Popul yatsi yalarekologi ya s I



Yüklə 310,3 Kb.
səhifə12/24
tarix13.12.2023
ölçüsü310,3 Kb.
#175205
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Amaliy mashg`ulot populyatsiya

Sinov savollari.


1. Populyasiyaning statik ko’rsatkichlariga qaysi ko’rsatkichlari kiradi?
2. Populyasiyaning jins tuzilmasi deganda nimani tushunasiz?
3. Populyasiyaning yosh tuzilmasi qanday usullarda ifodalanadi?
4. Populyasiyada jinslar nisbati ekologik omillarga bog’liqmi?
5. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi jins tuzilmalarni tushintiring.
6. Populyasiyaning yosh va jins tuzilmasiga qarab, uning kelajakdagi hayotini bashorat qilish mumkinmi?
7. Jins tuzilmani o’rganishning qanday ahamiyati bor?
4- Mavzu: Yashovchanlik jadvalini tuzish
Reja:
1. Populyasiyaning dinamik ko’rsatkichlari haqida nazariy ma’lumotlar.
2. Yashovchanlik jadvalini tuzish
3. Mustaqil ish topshiriqlari
4. Testlar
Darsning maqsadi: Talabalarga populyasiyaning dinamik ko’rsatkichlari haqida nazariy ma’lumotlar berish, populyasiyadagi o’limni yoshlar boyicha taqsimlanishini o’rganish va yashovchanlik jadvalini tuzish ko’nikmalarini hosil qilish.
Dars o’tish vositalari: sinf doskasi, yashab qolish jadvaliga oid plakatlar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, mikrokalkulyator, ish daftari.
Dars o’tish usullari: dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu boyicha savollar beriladi, talabalar yakka tartibda amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Darsning бориши:
4.1. Populyasiyaning dinamik ko’rsatkichlari haqida nazariy ma’lumotlar
Ma’lum vaqt oralig’ida populyasiyadagi individlar tomonidan yuzaga keltiriladigan yangi individlar soni tug’ilishni ifodalaydi. Ko’pincha absolyut va solishtirma tug’ilish farq qilinadi. Ma’lum vaqtda tug’ilgan individlarning umumiy soni absolyut tug’ilishni ifodalaydi. Solishtirma tug’ilish bitta individ hisobiga olingan tug’ilishdir. Boshqacha aytganda, tug’ilgan individlar sonining individlar umumiy soniga nisbati solishtirma tug’ilish deyiladi. Populyasiyada tug’ilishni quyidagi formula asosida hisoblash mumkin:
b =
Bu yerda b- tug’ilish; Nn- tug’ilgan individlar soni; t- vaqt oralig’i. Agar solishtirma tug’ilish aniqlanayotgan bo’lsa, formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.
b =
bu yerda N- vaqt oralig’ining boshlanishida individlarning umumiy soni.
Tug’ilish ijobiy yoki nolga teng kattalik bo’lishi mumkin. Populyasiyadagi tug’ilish kattaligi ko’plab omillarga, jumladan, shu vaqtdagi ko’payishga qobiliyatli individlar soniga bog’lik. Bu esa populyasiyaning jins va yosh tuzilmasi tomonidan belgilanadi. Tug’ilish generasiyalarning takrorlanish tezligiga ham bog’liq. Yiliga bir generasiya (avlod) beradigan turlar monovoltin, ko’p avlod beradiganlari polivoltin turlar deyiladi. Ko’payish davrining soniga qarab turlarni monosiklik va polisiklik turlarga ajratish mumkin. Jinsiy yetuk davri qisqa davom etadigan turlar monosiklik turlar deyiladi. Masalan, ko’pchilik hasharotlar, losossimon baliqlar va boshqalar. Qayta- qayta ko’payishga layoqatli turlar polisiklik turlar deyiladi. Bunday turlarga ko’pchilik umurtqali va ba’zi umurtqasiz hayvonlar kiradi. O’simliklarda hayotida bir marta kupayadigan - monokarpik va ko’p marta ko’payadigan polikarpik turlar ajratiladi.O’lim tug’ilishga qarama- qarshi jarayon bo’lib, ma’lum vaqt oralig’ida o’lgan individlar sonini ifodalaydi. Solishtirma o’lim xuddi tug’ilish kabi topiladi.
d = ,
d- o’lim, Nm- o’lgan individlar soni, N- vaqt oralig’ining boshlanishidagi individlarning umumiy soni, t- vaqt oralig’i. O’lim ijobiy yoki nolga teng kattalikdir.
Tug’ilish va o’lim o’rtasidagi farq populyasiya soni o’zgarishining tezligini ifodalaydi. Binobarin, populyasiya soni o’zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin:
r = b - d
r-populyasiya sonining o’zgarish tezligi; b- tug’ilish; d- o’lim. Agar tug’ilish o’limga teng (b =d ) bo’lsa, populyasiya soni doimiy bo’ladi, ya’ni populyasiya turg’un holatda bo’ladi. Populyasiya sonining o’zgarish tezligi ijobiy, salbiy va nolga teng kattalik bo’lishi mumkin.
Populyasiya soni o’zgarish tezligini tug’ilish va o’limning farqi sifatida emas, vaqt oralig’ida populyasiya sonining o’zgarishini o’lchab ham aniqlash mumkin. Bu holda populyasiya soni o’zgarish tezligini quyidagicha ifodalash mumkin.
r =
N- populyasiya sonining o’zgarishi; N- vaqt oralig’ining boshlanishidagi individlarning umumiy soni; t - vaqt oralig’i. Ko’pchilik hollarda olingan natijalardan populyasiya soni o’zgarishining tezligini va tug’ilishni oson aniqlash mumkin. Lekin o’limni aniqlash bir oz qiyinchilik tug’diradi. Bunday hollarda o’limni tug’ilish va populyasiya sonining o’zgarish tezligi orasidagi farq sifatida aniqlash mumkin.
d = b - r
Populyasiyadagi o’lim bir qancha omillarga bog’lik. Masalan, individlarning genetik va fiziologik sifatliligiga, tashqi muhit omillarining ta’siriga va hokazo.
Har bir tur organizm uchun umr uzoqligining mumkin bo’lgan maksimal qiymati bor. Lekin tabiatda faqat juda kam individlargina umrning maksimal uzoqligigacha yashay oladi. Turli turlarda umrning maksimal uzoqligi turlichadir. Odatda yirik hayvon va o’simliklarda umr uzoqligi kattaroq, kichikroq organizmlarda kamroq bo’ladi. Umr uzoqligi hayot sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgarishi mumkin. Masalan, poykiloterm hayvonlar past haroratda ko’proq yashaydi (albatta, harorat chidamlilik darajasidan chiqmagan holatda). Dafniyada oziq normal bo’lganda umrning maksimal uzoqligi yuqoriroq, oziq ko’p holatda va juda kam bo’lganda pastroq bo’ladi. Ko’pgina ekologik tadqiqotlarda umrning maksimal uzoqligi emas, balki o’rtacha uzoqligi muhimdir.

Yüklə 310,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin