Предмет, метод и задачи статистики



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə2/10
tarix16.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#144026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu. STATISTIKAGA KIRISH (3)

2. Statistika fan sifatida
Statistika sizga nimani anglatadi? Bu o’rtacha miqdorlar, Gallup ijtimoiy so’rovnomalar, ishsizlik darajasi yoki dalillarning raqamlarda buzilishi (Statistika yordamida buzib ko’rsatish!) to’g’risida eslatmalarmi? Yoki bu shunchaki siz bajarish lozim bo’lgan kollej talabimi? Biz sizda ishonch hosil qilish uchun umid qilamizki, statistika bu ahamiyatli, foydali ilm-fan ekanligini,uning biznesda, hukumatda, tabiiy va gumanitar fanlarida keng qo’llanilishi deyarli cheksizdir.

Statistika deganda nima tushuniladi:


Statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi
Statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi
Statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi
Biz, shuningdek, statistikadan qachonki suiste’mol qilinganda faqat o’shanda u yolg’on bo’lish mumkinligini ko’rsatishni istaymiz. Nihoyat, sinfda, mashg’ulotlarda, ishda yoki kundalik hayotda bo’ladimi, tanqidiy fikrlash asosiy rolni o’ynayotganligini biz namoyish qilishni istaymiz. Bizning maqsadimiz – sizga mazkur mavzuni o’rganishga sarf etgan vaqtingiz ko’p munosabatlarda to’ldiradi degan taassurotni qoldirish istagidamiz.
Random House College lug’ati statistikani “yig’ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin qilish bilan shug’ullanadigan fan” sifatida belgilaydi. Shunday qilib, statistik – beysbol o’yinlarida o’rtachani hisoblaydigan yoki Gallup ijtimoiy so’rovlar natijalarini yozadigan oddiy kimsa emas. Professional statistiklar statistika fanidan tahsil oladilar. Ya’ni, ular ma’lumotlar shaklida axborotni to’plash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan xulosa qilish bilan o’rganadi. Bundan tashqari, statistiklar tegishli masalaga qanday ma’lumot kerakligini va tadqiqot bo’yicha qilingan xulosalarga ishonish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin