1.2. Populyasiya sonini va zichligini aniqlash. Populyasiya soni va zichligini aniqlash uchun o’quv binosi yaqinidagi yashil maydon (daraxtzor) tanlanadi. Daraxtlarning turlari aniqlanadi va ularning soni sanab chiqiladi. Olingan ma’lumotlar amaliyot daftariga qayd qilinadi. Bu ma’lumotlar daraxtlar populyasiyasining sonini ifodalaydi. Daraxtlar zichligi 100 m2 maydondagi individlar sonida ifodalanadi.
O’tchil o’simlik zichligini aniqlash uchun ajiriq, qo’ng’irbosh, bug’doyiq yoki boshqa o’simlik tanlanadi. 1 m2 maydon ajratilib, tanlangan turga mansub o’simliklar soni sanab chiqiladi. Bunday namunalar ajratilgan maydonning turli qismlaridan bir necha marta olinadi va o’simliklarning 1 m2 maydondagi o’rtacha soni aniqlanadi. Olingan natija mazkur o’simlik populyasiyasining zichligini ifodalaydi. Hisoblash ishlari uquv xonasida olib boriladi va natijalar amaliyot daftariga qayd qilinadi.
1.3. Mustaqil ish topshiriqlari Yashash joyingiz atrofidagi daraxt va o’tchil usimlik populyasiyasining zichligini aniqlang va shu populyasiyaning soni haqida xulosa qiling.
Populyasiya zichligini hisoblashning bilvosita usullari va ular orqali chiqariladigan xulosalarni bayon eting.
3. Populyasiya soni va zichligini aniqlashning amaliy ahamiyati haqidagi fikrlaringizni bayon eting.
1.4. Testlar. 1. «Ekologiya – bu ekosistemalar biologiyasidir». Bu fikr qaysi olimga tegishli? A) Y.Odum V) R.Margalef S) S.Krebs D) Ch.Elton
2. «Ekologiya- organizmlarning tarqalishi va zichligini belgilaydigan munosabatlar haqidagi fandir». Bu ta’rif qaysi olimga tegishli? A) E.Gekkel V) R.Margalef S) S.Krebs D) Ch.Elton
3. Populyasiyalar ekologiyasining asoschisini ko’rsating. A) Y.Odum V) E.Gekkel S) Ch.Darvin D) Ch.Elton
4. Ekologiyaga turli yondoshishlarning qaysi birida asosiy e’tibor ayrim turlarga qaratiladi? A) Populyasiyali yondoshish V) Ekosistemali yondoshish
S) Struktur yondoshish D) Funksional yondoshish