Praktikumi fanidan mustaqil ish



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə3/5
tarix06.04.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#94045
1   2   3   4   5
Praktikumi fanidan mustaqil ish

3 - rasm. Kuylakning taqilmasini tikish
Choklar qopqoq tomonga yotqizib dazmollanadi. Qopqoqlar o'ngini ichkariga qaratib bukiladi va ag'darma chok bilan tikiladi. Hosil bo'lgan burchak o'ngiga ag'dariladi va dazmollanadi. Ostki qopqoqning yon cheti 0,5-0,7 sm ichkariga bukiladi va qopqoq ulangan chok bukilgan ziyidan 0,5 sm narida bostirib tikiladi. Ostki qopqoqni pastki uchini bukib, ziyi bo'ylab tikiladi va uni asosiy detalning kesimidan 1 sm pastroqgacha yetqaziladi.
Ustki qopqoq pastki qopqoq ustiga, uning tashqi cheti pastki qopqoqning ulangan joyini yopib turadigan qilib qo'yiladi. Qopqoqning tikilgan joyi 0,5-0,7 sm bukib, ichki ziyi va pastki uchi bo'ylab bostirib tikiladi. Ustki taqilma qirqim uchida yuqoriroq joyiga bitta ko'ndalang baxyaqator yuritiladi.
Erkaklar kuylagi bitta mag'izli taqilmasini tikish.
Mag'izning o'ngini asosiy detal teskarisiga qaratib qo'yilib, asosiy detal tomondan ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'iz asosiy detalning o'ngi tomonga bukiladi, mag'izning tikilmagan chetini ichkari tomon bukib, bostirma chok bilan tikiladi. Bunda, mag'iz ulangan chok yopilib ketishi, qistirma izma esa bir yo'la tikilib ketishi kerak. Mag'iz asosiy detal teskarisiga bukib dazmollanadi. Taqilmaning uchi butun eni bo'ylab ikkita qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi.
Erkaklar kuylagi ikkita mag'izli taqilmasini tikish.
Mag'izlar pastki qismlari kertikda pastki uchigacha biriktirib tikiladi, chok yorib dazmollanadi, ichki chetlari bukib tikiladi yoki yo'rmaladi. Mag'iz asosiy detalga o'ngini ichkariga qaratib qo'yiladi va ular baxyaaqtor kesim oxirida yo'q bo'lib ketadigan qilib asosiy detal tomonidan tikiladi. Chok haqi baxyaqatirning 0,1 sm yetkazmay kertiladi. Mag'iz asosiy detal teskarisiga qayriladi va asosiy detaldan kant hosil qilib dazmollanadi. 8-10 sm oraliqda qo'lda yashirin qaviq solib, mag'iz asosiy detalga chatib qo'yiladi.
Kuylakning “molniya” tasmali taqilmasini tikish.
“Molniya” tasma asosiy detalning choksiz joyiga yoki chokiga qo'yib tikilishi mumkin. “Molniya” tasma chokka qo'yib tikiladigan bo'lsa, chok tikilayotganda tasma qo'yiladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanish bilan ayni vaqtda taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskarisi tomondan “molniya” tasma qo'yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqatir bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa kesimga perpendikulyar yo'nalishda, tasma tishlaridan 0,1-0,5 sm masofada o'tadi.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin