Detonator (portlatgich) – kapsyul-detonatorlar, pirotexnik rele, elektrodetonator kabilarning umumiy nomi.
DSH – detonatsiyalovchi shnur (portlatuv piltasi).
KD - kapsyul-detonator (piston-detonator).
Texnik nazorat shaxsi – PM bilan ishlash yokiportlatish ishlariga bevosita rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxs (kon ustasi, usta, ish yurituvchi va boshqalar). NTT – noelektrik tezlatish tizimi.
Noelektrik detonator– tarkibida zarb-to‘lqin naychasi, ulaydigan element va susaytiruvchi kapsyul-detonator bo‘lgan fursatli tezlatish qurilmasi.
Tashkilot - ishlar xavfsizligi bo‘yicha ekspert – portlatish ishi xavfsizligi masalalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot.
OSH – olovo‘tar shnur (o‘t o‘tkazuvchi pilta).
NPA - nimportlatish va portlatish apparati.
CHREK – chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiya.
SHay-patron – PM patroni (shashka), portlatish tezlatgichiga (kapsyul-detonator, elektrodetonator, detonatsiyalovchi shnur yoki noelektrik detonatorga) biriktirilgan PM zaryadi yoki uning qismi bo‘lib hisoblanadi.
Oraliq detonator - portlatish tezlatgichi (detonator, elektrodetonator, detonatsiyalovchi shnur, noelektrik detonator) kiritilgan PM patroni (shashka), birlamchi detonatsiyalovchi impulsni kam sezadigan PM dan iborat bo‘lgan asosiy zaryad portlashini tashabbuslash uchun qo‘llaniladi.
Korxona – birlashma, korxona, tashkilot, muassasa va boshqa mustaqil yuridik shaxslar.
PA korxonalari - iste’molchilari – portlatish ishlarini olib boradigan yoki PM bilan ishlaydigan, shu jumladan o‘z ehtiyoji uchun oddiy donadorlashtirilgan, suv tarkibli va emulsion PM tayyorlaydigan korxonalar.
PA bilan ishlash - portlatish ishlaridan tashqari, PA bilan bo‘ladigan muomalaga bog‘liq faoliyat (saqlash, tadqiq etish, o‘qish jarayonida tajribalar namoyish etish va shu kabilar).
“Sanoatgeokontexnazorat” DI qarori - portlovchi ashyolar, jihozlar, asboblar va boshqalarni qo‘llashning imkoniyati va sharoitlarini belgilaydigan hujjat (avval aytilgan nomi – Jurnal qarori).