Power Pointda dasturining asosiy elementlari, animatsion effektlar



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə1/3
tarix19.06.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#61839
  1   2   3
Power Pointda dasturining asosiy elementlari, animatsion effektlar ella

Power Pointda dasturining asosiy elementlari, animatsion effektlar. Faraz qiling, Siz odamlar bilan to'la majlislar zalidasiz. Shu yerdan turib o'zingizning yangi fikrlaringizni bo'lg'usi mijozlaringizga etkazish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Ushbu imkoniyatni amalga oshirishda MS Power Point yordamga keladi. Bu dastur har xil video-klip va animatsiyalardan foydalanib taqdimot yaratish orqali, o'z fikringizni tushunarli qilib yetkazib berish imkoniyatini beradi.Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko'rinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele- va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish bo'yicha eng kuchli vositaga aylandi. Reklama namoyishini yaratish bu ko'p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va ma’suliyatli jarayondir. Bu o'rinda sizdan talab qilinadigani rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o'ylab topishdir. Namoyish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - MS Power Point dasturidir. U grafik axborotlarslaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi. Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan holda seminarlar, konferensiyalar, bitiruv ishlari himoyalari hamda o'quv jarayonida namoyishlardan foydalanish oddiy holga aylandi.

Namoyish - bu MS Power Point yordamida yaratilgan, bitta faylda saqlanuvchi va ularni ko'rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus effektlar to'plamdan iborat bo'lib, tarqatma material, ma’ruza rejasi yoki konspekt shaklida bo'lishi ham mumkin.

  • Namoyish - bu MS Power Point yordamida yaratilgan, bitta faylda saqlanuvchi va ularni ko'rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus effektlar to'plamdan iborat bo'lib, tarqatma material, ma’ruza rejasi yoki konspekt shaklida bo'lishi ham mumkin.
  • Slayd esa namoyishning aloxida sahifasi (kadri) bo'lib, unda sarlavha, matn, grafik, diagramma va boshqa ma’lumotlar joylashgan bo'lishi mumkin. MS Power Point yordamida
  • yaratilgan slaydlarni printer yordamida chop etish yoki maxsus agentliklarda 35-millimetrli fotoplyonkalarga o'tkazib olish mumkin.
  • Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko'rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig'indisidan iborat.
  • Tarqatma material deb namoyish slaydlarini bitta sahifaga ikki, to'rt yoki oltitadan qilib chop etib anjuman qatnashchilarga tarqatish uchun tayyoriangan materialga aytiladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin