6. Ma’lumotlarni yig’ish Mazkur masalani yechish uchun to’g’ri keladigan tegishli ma’lumotlar turiga, miqdoriy yoki sifatli, aniqlik kiritganingizdan so’ng ma’lumotlarni yig’ish lozim bo’ladi. Qoida tariqasida, ma’lumotlarni uch xil yo’l bilan olishingiz mumkin:
1. Chop etilgan manbalardan;
2. Ishlab chiqilgan eksperimentdan;
3. Kuzatish tadqiqotlardan (masalan, so’rovnomadan).
Ba’zan ma’lumotlar to’plami allaqachon to’plangan va chop etilgan manbalarda, masalan, kitob, jurnal yoki gazetalarda mavjud. Misol uchun, siz 50 shtatda ajralishlar to’g’risida ma’lumotlari (ya’ni, 1000 aholi boshiga ajralishlar soni) ni o’rganmoqchisiz va umumlashtirmoqchisiz. Siz bu ma’lumotlar majmuini AQSh hukumati tomonidan har yili chop etiladiganAQShningStatistik sharxidan (shuningdek, boshqa ko’plab ma’lumotlar majmuasini) topasiz. Xuddi shunday, yangi uy-joy qurish uchun oylik ipoteka arizalar bilan kimdir qiziqsa bu ma’lumotlar majmuini hukumatning boshqa nashri hisoblanadigan Joriy biznes sharxidan topadi. Chop etilgan ma’lumot manbalarining boshqa misollari The Wall Street Journal (moliyaviy ma’lumotlar) va Sport yangiliklari (sport axborotlari)larni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda Internetda chop etilgan manbalardan ma’lumotlarni olish uchun oson bo’lgan vositalarni taqdim etadi
Ma’lumotlarni yig’ishning ikkinchi usuli ishlab chiqilgan eksperimentni o’tkazishni nazarda tutadi, bunda tadqiqotchi olib boriladigan izlanishlarda birliklar (odamlar, obyektlar yoki buyumlar) ustidan qattiq nazorat o’rnatadi. Masalan, tibbiy tadqiqotlar yurak xuruji oldini olish uchun aspirin salohiyatini o’rganildi deb ko’pincha keltirmoqdalar. Ko’ngilli shifokorlar ikki guruhga bo’lingan edi: davolash guruhiga va nazorat guruhiga. Davolash guruhida har bir shifokor bir yil davomida bir kunda aspirinni, nazorat guruhida har bir shifokor aspiringa o’xshash bo’lgan aspirin platsebosini qabul qilgan. Tadqiqotchilar – tadqiqotdagi shifokorlar emas – kim aspirinni (tibbiyot) kim esa aspirin platsebosini qabul qilganligini nazorat qilib borgan. To’g’ri ishlab chiqilgan eksperiment nazoratga olinmagan tadqiqotda nisbatan ma’lumotlardan ko’proq axborotni olish uchun imkon beradi.
Kuzatish tadqiqotning eng keng tarqalgan turi so’rov hisoblanib, unda tadqiqotchi odamlar guruhini tanlaydi, bir yoki bir necha savollar beradi va javoblarni yozib oladi. Ehtimol, so’rovning eng mashhur turi siyosiy saylovlari natijalarini bashorat qilishga mo’ljallangan bir qator tashkilotlaridan (masalan, Harris, Gallup, Roper va CNN) biri tomonidan o’tkaziladigan siyosiy so’rov hisoblanadi. Yana bir tanish so’rovlardan katta tarmoqlarni televideniyada eng mashhur dasturlari haqida ma’lumotlar bilan ta’minayotgan Nielsen tadqiqoti hisoblanadi. So’rovlar pochta, telefon so’rovlari yoki shaxsiy suhbatlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, shaxsiy suhbatlar pochta yoki telefon so’rovlariga ko’ra ancha qimmatroq tadqiqot hisoblansada, lekin murakkab axborot to’planishi uchun zarur bo’lishi mumkin.