Предмет, метод и задачи статистики



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə5/10
tarix16.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#144026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu. STATISTIKAGA KIRISH (3)

Statistik xulosa – bu tanlamani tashkil etuvchi axborotlar asosida bosh to’plam haqida prognozlashtirish va ba’zi bir boshqa umumlashtirishlarni baholashdir.
Xulosa qilishda, biz uning ishonchliligini, ya’ni bu xulosaning qanchalik yaxshiligini bilishimiz zarur. Biz uchun ishonchli yagona to’g’ri usul bo’lib, bosh to’plam to’g’risida xulosa qilishga tanlamaga barcha bosh to’plamni kiritish hisoblanadi. Ammo resurslarning cheklanganligi (ya’ni, vaqt yoki mablag’ning yetishmasligi) tufayli, odatda, biz butun bosh to’plam bo’yicha ish olib boraolmaymiz, shuning uchun biz xulosalarimizni bosh to’plamning bir qismi (tanlama) bo’yicha qurishimiz mumkin. Shunday qilib, biz o’zimizning xulosalarimizga noaniqlik unsurini kiritamiz. Binobarin, imkon qadar, doimo har bir qilingan xulosaning ishonchliligi aniqlash va xabarini yetkazish muhim ahamiyatga ega. Ishonchlilik – bu xulosaviy (analitik) statistika muammosining beshinchi unsuridir.
Ishonchlilik darajasi, xulosa bilan birga sodir bo’lib, statistika fanini fol ochish san’atidan ajratib turadi. Xiromantika, statisti sifatida, namunani (sizni qo’lingizni) o’rganishi va bosh to’plam (sizning hayotingiz) to’g’risida xulosa qila oladi. Ammo statistik xulosalardan farqli o’laroq, o’quvchining kafti bo’yicha xulosalar – ishonchlilik ko’rsatkichi emas.
Statistik metodlardan foydalanib, biz xatoning cheklanishini baholashimiz mumkin. Bu cheklashish – shunchaki son bo’lib, xatomizning bahosi (tanlanmadagi o’rtacha yosh va bosh to’plamdagi o’rtacha yosh o’rtasidagi tafovut) ma’lum ehtimoldan oshib ketmaydi. Keyingi boblarida bu baho xulosalarimiz noaniqligining o’lchovidir ekanligini ko’rasiz. Statistik xulosalarning ishonchliligi muayyan matnda muhokama qilinadi. Ayni paytda, xulosa uning ishonchliligi darajasisiz to’liq emasligini siz tushunishingizni, biz shunchaki istaymiz.
Ishonchlilik darajasi statistik xulosa bilan bog’liq bo’lgan noaniqlik me’yorining (odatda miqdoriy) tasdig’i hisoblanadi.
Keling endi bu bo’limni tasviriy va xulosaviy (analitik) statistikaning muammolari unsurlaring qisqacha bayoni bilan tugallaymiz.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin