Kon hosil qiluvchi ekzogen jarayonlar NURASH JARAYONI. Quyosh nuri, havo, suv va tirik mavju-
dotning faol ishtirokida yer qobig‘ining ustki qismidagi tub jinslar
doim o‘zgarib, yemirilib turadi. Bu jarayon nurash deb ataladi.
Haroratning o‘zgarib turishi natijasida yemirilish fiziknurash deyi-
ladi. Bunda asosan, haroratning kundalik o‘zgarishi va suvning muzla-
shidan kengayishi katta ahamiyatga ega.
Fizik nurash jarayonida jonli dunyo, ayniqsa o‘simliklar sezilarli
ish bajaradi. Ular birinchidan, ildiz otib suvning chuqurlikka kirib
borishiga yordam bersa, ikkinchidan o‘zida nam saqlab nurash jara-
yonlari uchun qulay sharoit tug‘diradi.
Shamol tog‘lardagi yoriq va bo‘shliqlarga kirib, qum va boshqa
nurash mahsulotlarini o‘chirish bilan birga yemirish ishini ham baja-
radi. Bu shamol eroziyasi yoki deflyasi ya (lot. deflacio – o‘chirish)
deyiladi.
Nurash mahsulotlari o‘z og‘irligi bilan pastga qulaydi va migra-
tsiya agentlari yordamida yiroqlarga olib ketiladi. Bu jarayon denuda-
tsiya (lot. denudo – yalang‘och) deb ataladi.
Nurash hodisalarida dengiz ham katta ish bajaradi. Dengiz suvi
to‘lqinlari har qanday mustahkam toshlarni urib sindirishga va ming
tonnagacha og‘irlikdagilarini dumalatib siljitishga qodir.
Tog‘ jinslarida havo kislorodi, karbonat, sulfat kislotalari va
ularga boy bo‘lgan suv ta’sirida sodir bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarish-
lar kimyoviy nurash deyiladi. Erigan kislorod va kislotalarga boy
yomg‘ir va qor suvlarining turli darzliklar va bo‘shliqlar orqali siljishi
natijasida tog‘ jinslarining tarkibidagi xloridlar, sulfatlar va karbonat-
lar erib olib ketiladi. Natijada karstlar (g‘orlar) va mayda g‘ovakchalar
hosil bo‘ladi.
Suv faqat eritish ishinigina emas, balki turli moddalarni tog‘
jinslarining nurash zonasiga eltish, gidratlash va gidrolizlash natijasida yemiriluvchi jins minerallarini tarkibiy qismlarga ajratish, muhitning
vodorod ko‘rsatkichi (pH), oksidlash va tiklash potensiali (eH) hamda
uning kimyoviy tarkibini me’yorga keltirib turish kabi muhim ishlarni
ham bajaradi.
Kimyoviy nurash jarayonlarida juda muhim bo‘lgan oksidlanish-
ni reaksiyalarini bajarishda asosiy agent – kisloroddir. Karbonat, sul-
fat, organik gumus kislotalari va boshqa kislotalar ba’zi silikatlarni
suvda eruvchi karbonat va sulfat birikmalariga aylantirib turishda faol
ish bajaradi. Bu kislotalar sulfidlarning oksidlanishidan va organizm-
larning chirishidan hosil bo‘ladi.
Organizmlar, asosan, o‘simliklar va bakteriyalar kislorod ishlab
chiqaradi va uning bir turdan ikkinchi turga o‘tib turishini ta’minlaydi
hamda o‘lish natijasida o‘zidagi vodorodni tog‘ jinslarining kationla-
riga (metallariga) almashib, muhitni agressiv kislotalarga boyitib
beradi.
Kimyoviy nurash jarayonida harorat ham katta rol o‘ynaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, haroratning 10 °С ortishi gidroliz reaksiyasini 2–
2,5 marta tezlashtiradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan ana shu nurash vositalari yordamida tub
jinslar turli xil reaksiyalar (oksidlanish, gidratlanish, gidrolizlanish,
dializlanish) yordamida doim parchalanib turadi.
Kislorod va kislotalar tog‘ jinslarining oksidsiz va chalaoksid
holdagi birikmalariga ta’sir etib, yer yuzida barqaror bo‘lgan oksid va
gidrooksid minerallari hosil qiladi (oksidlanish). Tog‘ jinslaridagi
eruvchan ishqoriy birikmalar eritmaga o‘tib chiqib ketadi va muhit
ishqorsizlanib qoladi.
Gidratlanish o‘z yuzasiga suv shimib ushlab tura oladigan adsor-
bent minerallarga xosdir. Aluminiy, marganets va temir oksidlari ana
shu xususiyatlarga ega.
Gidrolizlanish suvning parchalanishi natijasida ajralgan vodorod
ioni bilan tub jinslarning asoslari o‘rtasidagi almashinuv reaksiyasini
tavsiflaydi. Bu jarayon rN soni, kislotalar miqdori va suv haroratining
ortishi bilan kuchayadi. Bunda silikatlar o‘rnida gil minerallari, temir,
marganets, aluminiy oksidlari va gidrooksidlari hosil bo‘ladi.
Dializ gilning o‘z tarkibidagi metall kationlarini diffuziya yo‘li
bilan tarqatib, «toza gil» holiga kelishini ta’minlovchi jarayondir.