Agar bir moddaning suyuq va gazsimon fazalari tegib tursa shunday kuchlar paydo bo’ladiki, bu kuchlar chegara sirtining yuzasini kamaytirishga intiladi. Bu kuch nomi: sirt taranglik kuchi. Chegara sirti o’zini elastic membrane sifatida tutadi, bu membrane taranglashishga harakat qiladi.
Sirt taranglik suyuqlik molekulalari o’rtasidagi tortishish bilan tushuntiriladi. Har bir molekula boshqa molekulalarni tortadi, o’sha molekulalar bilan o’zini “o’rab” olishga harakat qiladi, demak, sirtdan ketishga harakat qiladi. Natijada sirt kichiklashishga harakat qiladi.
Shunga ko’ra sovun pufaklari va qaynashda hosil bo’ladigan pufaklar sferik shaklni olishga harakat qiladi: berilgan hajmda minimal sirtga shar ega bo’ladi.
Shunga ko’ra sovun pufaklari va qaynashda hosil bo’ladigan pufaklar sferik shaklni olishga harakat qiladi: berilgan hajmda minimal sirtga shar ega bo’ladi.
Agar suyuqlikka faqat sirt taranglik kuchlari ta’sir etsa, suyuqlik albatta sferik shaklga ega bo’ladi, masalan suv tomchisi muvozanat holatida.
Suyuqlik zichligidan kata zichlikdagi kichkina hajmlar suyuqlik sirtida “suzish” qobiliyatiga ega, chunki tortish kuchi sirt yuzasini orttirishga halaqit beruvchi kuchdan kichik.
Bug’lanish va kondensatsiya
Bug’lanish – moddaning asta-sekin suyuq holatdan gaz fazasiga (bug’ga) o’tish. Issiqlik harakatida ayrim molekulalar suyuqlikni uning sirti orqali tashlab ketadi va bug’ga o’tadi. Shu bilan birga molekulalarning bir qismi bug’dan suyuqlikka qaytib o’tadi. Agar suyuqlikdan chiqib ketgan molekulalar soni qaytib kelganidan ko’p bo’lsa, u holda bog’lanish yuz bergan bo’ladi.
Kondensatsiya – bug’lanishga teskari jarayob bo’lib, moddaning gazsimon holatidan suyuq holatga o’tishiga aytiladi. Bunda molekulalar bug’dan suyuqlikka – suyuqlikdan bug’ga o’tishga qaraganda ko’proq o’tadi.