Portret janrida aftoportret kompozitsiyasini ishlash bosqichlari


-§. Portret janrida ijod qilgan rassomlarning mashhur asarlari taxlili



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə12/14
tarix06.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#125800
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Sh.Dilrabo BMI

3.2-§. Portret janrida ijod qilgan rassomlarning mashhur asarlari taxlili.
Mustaqillikni qo‘lga kiritilishi va yangi mafkuraning o‘z mavqeiga erishishi natijasi o‘laroq, milliy tarix alohida ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz ravnaqi va mustaqilligiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan madaniyat va tarix namoyondalari siyosiy unutishdan yo‘qlikdan qayta tug‘ilishi bilan san'atda ularning portretlari galereyasi vujudga kelishiga turki bo‘ldi.87 1990 yillarda o‘zbek rangtasvirida portret janrining asoschisi, yetakchi portretnavis, akademik A. Abdullaev ham ijodiy faoliyatini davom ettirdi.88 Butun umr davomida u iste'dodli va ma'naviy go‘zal insonlarga hurmatini saqlab qoldi. Musavvir mo‘yqalamiga mansub har bir portret kishilarning chuqur ma'naviy dunyosini akslantiruvchi rassom bilan portret qahramoni va portret bilan tomoshabin o‘rtasidagi haqiqiy va ochiq munosabatni taqozo etuvchi manbadir. 1990 yilda A. Abdullaevning 1984 yilda yaratilgan mashhur avtoportretini turli davr xalqlariga saqlanayotgan dunyoning yirik to‘plami, Uffitsidagi (Italiya) kartina galleriyasiga berilishi O‘zbekiston san'ati uchun olamshumul voqea bo‘ldi. 2001 da esa musavvir “Ofarin” respublika sovrinining “San'atga baxshida umr” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.89
Akademik R. Ahmedov o‘z portretlarida epik kenglik va teranlikka erishadi. Uning qahramonlari oddiy insonlar, qishloq kishilari bo‘lib, aynan, ularda musavvir donishmandlikni, ma'naviy poklikni, yuksak ahloqiy qoidalarini gavdalantiradi. (“Jizzaxlik ayol”, 1992; “Nigina” 1993). 90
Zamondoshlar obrazlari akademik R.Choriyevni ham qiziqtiradi va o‘ziga jalb etadi. Ko‘p sonli ijodiy safarlar natijasida, musavvirning butun boshli portretlar galereyasi vujudga keladi. Ular orasida “Boysunlik qariya” (1996), “Sayroblik go‘zal” (1997) singari o‘z xalqining eng yaxshi ma'naviy-ahloqiy fazilatlarini tarannum etuvchi murakkab kompozitsion yechimdagi portretlari sanab o‘tiladi.91
A.Ikromjonovning ilk ishlarida esa realistik asos kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Uning portretlari yuksak mahorat va diqqat bilan ishlanganligi, bo‘yoqlarning qo‘yilishi, naturani, hatto, fotosuratgacha taxlil etib tuzilganligi shuningdek, obrazning ruhiy to‘laqonligi (“Malika portreti” 1993, “Madina” 1993) bilan ajralib turadi.
O‘z ohanglari va mo‘yqalamiga ishonch bilan yondasha olgan R.Xudoyberganovning portretlari ham kishini befarq qoldirmaydi (“Xojar xola” 1999). Avvalgi ustalar uslubini qo‘llagan holda musavvir hech qanday yordamchi vositalarsiz, to‘q fonda portretlar yaratadi-ki, ular qahramon qiyofasini yanada mukammalroq chiqishida yetakchilik qiladi. Uning ajoyib badiiy asarlaridan biri “Navro‘z-2001” namoyish etilgan “Bastakor R.Abdullaev portreti”dir.92
1990 yillarda portret janrida B.Jalolov faol ishtirok qildi. Shuni ta'kidlash joizki, realistik chizmalar yaratishda u mislsiz darajaga erishdiki, bu borada unga hech kim tenglasha olmaydi. Oxirgi o‘n yillikda yaratilgan “Saudiya Arabistonni qiroli Araviy Faxd ibn Abdul Aziz” (1992), Akademik S.Azimov portreti (1998) va boshqa polotnolarni musavvirning o‘zbek rangtasvirchilari orasida dunyo talablari darajasida yaratgan asarlari sarasiga qo‘shish mumkin.93
S.Raxmatov shunday rassomlar sarasiga kiradiki, uning ijodida portret asosiy o‘rin egallaydi. Oxirgi yillarda yaratgan eng yaxshi portretlari qatorida “Yunus Rajabiy portreti” 1993, “Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi G.Kun portreti” (1999) alohida ahamiyat kasb etadi. Keyingi ko‘rgazmalarida O‘zbekistonning mashxur rangtasvirchi rassomi V.Burmakin portretlari ham munosib joy oldi. Lekin, musavvirning avvalgi ishlariga qiyoslagan tarzda, 90-yillarda yaratgan portretlarini birmuncha sust ekanligi tanqidchilar tomonidan ta'kidlanadi.94
“Onalar va bolalar yili” munosabati bilan tashkil etilgan “Qo‘li guldir o‘zbek ayolin” ko‘rgazmasiga bir qator ayol portretchi rassomlar: A. Mamatova “Yulduz Usmanova portreti”, Sh. Abdullaevaning “O‘zbek madonnasi”, M.Shuvaevaning “Lola” portreti, Z. Sharipovaning “Avtoportret”lari namoyish etildi. V.Shevchenko O‘zbekistonning chegara himoyachilari turkumi – I.Ibroximov, Sh.Rasulov, R.Shonazarovlar portretlarini yaratdi. Portretchi rassomlar sonini yuqorida ta'kidlab o‘tganlar bilan chegaralab bo‘lmaydi. Ular qatorida o‘z matolarida zamondoshlarimiz obrazlarini muhrlagan Y.Tursunnazarov, B.Salomov, I.Bahramov, Ch.Bekmirov, M.Nuriddinov, O.Bakirov, B.Nazarov va boshqalarni sanab o‘tish lozim.95
Rangtasvirning qiziqarli o‘ziga xoslikni ko‘rinishlaridan biri nazmiy-romantik uslubda milliy talqin etish avj oldi. Bu yo‘nalishning kelib chiqishi uslubiga ko‘ra turlicha ishlangan asarlarda, jumladan, Ch.Axmarovning 1950 yillardagi chiziqli rangtasvirda va 1970 yillar boshlarida Sh.Abdurashidov, A.Mirzaev, R.Shodievning yorqin ranglar gammasida bajarilgan kartinalarga borib taqaladi. Mazkur milliy-romantik oqimda 1990 yillarda A.Mirzaev, R.Shodiev, O.Qozoqov, N.Shin, I.Valixo‘jaev, Sh.Abdullaeva, Ch.Axmarov va I.Mansurov, S.Raxmatov, T.Shoymardonov va boshqalar yorqin bezakdor va chiziqli shakliy asarlar yaratdilar.A.Mirzaev, R.Shodievlarning asarlari shaklning erkin o‘yini, rang va nurning kutilmagan, ba'zan esa qarama-qarshi qorishiqlari, o‘ta bezakdorlik, an'anaviy xalq san'atiga tayanganligi bilan ajralib turadi.96 A.Mirzaev ijodi 1990 yillarda deyarli davrli o‘zgarishlarga uchramaydi. Rassom asarlarida avvalgidek rangin ifodaviy vositalarni oddiy mavzular asosida kuchaytirishga intilish seziladi. 1991 yilda yaratilgan “O‘tmishdan ertaklar”, “So‘qoqda” (1995), “Qizil tog‘ etagidagi uchrashuv” (1996) asarlari shu yo‘sinda yaratilgan. 1998 yilda Fransiyaga qilgan ijodiy safaridan keyin yaratilgan turkum asarlari ham mana shu ranglar uslubiyatiga ko‘ra bajarilgan.97
Neʼmat Abdullayev, Abdumajid Madraimov.
Maʼlumki har bir davrning rassom ustalari boʻlgan. Ular portret asarlarida goʻzal qiyofali zamondoshlarning obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirganlar. Uygʻonish davrining buyuk nomoyondasi biri Lenardo da Vinchining „Avtoportret“, „Jakonda“ asari, Velaskesning „Papa Inokentiy X“ portreti shular jumlasidandir.
Gollandiyalik rassom Rembrandt kabi koʻpgina Yevropa rassomlari ham ajoyib portretlarni yaratib nom qoldirganlar. XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk rus rassomlari O. Kiprenskiy, V. Tropinin, A. Venetsianovlar rus portret sanʼatining asoschilari boʻladilar. Ular XVIII asr portretchilik anʼanasini davom ettirib, insonni tasvirlashga yana ham zoʻr eʼtibor bilan qaradilar, portretlar psixologiyasiga katta ahamiyat berdilar, rassomchilik mahoratini oshirdilar.98
O.A.Kiprenskiy portret sanʼatining muvaffaqiyati shundaki, rassom oʻz zamondoshlarini portretlarida dastavval insonning goʻzal maʼnaviy dunyosini, qadr-qiymatini, uning orzu-oʻylarini, kechinmalarini tasvirlagan. U qator asarlarni, shu jumladan ijodning choʻqqisi boʻlgan A. S. Pushkin (1827) portretini yaratdi. Taniqli shoir siymosi bu portretda har jihatdan juda mukammal ochib berilgan. Asarda shoirning tashqi qiyofasi bilan birga, undagi ruhiy koʻtarinkilik, bitmas-tuganmas ijodiy ilhom sohibi ekanligi juda mohirona tasvirlangan.99
Uning zamondoshlaridan biri V. Tropinin bizlarga asosan „Pushkin“, „Gitarachi“, „Bagration“ portretlari muallifi sifatida tanilgan. Uning 1823-yilda yaratgan „Toʻr toʻquvchi qiz“ portreti istarasi issiq, yoqimli shahlo koʻz qiz qiyofasini aks ettirdi. Ularning izdoshlaridan biri A. Venetsianovdir. U birinchi boʻlib sanʼatga dehqon obrazlarini olib kirdi va birinchi boʻlib tabiatning poetik obrazini yaratdi.100
20 yillarda yaratgan „Yoz“, „Ekinzorda“ asarida — tabiat va inson obrazini, dehqonlarni mehnat jarayonini ifodalab uygʻunlashtirib bergan. U „Zaxarka“ portretida mehnatkash bolani ichki dunyosini ochib bergan. XIX asrda realistik portret soxasida Kramskoy, Repin, N.Vasnetsov, V.Serov kabi ulugʻ rus rassomlar ijod qildilar. N.Kramskoyning N.Nekrasov, P.Tretyakov, L.Tolstoy, I.Repinning V.Stasov, M.Musogorskiy portretlari bunga yorqin misol boʻla oladi.101
XX asrning ikkinchi yarmida oʻzbek portret sanʼati yuksalib rivojlandi. Portret sohasini Lutfulla Abdullayev, Abdulhay Abdullayev, Raxim Ahmedov, Malik Nabiyevlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullayevning „Mulla toʻychi Toshmuhamedov“, „Y. Axunboboyev“ portretlari realistik anʼanalarda mohirona tasvirlangan. Abdulhay Abdullayev birinchi oʻzbek portretchi rassomlardan biri boʻlib, portret sohasida salmoqli ijod qiladi. U oʻz zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va sanʼat namoyondalarini portret galleriyasini yaratib katta muvaffaqiyatlarga erishdi.102
„Abror Xidoyatov Otello rolida“, yozuvchi „Oybek“ portreti muallifining shoh asarlaridan boʻlib, Otelloni oʻychan boqishi, gavda harakati portretga romantik koʻtarinkilik ruhini baxsh ettirilgan. Unda yuz ifodasi psixologik holati mohirona tarizda tasvirlangan. Oybek portretida shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur va mukammal ochib berilgan. Rassom bu asarda inson qiyofasini abadiylashtiribgina qolmay, balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otash qalb, xayajon va tashvishga to`la buyuk yozuvchining jonli portretini ifodalaganlar. Rahim Ahmedov portret janrida hayotga chuqurroq yondoshdi. Inson ichki kechinmalarini, his-tuygʻularini, orzularini, insonning goʻzallik qalbini oʻz asarida ochib beradi. Uning „Ona oʻylari“, „Surxandaryolik ayol“, „Dehqon portreti“ yorqin misol boʻla oladi. Malik Nabiyev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini ham yaratish ustida koʻp mehnat qiladi.103 U 1952-yili „Beruniy“ obrazini yaratdi. 1993-yili buyuk sarkarda „Amir Temur portreti“ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning oʻziga xos uslubi mavjud, u adabiy qoʻlyozma, etnografik xujjatlardan unumli foydalanadi.104
Portret mazmuniga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: kalla portreti, koʻkrak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruhli portret, miniatyura portreti va hokazolar.
Portret kompozitsiyasining tuzilishida insonning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruhiyati, shuningdek qoʻli, oʻtirish holati, liboslari, interyerdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muhim rol oʻynaydi. Har bir rassom portret yaratishda oʻz tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil boʻla oladi. Bahodir Jalolovni kinorejissyor „Komil Yormatov“ portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi.105
Shuning uchun portret yaratishda ulug` portret ustalari tajribasini o`rganib ularda unumli foydalanish lozim ekanligini ustozlarimiz ko`p bora takidlashgan. Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suhbatlashib, uni asosiy harakteri, xususiyatlarini, ichki va tashqi dunyosini yaxshi oʻrganishlari lozim. Masalan. Nesterovning shogirdi P. Korin doim bu amallarga sodiq qolib A.Tolstoy, N.Kachalov, M.Nesterov, N.Saryan portretlarni shu tarzda yaratganlar.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan barcha sohada, hayotga tadbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohatlar, xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan o`zgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va san`at rivojida, ijod ahliga ko`rsatilayotgan yuksak e`tibor misolida ham ko`rish mumkindir. Binobarin, davlatimiz rahbari ta`biri bilan aytganda ,,Mamlakatimizda madaniyat va san`at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi’’- degan so`zlarining zamirida keng ma`no mujassamdir. Shunday ekan san`at xususan tasviriy san`atni o`rganar ekanmiz, o`sib kelayotgan yoshlarimiz va san`atsevarlar uchun, biz avvalo tasviriy san`atning maqsad va vazifalari hamda uning mohiyati, tur va janrlari haqida bilmog`imiz lozim. Ushbu maqolada shular haqida fikr yuritamiz.
Tasviriy san`at–eng qadimiy va keng tarqalgan san`at turlaridan biridir. Tasviriy san`atning hamma turlari bir–biriga juda yaqin va ularning bir qator o`xshashliklari bor. Lekin har birining o`ziga xos tasvirlash uslublari va texnikalari mavjud. Bundan tashqari, ularning har biri ishlatish o`rni, tasvirlaydigan mavzusi, ishlanish uslubiga qarab bir qator tur va janrlariga bo`linadi: Portret, natyurmort, manzara, maishiy, tarixiy, batal, animalistic, marinistik janrlaridir. Janr so`zi fransuzcha so`z bo`lib ,,tur'' o`oki ,,ko`rinish'' ma`nosini anglatadi. Portret-janrida asosan inson obrazi yaratiladi. Portret janri tasviriy san`atda eng murakkab janrldan biri hisoblanadi. ,,Portret’’ fransuzcha ,,portrait’’ so`zidan olingan bo`lib, kishilarning chehrasini xuddi o`ziga o`xshatib tasvirlash ma`nosini bildiradi. Portret mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:106

  1. Individual portreti (bir obraz tasvirlanadi).

  2. Juftlikda ishlangan portret (ikkita obraz tasvirlanadi).

  3. Guruh tasvirlangan portret (bir guruh obrazlar tasvirlanadi).

  4. Tantanali, rasmiy, shohona portret (eng chiroyli libosda tasvirlanadi).

  5. Psixologik portret (kulgu, qayg`u, tabassum, g`amgin, yig`i, qo`rquv holati tasvirlanadi).

  6. Avtoportret (rassom ko`zguga qarab o`zini tasvirlaydi).

  7. Tarixiy portret (tarixiy shaxslar obrazlari tasvirlanadi).

  8. Mifologik portret (afsonaviy obrazlar tasvirlanadi).

Portret tasviriy san`atning rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlarida qo`llaniladi. Portret o`z xarakteri jihatidan monumental, dastgohli, miniatyurali, ishqiy va hajviy bo`ladi. Rassomlarning ijodida avtoportret xili ham keng tarqalgan. Portret rassom tomonidan naturani (qiyofani) kuzatish, xotiradan yoki shaxsning foto suratudan, shuningdek arxiv materiallari yoki ba`zan kishilarning bosh chanog`ini o`rganish asosida ham yaratiladi. Rassom portretda asarning o`z qahramonining tashqi qiyofasiga o`xshash bo`lishiga erishishdan tashqari uning millati, kasbi, tabaqasini ham ifodalashga harakat qiladi.107 Shuningdek, portretda shaxsning ichki kechinmalari, kayfiyati, ma`naviy dunyosi ruhiyati ham tasvirlaniladi. Dastlabki portretlar qadimgi Yunonistonda milloddan avvalgi VII-V asrlarida yaratilgan. Portret janri o`rta asrlar Sharq mimiatyurachi rassomlari va Evropa rangtasvirchilari va haykaltaroshlari ijodida ham keng rivoj topdi.108 Ma`lumki har bir davrning usta rassomlari bo`lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarining go`zal qiyofasi, obrazini yaratib kelganlar.
O`rta Osiyo, O`rta Sharq miniatyura maktablarining mashhur rassomi Kamoliddin Behzodning mashhur asari ,,Shayboniyxon’’portreti, Eron miniatyura maktablarining mashhur rassomlaridan Rizo Abbosiyning ,,Yigit portreti’’, Muhammad Yusufning ,,Piyola tutgan yigit’’ portret asarlarini misol qilish mumkin.109 Uyg`onish davrining buyuk namayondalari Leonardo Da Vinchining “Avtoportret’’, “Monna Liza’’ asari, Rembrandning bir qancha ,,Avtoportret’’lari “Danaya” kartinasi, Velaskesning “Papa Inokentu” portretlari shular jumlasidandir.110 Keyinchalik rus rassaomlari ham XIX – XX asrlarda portret janrida sermahsul ijod qilishgan. Misol tariqasida rassomlardan I.Repin, V. Serov, P. Korin, V. Korovin va boshqalar portret janrini tivojlanishida o`zlarining ulkan hissasini qo`shganlar. Ilya Yefimovich Repinning “Mendeleyev” portreti. Valentin Serovning “Imperator Nikolay II”, “ZinaidaYusupova”, “Yermoloyeva”, “Rassom Korovin portretlari” shular jumlasidandir.
Portret janri O`zbek tasviriy san`atiga XIX asrning o`rtalari va XX asrning boshlarida kirib keldi va yuksalib rivojlandi. Rassomlardan Usta Mo`min (A. Nikolaev), A. Siddiqiy, I. Ikromov, B. Hamdamiy, P. Ben`kov,V. Kaydalov, Sh. Hasanova, L. Abdullayev, Y. Yelizarov, S. Abdullayev, A. Abdullayev, Ch. Axmarov, R. Ahmedov, M. Nabiyev, R. Choriyev, V. Burmakin, M. Saidov va boshqalar samarali ijod qilganlar. Jumladan Abdulhaq Abdullayevning “Abror Hidoyatov Otello rolida”, “Mannon Uyg`ur”, yozuvchi “Oybek” kabi shoh asarlari shular jumlasidandir. Uning “Abror Hidoyatov Otello rolida’’asarida Otelloning o`ychan boqishi, gavda harakati, romantic ko`tarinkilik ruhini ifoda etilganligini ko`ramiz. Unda yuz ifodasi pisixologik holati mohirona tasvirlangan. “Oybek portreti”da esa shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur va mukammal darajada ochib bergan.111 Rassom bu asarida inson qiyofasini yaratibgina qolmay balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otashqalb, hayajon va tashvishga to`la buyuk yozuvchining jonli portretini yaratgan. Raxim Ahmedov portret janrida hayotga chuqurroq yonqoshdi. Insonning ichki kechinmalari, his- tuyg`ularini, go`zal qalbini mohirona ko`rsata olgan. Uning “Ona o`ylari”, “Surxondaryolik ayol”, “Dehqon portreti” shular jumlasidandir. O`zbekiston xalq rassomi R. Choriyev asarlarida ham zamondoshlari ayniqsa Surxon vohasining mehnatkash mard, ziyoli insonlarining qiyofalari yuksak darajada tasvirlangan. Uning ,,Imom bobo’’ 1966 y., “Sayroblik qariya’’ 1979 y., portretlarida ularning ichki dunyosi, qiyofasi, shu yerning odamlari ekanligi portretlarida yaqqol ko`rinadi.112

Zinaida Serebryakova - taniqli rus rassomi.Rossiyada rassomchilik tarixiga kirgan birinchi rus ayollardan biri sifatida tanilgan.


1884-yil 12-dekabrda Xarkov viloyatidagi Neskuchnoy qishlog'ida tug'ilgan. Bolaligi ijodkorlar oilasida o'tgan. Otasi ham taniqli haykaltarosh,singlisi grafik rassom, akasi me'mor, ukasi ham rassom bo'lgan.Bundan tashqari uning 1 o'g'li va uch qizi dizayner va rassom bo'lib yetishgan.
Rus rassomchiligini mashhur qilgan ijodkor ayol, u o'z ijodi orqali rus zamini va rus madaniyati go'zalligini yetkazib bergan.
Uning asarlari: Odessa san'at muzeyi, Rossiya muzeyi, Tretyakov galereyasi kabi yirik muzeylarning kolleksiyalarida saqlanadi.113
Vincent Willem Van Gogh
Tug‘ilgan sanasi: 1853-yil 30-mart, Gollandiya.
Vafoti: 1890-yil 29-iyul, 37 yoshida, Fransiya.
Buyuk rassom ruhoniy, illyustrator (kitoblarga bezak beruvchi) bo`lishni orzu qilgan.Ammo 30 yoshida taqdiriga rassom bo‘lish bitilganini tushunib yetadi. Biroq uning rasmlari yaxshi sotilmagan, puli yo‘qligi uchun asosan ukasi Teoning daromadiga yashagan.
Sevgidagi omadsizligi va do‘stlari bilan kelishmovchilik tufayli jizzaki bo‘lib qolgan rassom o‘zini tajovuzkor tuta boshlaydi. G‘azablangan vaqtida Vinsent qulog‘ining bir qismini kesib tashlagach, uni ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizishadi.114
Davolanishdan bir muncha vaqt o`tgach, noma`lum sabablarga ko`ra Van Gog sayr paytida o`zini otib tashlaydi. Tahminlarga ko`ra o`sha paytda buyuk rassom nima qilayotganini anglab yetmagan.Vinsent Van Gog umri davomida uni qo‘llab-quvvatlagan akasi Teoning fotihasi haqida xabar topgach, o‘z-o‘zini qiynashni boshlagan.115 Yozuvchi Martin Beyli tarixchilarni qariyb 130 yil davomida qiynab kelgan sirni ochishga muvaffaq bo‘ldi: 1888 yil 23 dekabrda rassom Vinsent Villem Van Gogni o‘z qulog‘ini kesishga nima majburlagan? The Guardian xabar qilishicha, Beyli topgan hujjatlar o‘sha kuni rassom akasi Teoning unashtirilgani haqida maktub oladi. Avvallari tarixchilar Van Gog va uning qo‘shnisi hamda zavoddagi hamkasbi Pol Gogenning janjallashgani haqidagi talqinga ishonib kelishgan. Unga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng rassom o‘z xonasiga qamalib, ustarani olib, qulog‘ini kesib tashlaydi va uni qog‘ozga o‘rab, fohishaxonaga yuboradi.Ertasi kuni esa politsiya Van Gogni o‘z xonasida qonga belangan choyshablar orasida hushsiz topadi.
O‘tgan kungi hodisa haqida rassom hech nimani eslay olmaydi. Van Gogga umumiy aqldan ozish bilan o‘tkir maniya tashxisi qo‘yiladi va uni shifoxonaga joylashtirishadi. Aynan o‘sha yer, San-Remi-de-Provansda u "Yulduzli kecha" asarini yaratadi.116
Avvalgi talqinda tarixchilar Van Gog akasining unashtiruvi haqidagi maktubni qulog‘ini kesganidan bir necha kun o‘tgach o‘qiganini aytishadi. Biroq Martin Beyli "Janub studiyasi" yangi kitobida qayd etishicha, rassom maktubni Gogen bilan janjallashgan kuni o‘qigan. Vinsentni ham moddiy, ham ma'nan qo‘llab kelgan akasi xatga 100 frank solib, avval uni rad etgan ayol, nihoyat akasining xotini bo‘lishga rozilik berganini aytib o‘tadi.117
Avtoportret, 1889. V.van.Gog Bog`langan quloqli Avtoportret,1889.


XULOSA.
Rassomlar o'zlarini ifoda etish uchun boshqa janrlarga nisbatan eng katta erkinlik va kuchga ega bo'lgan avtoportretning keng imkoniyatlari uni tasviriy san'atdagi ajralmas hodisa sifatida tavsiflashga imkon berdi. Avtoportret janri -bu rassomning o'zini hissiy va badiiy tahlilining o'ziga xos shakli. Bu rassomning ijtimoiy-madaniy va tabiiy muhit bilan munosabatlarining keng aloqasini o'z ichiga olgan keng kontekstda sodir bo'ladi . Yoqilgan asosiy tahlil mazmunli avtoportretlarning badiiy obrazli tuzilishi elementlari monumental, epik tizimning his-tuyg'ularini o'z ichiga olgan keng ko'lamli insoniy his-tuyg'ular va tajribalar bilan ijodiy shaxs kontseptsiyasining qurilishi sezilarli. Tasviriy san'atda ijodkorning ustun turidagi o'zgarish dinamikasi bir xil emas, lekin umuman tashkil etilgan yoqilgan hissiy, tomoshabin bilan ochiq muloqotga kirishadigan,tashqi dunyo bilan uyg'unlashgan shaxs obrazi . Avtoportret janri tarixiy davrlarning o'zgarishiga qarab o'zgarib, rivojlanib, o'zining asosiy vazifasini bajarishda davom etmoqda – nafaqat tashqi o'xshashlikni aks ettirish, balki rassomning ichki dunyosini ochib berish, uning xarakter, xabardorlik o'z ijtimoiy maqsad. Bitiruv malakaviy ishining barcha bosqichlarini bajarish xulosaga kelishimizga imkon beradi: ish davomida pedagogik va san'atshunoslik adabiyotlarida o'rganilayotgan muammoning nazariy tahlili o'tkazildi, shuningdek ishlab chiqildi va bajarildi mavzu bo'yicha ijodiy ish « Rasmda avtoportret. "Muloqot". 23 O'tkazilgan tadqiqotlar tasdiqlangan avtoportret. Bugungi kunda dolzarb, o'ziga xos, qiziqarli, talabga ega va talabalar va san'atshunoslarning e'tiborini tortadi. Mavzuni bajarishda yuqori darajadagi mahoratni rivojlantirish uchun kompozitsion ko'nikmalarni yanada o'rganish kerak. Ushbu kompozitsiyani bajarishda kompozitsion ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha tezisdagi vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. San'atshunoslik adabiyotida o'rganilayotgan muammoning nazariy tahlili shuni yana bir bor tasdiqladiki, majoziy kompozitsiyani bajarishda kompozitsion ko'nikmalar nafaqat ijodiy niyatning ifodasi, balki g'oyani amalga oshirish vositasidir. Agar g'oya bo'lmasa, unda barcha bilimlar faqat hunarmandchilikni o'rgatishi mumkin, ammo badiiy darajani oshirmaydi. San'at bizni ichki ijodiy ishdan bir daqiqaga ozod qilmasdan, butun hayotimizni talab qiladi. Tirishqoqlik va bizni o'rab turgan dunyoga bo'lgan muhabbat o'z-o'zini takomillashtirish va mahorat yo'lidagi har qanday qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Kompozitsiya bo'yicha bilimlarni egallash, ularning asosiy qonunlarini o'zlashtirish har bir yangi boshlanuvchi rassomga badiiy ijodiy asarlarini yaratishda kompozitsion mahoratini oshirishga yordam beradi. Ishonch bilan aytish mumkinki Universitetda o'qigan yillarimda tasviriy san'at bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarim sezilarli darajada oshdi. Bunga quyidagi fanlarni o'rganish yordam berdi: tasviriy san`at tarixi, mahalliy va xorijiy san'at, rasm, kompozitsiya, rasm materiallari texnikasi va texnologiyasi va boshqalar. Men maxsus fanlardan olingan barcha bilimlardan foydalanishga va to'liq jiddiy rasm yaratishga harakat qildim. Rassom san'at asarini ma'lum bir obrazda o'zining ichki dunyosini aks ettirgani uchun emas, balki uning yordami bilan hayotning qandaydir shaklini ma'naviyatga xos bo'lgan umumbashariy qadriyat darajasiga ko'tarish zarurligini ifoda etgani uchun yaratadi . San'at asari haqiqatan ham ramzdir va uning go'zalligi unda va uning ruhidan tashqarida amalga oshiriladigan cheksiz izlanishlar jarayonida namoyon bo'ladi, ma'naviyatni sof shaklda oladi. Hech bir san'at asari, sub'ektiv holatlarning hech biri singari , go'zallikni sof shaklda,mutlaqo sof ideallikni anglamaydi , uning uyg'unligi uchun zarur bo'lgan har qanday haqiqiy shakllardan xoli . Erkin ijod qiluvchi rassom o'z-o'zidan va oson nafas oladigan tarzda ishlaydi . Uning har bir asari mustaqillik deklaratsiyasidir. Ushbu sovg'aga ega bo'lmaganlar o'ylashni va tahlil qilishni boshlaydilar.. Bu talabalarga o'z ishlari bilan yaqindan tanishish , akademik ishlarga qo'yiladigan talablarni tushunish, shuningdek ko'rgazmalarni tashkil etish va o'tkazishda ma'lum tajriba berish imkoniyatini beradi. Badiiy ko'rgazmalar o'z mahoratini oshirish uchun o'ziga xos rag'batdir. Diplom ustida tadqiqot olib borayotib, dastgoh rasmida kompozitsiyaning rivojlanish tarixi haqida ko'p narsalarni bilib oldim. Hammasi yig'ilgan nazariy va amaliy materiallar bo'ladi keyingi ijodiy faoliyatimda amalga oshirish.


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin