Предмет, метод и задачи статистики



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə8/10
tarix16.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#144026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Mavzu. STATISTIKAGA KIRISH (3)

Kuzatish tadqiqoti ma’lumotlarni yig’ish usuli hisoblanib, bunda o’z tabiiy muhitda tanlab olingan eksperimental birliklar kuzatiladi. Tanlanma eksperimental birliklarining xususiyatlarini nazorat qilish uchun hech qanday harakatlar qilinmaydi (Misollar ijtimoiy fikr va so’rovni qamrab oladi).
Ma’lumotlarni yig’ish qaysi usuli ishlatilayotgandan qat’iy nazar, ehtimoldan yiroqki, ushbu ma’lumotlar ayrim bosh to’plam orasidan tanlab olinadi. Biz analitik statistikaniqo’llashni xohlasak, biz reprezentativ tanlanmani olishimizkerak.
7. Statistikaning tanqidiy fikrlash va etikadagi roli
Olamlararo urush” va “Vaqt mashinasi” kabi ilmiy-fantastik klassik asarlar muallifi G.Dj.Uells so’zlariga ko’ra “Statistik fikrlash bir ajoyib kuni samarali jamiyat uchun ehtiyoj bo’ladi, o’qish va yozish qobiliyatlari kabi”. Yuzdan ortiq yil oldin yozilgan Uellsning bashorati bugungikundaham haqiqatdir.
Ilmiy hodisalar, iqtisodiy faoliyat va davlat faoliyati (sifat nazorati, statistik audit, prognozlash va boshqalar) bilan bog’liq ma’lumotlarni yig’ishda o’sishi so’nggi bir necha o’n yilliklarda sezilarli bo’ldi. Har kuni ommaviy axborot vositalari siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar e’lon natijalarini bizga taqdim etmoqda. Hukumatning e’tibori ortishi bilan, masalan, narkotik yoki mahsulotlar ustidan, biz miqdoriy savodxonligi (ya’ni, ma’lumotlarni savodli tahlil qilish qobiliyati) ga muhtojligimizni aniq dalilini ko’rishimiz mumkin. Shuning uchun, har birimiz ziyrak mag’izni – ma’lumotlarni talqin va ma’nosini tushunish uchun oqilona fikrlashni foydalanish qobiliyatni – rivojlantirish kerak. Miqdoriy savodxonlik bizga oqilona qaror, xulosa va umumlashmalarni qabul qilishda yordam berishi mumkin; ya’ni, statistikadan foydalanib, tanqidiy fikrlashimizga yordam beradi.
Statistik tafakkur ma’lumotlar va xulosalarni tanqidiy baholash uchun o’z ichiga oqilona fikrlash va statistika fanini qo’llashni oladi. Ma’lumotlarning bosh to’plamida farqlar borligi fikrlash jarayoni uchun asos hisoblanadi.
Tanqidiy fikrlashda statistikaning roli to’g’risida bor qadar tassavurga ega bo’lish uchun ba’zi bir yanglishliklarga yoki xatolik so’rovlarga olib keladigan ikkita misolni keltiramiz.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin