Portlatuvchi – rasmiylashtirish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan “Portlatuvchining yagona daftari”ga EGA bo‘lgan malakali ishchi



Yüklə 61,5 Kb.
səhifə1/5
tarix29.04.2023
ölçüsü61,5 Kb.
#104519
  1   2   3   4   5
Burg\'ulash va portlatish mustaqil


Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy istiqbolli rejalarga va maxsulotni tejash texnologiyalariga, tog’ jinslarini kam xarajatli effektiv maydalashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish konchilik ilmining asosiy yo’nalishini tashkil etadi.
Yuqoridagi yo’naltirilgan asosiy maqsadni amalga oshirish ishlari kon-metallurgiya sohasi rivoji bilan bog’liq. Konchilik sohasining texnologik jaroyonida portlatish ishlari bugungi kunda asosiy o’rinni egallaydi.
Portlovchi modda (PM) - yuqori konstentrastiya va quvvatga ega bo’lgan manbaa bo’lib, u xalq xo’jaligi ishlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda 90%ga yaqin rangli va qora metall qazib olish portlatish ishlari yordamida amalga oshirilmoqda. Shuningdek portlatish ishlari foydali qazilma konlarini ochish, irrigastiya qurilish ishlarini amalga oshirish, avtomobil va temir yo’l qurilish ishlarida, er osti tunnel, shaxta stvollari va boshqa kon laxmlarini qazish ishlarida keng qo’llaniladi.
PM mashinasozlik sohasida - metallarni ishlash, shtampovka, svarka qilish va kesish ishlarida hamda, tuproqlarni zichlash, o’rmonlardagi yong’inni o’chirish va boshqa ishlarda keng qo’llanilmoqda.
Bugungi kunda PM lar tuproq bilan bostirilgan transheyali zaryadlarni portlatish orqali uzaytirilgan kanal, kollektor va boshqa turdagi irrigastion qurilish ishlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda portlatish energiyasini boshqarishga mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish davom etmoqda.
Portlatuvchi – rasmiylashtirish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan “Portlatuvchining yagona daftari”ga ega bo‘lgan malakali ishchi (usta-portlatuvchi).
PM - portlovchi modda
PA – portlovchi materiallar (ashyolar) - portlovchi moddalar, tezlatish vositasi, nimportlatish va portlatish apparatlari.
Sanoatgeokontexnazorat” DI - O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi - respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoatda ishlarni bexatar olib borish, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin