3. Statistik ilovalarning turlari “Statistika” ko’pchilik odamlar uchun “raqamli tasvir” degan ma’noni anglatadi.
Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar ko’p hollarda ularning xususiyatlarini baholash maqsadida qaysidir ma’lumotlar majmuasidan tanlanadi. Biz bu jarayonni tanlanma deb nomlaymiz. Misol uchun, siz onlayn tarzda ma’lum bir mahsulot harid qilayotgan barcha mijozlarning o’rtacha yoshini hisoblash uchun Internetda ushbu mahsulotni harid qilayotgan mijozlarni yoshini to’plashingiz mumkin. Shunda o’z baholashlaringizni tegishli yosh guruhi uchun veb-saytida maqsadli reklama uchun foydalanishingiz mumkin. Shunga e’tibor beringki, statistika ikkita xilma-xil jarayonni o’z ichiga oladi: (1) ma’lumotlar to’plamini tasvirlash va (2) tanlanma asosida ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosalar (baholashlar, yechimlar, prognozlar va h.k.) ni ta’riflash. Shunday qilib, statistikaning qo’llanilishini ikkita asosiy sohaga bo’lish mumkin: tasviriy statistika va analitik statistika 4. Statistikaning asosiy unsurlari Statistik usul (metod)lar esperimental birliklarning bosh to’plaminio’rganish, tahlil qilish va bilim olish uchun foydalidir.
Masalan, bosh to’plam o’z ichiga (1) AQShdagi barcha yollangan xodimlarni, (2) Kaliforniyada barcha ro’yhatdagi saylovchilarni, (3) OITS xastaligidan har bir aziyat chekayotganlarni, (4) muayyan yig’ish liniyasidan o’tgan yili ishlab chiqarilgan barcha avtomobillarni, (5) United Airlines ga texnik xizmat ko’rsatish obyektidagi ehtiyot qismlarning butun zaxirasini, (6) ma’lum yil davomida Makdonalds restoranining darchasidan yo’lovchilar tomonidan jami qilingan xaridlarni, yoki (7) ta’til mavsumi davomida shtatlar orasidan o’tadigan avtomagistralning muayyan qismida sodir bo’ladigan barcha halokatlar to’plamini oladi. E’tiboringizni shularga jalb qilsangiz, bosh to’plamning birinchi uchta misoli (1-3) to’plam (guruh) larni ifodalasa, keyingi ikkitasi (4-5) obyektlar to’plamini, keyingisi (6) operatsiyalar to’plamini va so’nggisi (7) hodisalar to’plamini ifodalaydi. Shuni unutmangki, har bir guruh o’z ichiga bosh to’plamning barcha birliklarini qamrab oladi Bosh to’plamni o’rganishda, biz to’plam birligining bir yoki bir qancha tavsifiga yoki xususiyatlariga diqqatimizni jalb qildiq. Biz bunday tavsifnomani o’zgaruvchan deb ataymiz. Masalan, biz hozirgi davrda AQShdagi ishsizlarning yoshi, jinsi va ta’lim olgan yillari soni to’g’risidagi o’zgaruvchan ma’lumotlarga qiziqishimiz mumkin. O’zgaruvchan ko’rsatkich – bu bosh to’plamdagi alohida eksperimental (yoki kuzatiladigan) birliklarning tavsifnomasi yoki xususiyatidir.