portlash kuchlari kabi ta’sirlar maxsus yuklarga kiradi.