20
kislotasi -1 litr suvga 0,1-0,5 mg va mikroelementlar eritmasida ivitish (0,1-0,5 % li
bor kislotasida); 0,02-0,05 % li marganets sulfat tuzida; 0,005-0,01 % li kobalt sulfat
tuzi yoki 0,02-0,04 % li alyumin-molibdat nordon tuzi
eritmasida ivitish ularning
o’sishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
5. Poliz ekinlari urug’lari tuproqning 8-10 sm chuqurlikdagi harorati +12+15
o
S
darajaga yetganida ekishga kirishiladi. Bunday sharoitlar O’zbekistonning janubida
aprel
oyi boshida, shimolda esa aprel oyi oxirida sodir bo’ladi. Ekish muddatlari
mahsulot pishib yetilishi vaqtiga ham bog’liq, binobarin, qovun va tarvuzning qishda
saqlanadigan kechki navlari may oyi oxiri
-iyun oyi boshlarida ekiladi, bunda
hosilning ko’p qismi sentabr-oktabr oyida yetiladi.
Ekish chuqurligi urug’larning
mayda-yirikligiga, ekish muddatlariga,
tuproqning
namligi va tarkibiy xususiyatlariga bog’liqdir. Odatda, tarvuz va qovoq urug’lari 5-7
sm va qovun urug’lari 4-6 sm chuqurlikka ekiladi.
Dostları ilə paylaş: