HTML (Huper Text Markup Language) tili qаndаy til?
HTML ning аsоsiy qоidаlаrinimаlаrdаn ibоrаt?
Teglаr deb nimаgа аytilаdi?
HTML хujjаt strukturаsinimаdаn ibоrаt?
Sаrlаvха vа аbzаtslаrni fоrmаtlаshtirish qаndаy bаjаrilаdi?
Web-sahifada matn shriftini o‗zgartirish tegini ayting.
Web-sahifada raqamlangan ro‗yhatni aks ettiruvchi tegni yozing.
Web-sahifada markerlangan ro‗yhatni aks ettiruvchi tegni yozing.
2-bob bo‗yicha topshiriqlar
HTML tili yordamida quidagi matnni ekranda aks ettiring:
Brouzerlar nomlarini raqamlangan ro‗yhat ko‗rinishida turli ranglarda HTML teglari yordamida aks ettiring.
Do‗stlaringizning ismlarini markerlangan ro‗yhat ko‗rinishida aks ettiring.
Quyidagi web-sahifa dasturini tuzing(rangli matn):
Quyidagi web-sahifa dasturini tuzing:
Quyidagi web-sahifa dasturini tuzing:
Quyidagi web-sahifa dasturini tuzing (аniqlаsh ro‗yхаt):
Quyidagi web-sahifa dasturini tuzing (markerlangan ro‗yхаt):
BOB.HTML TILINING GIPERMUROJAATLARI
§ 3.1. Sayt - hujjatlariga va sayt bo‗limlariga murojaat
Gipermatn xujjat – bu boshqa xujjatlarga o‗tish uchun aloqa bog‗lovchi murojaatni o‗zida saqlaydigan xujjat[12,14]. U sichqoncha tugmasini bosish orqali bir xujjatdan ikkinchi xujjatga tezlik bilan o‗tishni ta‘minlaydi. Bunday aloqalarni zamonaviy maxsulotlar dasturlari fayllarida ko‗plab uchratish mumkin.
Gipermatnga asos qilib ko‗p maqolalarida boshqasiga murojaat qiladigan entsiklopedik slovarlarni tashkil etish printsipi olingan. Web – sahifalarga joylashtirish mumkin bo‗lgan ko‗plab multimedia ob‘ektlari mavjud. Zamonaviy gipermatn xujjatlarda matnning o‗ziga qo‗shimcha qilib ko‗pincha xar xil grafika, video va audio ob‘ektlardan foydalaniladi. Aloqa sifatida esa tasvir ishlatiladi.
Gipermurojaat – bu maxsus HTML tegi bo‗lib, unda parametr sifatida zaruriy xujjat manzili saqlanadi. Giperaloqa aktivlashganda (zamonaviy grafik brouzerlarda bu ish sichqonchaning chap tugmasini bosib amalga oshiriladi) zaruriy Web – serverga HTTP – talab (kerakli xujjat nomi bilan) yuboriladi. Gipermurojaat ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismini murojaat ko‗rsatkichi (anchor), brouzerga instruktsiya beradigan, ikkinchi qismi esa murojaatning adres qismi (URL - adres) deyiladi. Agar foydalanuvchi sichqoncha kursorini murojaat (ссылкa) ko‗rsatikichiga olib kelsa, bu holda u ko‗rsatuvchi belgiga aylanadi (giperaloqaning birinchi belgisi). Foydalanuvchi murojaat ko‗rsatkichi bo‗yicha sichqonchaning tugmasini bosib, murojaat qilinayotgan xujjatni oladi.
Murojaat ko‗rsatkichi so‗z, so‗zlar guruhi yoki tasvir bulishi mumkin. Murojaatning tashqi ko‗rinishi uning xiliga, usuliga va brouzer ko‗rib chiqish dasturining qo‗yilishiga bog‗liq bo‗ladi. Ko‗rsatkichlarning matnli va grafikli xillari mavjud. Gipermurojaat ushbu HTML – hujjatning biror elementi bilan boshqa web – sahifa yoki biror mustaqil ob‘ekt o‗rtasida aloqa o‗rnatish uchun ishlatiladi. Gipermurojaat sifatida matn yoki grafik elementlardan foydalanish mumkin. Umumiy qoidaga asosan matnli gipermurojaat sahifada tagiga chizilgan rangli yozuvli qator
ko‗rinishida bo‗ladi.
Matnli gipermurojaatlarni to‗rtta kategoriyaga bo‗lish mumkin: Boshqa sayt - hujjatlariga murojaat;
sahifa bo‗limlariga murojaat;
elektron pochta manziliga(adresiga) murojaat; fayl – ob‘ektlarga murojaat;
Boshqa web – sahifani chaqiruvchi oddiy gipermurojaatni HTML – hujjatda