Haddan tashqari sovish – suyuqlikning muzlash nuqtasidan pastgacha – qattiq agregat holatga o’tkazmasdan sovutish. Bunda ham vibratsiya bo’lmasligi kerak, tepmeratura sezilarli ko’tarilib-tushmasligi
Haddan tashqari sovish – suyuqlikning muzlash nuqtasidan pastgacha – qattiq agregat holatga o’tkazmasdan sovutish. Bunda ham vibratsiya bo’lmasligi kerak, tepmeratura sezilarli ko’tarilib-tushmasligi kerak.
Zichlik to’lqinlari
Zichlik to’lqinlari
Xattoki suyuqlikni qisish juda qiyin bo’lsa ham, bosim o’zgarganda uning hajmi va zichligi bari-bir o’zgaradi. Bu birdan yuz bermaydi; masalan: bir soha qisilsa boshqa sohaga bu qisilish kechikib uzatiladi. Bu degani, suyuqlik ichida elastic to’lqinlar tarqalishi mumkin, agar ancha konkret aytsak, zichlik to’lqinlari tarqalishi mumkin, zichlik bilan birga boshqa fizik miqdorlar, masalan, temperature o’zgaradi.
Agar to’lqin tarqalayotganida zichlik yetarlicha kuchsiz o’zgarsa, u holda bunday to’lqinni tovush to’lqini yoki tovush deyiladi.
Agar zichlik yetarlicha kuchli o’zgarsa, u holda bunday to’lqinni zarbali (udarnaya) to’lqin deyiladi.
Suyuqliklardagi zichlik to’lqinlari bo’ylama hisoblanadi, ya’ni to’lqinning tarqalish yo’nalishida o’zgaradi. Ko’ndalang elastic to’lqinlar suyuqliklarda shakl saqlanmaganligi uchun bo’lmaydi, elastic to’lqinlar suyuqlikda vaqt o’tishi bilan so’nadi, ularning energiyasi sekin-asta issiqlik energiyasiga o’tadi. So’nish sabablari: yopishqoqlikm klassik yutilish, molekulyar relaksatsiya,…

(Klassik yutilish – to’lqinning modda bilan o’zaro ta’siridagi yutilish)
Bunda ikkinchi deb ataluvchi yoki hajmiy yopishqoqlik – zichlik o’zgargandagi ichki ishqalanish ishlaydi. Zarbali to’lqin so’nish natijasida qandaydir vaqtdan so’ng tovushga o’tadi. Elastik to’lqinlar suyuqliklarda bir jinsli bo’lmagan qismlarda sochiladi, nojinslilik molekulalarning xaotik issiqlik harakati tufayli hosil bo’ladi.