88
89
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat selen va E vitaminining yetishmasligi tufayli kelib chiqqan kasalliklarni profilaktika qilish, oq
mushaklik kasalligiga uchragan hayvonlarni davolash maqsadida, shuningdek patogenetik davolash,
moddalar almashinuvini yaxshilash, urg’ochilarning nasl qoldirish qobiliyatini oshrish, yosh hayvonlar
organizmining tabiiy rezistentligini va uning atrof muhitning nomaqbul omillariga chidamliligini oshirish,
hayvonlarda jigarning toksik distrofiyasini davolash vositasi sifatida, shuningdek o’sishining kechikishi va
kam vazn qo’shilishida, parrandaning entsefalomalyatsiyasi va ekssudativ diatezida qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Vitamin Е
50 mg
Selen
1 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat barcha hayvonlar turlariga mushak ichiga yoki teri ostiga (otlarga faqat mushak
ichiga) profilaktika maqsadida 2-4 oyda 1 marta quiydagi dozada kiritiladi:
- katta hayvonlarga (yrik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlar): hayvonning 50 kg tana
vazniga 1 ml dan;
- yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga: hayvonning 10 kg tana vazniga 0,2 ml dan;
- itlarga, mushuklarga, mo’ynali hayvonlarga: hayvonning 1 kg tana vazniga 0,04 ml dan.
Uy parrandalariga preparat 1000-2000 litr suvga 130 ml dozasida qo’llanadi. Preparat
profilaktika maqsadida jo’jalarga 1 sutkalik yoshidan boshlab 2-3 haftada 1 marta, yetilgan
parrandalarga – oyda 1 marta; davolash maqsadida - 1-2 hafta oralig’i bilan 2-3 marta beriladi..
Davolash maqsadida preparatning dozasi ko’pi bilan 1,5 marta oshirilishi mumkin. Zarur
bo’lganda, preparat 7-10 kundan keyin takroran kiritiladi.
Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi
va vitamin-mineral preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
«Selen + E vitamini» hayvonlar organizmida E vitamini va selen yetishmovchiligini to’ldiradi.
E vitamini oksidlanish-tiklanish jarayonlarini sozlaydi va uglevod-yog’lar almashinuviga ta’sir etadi, A
va D3 vitaminlarining ta’sir etishini kuchaytiradi. Shuningdek u immunitetning holatiga, organizmning
umumiy kurashuvchanligiga, reproduktiv funksiyasiga ta’sir etadi.
Selen E vitaminining samarali ta’sir etishiga ko’p jihatdan yordam beradi, u shuningdek oksidlanish-
tiklanish jarayonlarida ma’lum o’rin tutadi.
Organizmga preparatning kiritilishi qonda va boshqa to’qimalarda E vitamini va selen miqdorining tez
ortishiga olib keladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etilgan dozalarida preparat hayvonlarda asoratlarni va nojo’ya ta’sirini
keltirib chiqarmaydi. Anafilaktik reaksiya holatida zudlik bilan adrenalin kiritish lozim. Hayvonlar
dozaning oshib ketishi tufayli zaharlanganda, davolash uchun arsanil kislota yoki arsanil kislotasining
natriyli tuzi (atoksil) hayvonlarning 1 kg tana vazniga 1,5-2
mg hisobidan qo’llanadi. Shuningdek, unitiol, natriy tiosulfat,
metionin qo’llanadi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Hayvonlar selenga yuqori shaxsiy
sezgirligi bo’lganda, yoki hayvonlar oxirgi 10 kun davomida
tarkibida selen bo’lgan preparatlar bilan ishlov berilganda,
preparatning qo’llanishi mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparatning dozasi oshib ketganda
zaharlanish holati yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun bitta
hayvonning dozasi: otlar uchun 20 ml, sigirlar uchun 15 ml,
qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun - 5 ml dan oshmasligi
lozim. Cho’chqachalarga preparat kamida 8 kundan katta
bo’lganda qo’llanadi.
Yoppasiga ishlov berishdan avval 3-4 ta bosh hayvonlarda
preparatning qabul qilinishiga sinama qilish lozim. Kuzatish
muddati - 1 sutka.
KUTISH DAVRI:
Preparat bilan davolash-profilaktik ishlov berilgan hayvonlar va parrandalardan olingan
go’sht va sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatish mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Selen + E vitamini» (Selenium +Vitaminum E). Preparat
tarkibida E vitamini (
α-tokoferol atsetat) va natriy selenit shaklidagi selen mavjud.
QADOQLANISHI:
50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha
haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
SELEN+VITAMIN Е
Inyeksiya uchun eritma
90
91
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Trivitamiks hayvonlarning gipo- va avitaminozlarida, kseroftalmiya, raxit, osteomalyatsiyani davolash va
profilaktika qilish uchun qo’llanadi. Homiladorlik, sut emizish davrida, shuningdek organizm kasallikdan
keyingi reabilitatsiya davrida qo’llash tavsiya etiladil.
1 ml preparat tarkibi:
Vitamin A
30 000 ME
Vitamin D3
40 000 ME
Vitamin Е
20 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat mushak ichiga, turi ostiga yoki og’iz orqali quyidagi
dozalarda (bir bosh hayvonga) kiritiladi:
Hayvonlarning turlari
Mushak ichiga yoki teri ostiga, ml
Og’iz orqali, tomchi
Yirik qoramol
2,5
5
Otlar
2,0
4
Toychoqlar, buzoqlar
1,5
3
Qo’ylar, echkilar
1,0
2
Qo’zichoqlar
0,5
1
Cho’chqalar
1,5
3
Cho’chqachalar
0,5
1
G’ozlar, kurkalar
-
1
Tovuqlar
-
Uchta boshga 1 ta
Preparat mushak ichiga yoki teri ostiga bir oy davomida haftada 1 marta kiritiladi. Zarur
bo’lganda, preparatning inyeksiyalari bir oydan keyin takrorlanadi. Parenteral kiritish mumkin
bo’lmaganda, preparat og’iz orqali, yaxshisi yem bilan aralashtirib, 3-4 hafta davomida har kuni
beriladi. Preparat qo’llanishining samaradorligini oshirish uchun, hayvonlarning oziqlanish
ratsionlari kalsiy, fosfor, magniy va mikroelementlar bo’yicha muvozanatlangan bo’lishi lozim.
Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi
va vitamin-mineral preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Trivitamiks majmuiy vitaminli preparat bo’lib, unda A (retinol
palmitat yoki retinol atsetat), D3 (xolekalsiferol) va E (α-tokoferol atsetat) vitaminlari fiziologik
asoslantirilgan nisbatda jamlangan, va hayvonning organizmiga moddalar almashinuvini me’yorga
solish, yuqumli kasalliklarga rezistentligini oshirish, serpushtligini yaxshilash va yosh hayvonlarning
o’sishini rag’batlantirishda namoyon bo’ladigan sinergik ta’sir ko’rsatadi.
A vitamini organizmning o’sishini tezlashtiradi va uning rezistentligini oshiradi, shuningdek epiteliyning
himoyalash funksiyalarini kuchaytiradi va epitelial to’qimalarning regeneratsiyasiga yordam beradi. U
jinsiy gormonlarning organizmga ta’siri bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Uning yetishmovchiligi bo’lganda,
hayvonlarda ko’rish buzilishlari, kseroftalmiya, yangi tug’ilgan bolalarning kam yashovchanligi, oshqozon-
ichak a’zolari va nasl qoldirish a’zolarining shilliq pardalarining kataral yallig’lanishi yuzaga kelishi,
shuningdek nasl qoldirish qobiliyati yo’qolishi mumkin.
D3 vitamini organizmda minerallar almashinuvini me’yorga soladi. Uning yetishmovchiligi bo’lganda,
hayvonlarda raxit yoki osteomalyatsiya, tetanik tomir tortishish va allotriofagiya kuzatiladi.
E vitaminining yetishmovchiligi bo’lganda, hayvonlarda bepushtlik,
o’sishining kechikishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi
(zntsefalomalyatsiya), jigar va mushak to’qimasining aynib buzilishi,
shuningdek yog’lar va uglevodlar almashinuvining buzilishi kuzatiladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Davolash dozalarida preparat hayvonlarning
organizmiga nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan
holatlar aniqlanmagan.
KUTISH DAVRI:
Preparatni qo’llashdan keyin hayvonlarni go’sht
olish uchun so’yish, hamda hayvonlar va parrandalar mahsulotlarini
oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish hech qanday cheklashsiz amalga
oshiriladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Vitamin vosita. Tashqi ko’rinishiga ko’ra trivitamiks sariq
rangdan och jigar ranggacha bo’lgan, o’simlik moyiga xos hidli shaffof moyli suyuqlikdir.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan
joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil..
TRIVITAMIKS
Inyeksiya uchun eritma
92
93
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Ixglyukovit sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi, tug’ruqdan keyingi endometritlarni, mastitlarni,
qishloq xo’jalik hayvonlarida telyazioz, oshqozon-ichak tizimining yallig’lanishi va buzilishini profilaktika
qilish va davolash uchun qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Ixtiol
35 mg
Glyukoza
200 mg
Askorbin kislotasi
20 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Tug’ruqdan keyingi bachadon subinvolyutsiyasi, endometritlarni, mastitlarni profilaktika
qilish uchun Ixglyukovit tuqqan sigirlarga 100 kg tana vazniga 10 ml dozasida ikki marta mushak
ichiga yoki tos bo’shlig’ining to’qimalararo joyiga tug’ruqdan keyin ikki kun davomida kiritiladi.
Preparat 48 soatdan keyin xuddi shunday dozada qo’llanadi.
Sigirlarda endometritlar, vulvitlar va mastitlar bo’lganda davolash maqsadida Ixglyukovit
100 kg tana vazniga 10 ml dozasida 48 soat oralig’i bilan tuzalguncha mushak ichiga yoki tos
bo’shlig’ining to’qimalararo joyiga kiritiladi. Kasallikning og’ir kechishida preparatni antibiotiklar
va boshqa vositalar bilan birga qo’llash tavsiya etiladi.
To’qimalararo joyiga kiritishda orqa teshigidan o’ng yoki chap tomonda to’g’ri ichak
chuqurchasining oldingi-ustki burchagiga (navbati bilan) umumiy qabul qilingan uslublar
bo’yicha ishlov beriladi. Qo’lning bir martalik harakati bilan itarib, nina chuqurchaning yuzasiga
30-45° burchak ostida, to’qimalararo joyiga 3-5 sm chuqurlikka, ko’krak suyagining qilichsimon
o’simtasi yo’nalishida kiritiladi. Porshenli shpritsdan foydalanib preparatni kiritish uchun 30-40
soniya, o’zi oqib kirishi uchun - 1-1,5 daqiqa talab etiladi. Agar eritma o’zi oqib kiritilsa, nina 1-3 sm
chuqurroq kiritiladi.
Oshqozon-ichak buzilishlari bo’lgan buzoqlarni davolash uchun Ixglyukovit hayvonning 1
kg tana vazniga 1,5 (0,5) ml dozasida, sutkasiga 2-3 marta, 3-4 kun ketma-ket og’iz orqali ichib, yoki
tomir ichiga - 1 kg tana vazniga 0,1 ml dozasida, sutkasiga 1 marta, 2-3 kun ketma-ket qo’llanadi.
Telyazioz bilan kasallangan yirik qoramol va otlarni davolash uchun, preparat 5-10 ml
dozasida, sprintsovka yordamida uchinchi qovog’i orqasiga va kon’yunktival qopcha ichiga,
hayvonning boshini chetga va pastga sal egib, kiritiladi. Davolash kursi - 2-3 kun oralig’i bilan 2-3
marta kiritish.
Boshqa preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ixglyukovit antiseptik, parazitlarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va qon to’xtatuvchi
ta’siriga ega, tug’ruqdan keyin bachadon involyutsiyasini rag’batlantiradi, bachadon va sut bezining
shikastlangan to’qimalari regeneratsiyalanishiga ko’maklashadi.
Eritmalar ichida ixtiol yodli tuzlar, alkaloidlar va og’ir metallarning tuzlari bilan qo’shila olmaydi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Ixglyukovit qo’llanishidan keyin nojo’ya
holatlar va asoratlar aniqlanmagan.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Mastit holatida yelinnin kasal qismining
ichidagi sut sog’iladi, qaynatiladi va yo’q qilinadi.
KUTISH DAVRI:
Chorvachilik mahsulotlaridan cheklashsiz
foydalanish mumkin. Preparat bilan davolangan sigirlar yelinining
sog’lom qismidan sut cheklashsiz ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Ixglyukovit – majmuiy preparat. Preparat to’q jigar rangli,
ixtiolning o’ziga xos hidi bo’lgan, chayqatganda ko’pik hosil qiluvchi bir jinsli moyli
suyuqlikdan iborat. Idishning devorlarida yengil, chayqatishda parchalanadigan cho’kma
bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, qorong’i joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda
saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.
IXGLYUKOVIT
Inyeksiya uchun eritma
94
95
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat hayvonlarning markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi bilan kechadigan turli kasalliklarida,
holsizlikda, mushak holsizligida, asab tizimini susaytiruvchi zaharlar (giyohvand moddalar, uxlatuvchi
vositalar) bilan zaharlanganda markaziy asab tizimini qo’zg’atish uchun qo’llanadi.
Preparat shok holatida, yurak-qon tomir tizimining kuchsizligida, qo’zg’aluvchanlik va yurak
o’tkazuvchanligi pasayganda; surunkali miokardit, miodistrofiyalar, surunkali miodegeneratsiyalarda;
qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida – bosh miya, buyrak, yurak qon tomirlari spazm qisilishida;
nafas olish markazini qo’zg’atish va nafas olishni yaxshilash uchun, yangi tug’ilgan hayvonlar asfiksiyasi
holatida; tug’ruq parezlarida; mushaklarning, oshqozon-ichak a’zolarning spastik holatlarida qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Natriy fofein-benzoat
200 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat teri ostiga, mushak ichiga va tomir ichiga kiritiladi.
Kasallikning og’irligi darajasiga va hayvonning tana vazniga qarab, natriy kofein-benzoat
eritmasi quyidagi dozalarda qo’llanadi (taxminan):
Hayvonlarning turlari
20% eritma
Otlar
5-10 ml
Yirik qoramol
5-10 ml.
Mayda shoxli mol
0,5-2 ml
Cho’chqalar
0,5-2 ml
Itlar
0,2-0,5 ml
Boshqa preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparat neytral asab tizimini, ayniqsa bosh miya po’stlog’ini, uzunchoq miyani va kamroq darajada –
orqa miyani qo’zg’atadi. Uzunchoq miyada u nafas olish va harakatlanish markazlarini qo’zg’atadi, bu
nafas olish harakatlarining tezlashuviga va chuqurlashuviga, hamda o’pkani shamollatish yaxshilanuviga
olib keladi.
Natriy kofein-benzoat ta’sirida, tomir harakat markazining qo’zg’alishi va bevosita yurakka ta’sir etishi
tufayli, arterial qon bosimi ortadi. Uning ta’siri ostida qorin a’zolari va teri qon tomirlari torayadi hamda
yurak, miya va buyrak qon tomirlari kengayadi, bu ham qon bosimining ortishiga yordam beradi.
Natriy kofein-benzoat yurak ishlashini qo’zg’atadi, shu sababli yurak qisqarishlarining mutlaq kuchi
ortadi, yurak mushak to’qimasining qo’zg’aluvchanligi yuqorilashadi. Kofein suv va azot almashinuvini
oshiradi, atsidozni yo’qotadi, ko’ndalang-yo’l-yo’l mushaklari ishlash qobiliyatini oshiradi. U oshqozon-
ichak a’zolarining harakat funksiyasini, asosan, sayyor nervning qo’zg’alishi va moddalar almashinuvi
jarayonlarining yaxshilanishi hisobiga kuchaytiradi.
Natriy kofein-benzoat bilan zaharlanganda yurak tomonidan alomatlar (tomir urishining sekinlashuvi
yoki tezlashuvi, aritmiya), reflektor qo’zg’aluvchanliknng ortishi, sanchiq-tonusli tomir tortishish, skelet
mushaklarining tonusi ortishi kuzatiladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Preparatni teri ostiga kiritish kofeinning achishtiruvchi ta’siri tufayli kelib
chiqadigan mahalliy shishlarga olib kelishi mumkin. Ovqat hazm qilish bezlarining ajratuvchi faoliyati
kuchayishi tufayli ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buzilish paydo bo’lishi mumkin. Dozasi ortib
ketganda betoqatlik, taxikardiya, aritmiya, qusish kuzatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat yuqori qo’zg’aluvchan-lik, yurakning kompensatsiyalamagan
nuqsonlari, miodegeneratsiyalar, periferik qon tomirlar falaji, o’tkir yurak yetishmovchiligi holatlarida
qo’llanishi mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Bitta hayvon turida natriy kofein-benzoat eritmasiga nisbatan shaxsiy
sezgirlik yaqqol namoyon bo’ladi. Shuning uchun preparat dozalarini belgilash hayvonning asab
faoliyatining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, o’tkazilishi kerak.
KUTISH DAVRI:
Preparatni qo’llash paytida va undan so’ng olingan chorvachilik mahsulotlari oziq-ovqat
maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Preparat ko’rinuvchan aralashmalari bo’lmagan, rangsiz yoki
och sariq rangli steril shaffof suyuqlikdir.
QADOQLANISHI:
10 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan
joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
NATRIY KOFEIN-BENZOAT
20%
Inyeksiya uchun eritma
96
97
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Novokain 0,25%-0,5% eritmalar shaklida infiltratsiyaviy anesteziya
uchun; 0,125-0,25% - A.V. Vishnevskiy usuli bo’yicha anesteziya uchun (qattiq sirg’aluvchan infiltratsiya);
1-2% – orqa miya anesteziyasi uchun qo’llanadi.
Novokain eritmalari mahalliy anesteziya uchun qo’llanganda, ularning konsentratsiyasi va miqdori
jarrohlik usulining xususiyatiga, qo’llash usuliga, hayvonning holati va vazniga bog’liq bo’ladi.
Novokain eritmasi maxsus va simptomatik vositalar bilan birgalikda hayvonlarga turli yuqmaydigan
kasalliklarni davolashda belgilanadi. U oshqozonning yarali kasalliklarida, atoniya hamda old oshqozon
va ichak timpaniyasi, dispepsiya, spastik sanchiq og’riqlarda, ichakning mexanik berkilib qolishi, travmatik
peritonit, retikuloperitonit, qon tomirlarining spazmlarida (V.V. Mosin bo’yicha blokada va bel blokadasi);
bronxopnevmoniya, kataral pnevmoniya, o’pka giperemiyasi va shishlari holatida (A.I. Fedotov bo’yicha
blokada) qo’llanadi.
Oftalmologiyada novokain otlarda keratit, keratokon’yunktivit, vaqt-vaqti bilan ko’z yallig’lanishida (ko’z
osti blokadasi) qo’llanadi.
Jarrohlikda novokain yaralarni, oqma yaralarni, miozitlarni, papillomatozni davolash uchun (tizza ichiga
yoki tomir ichiga) ishlatiladi.
Akusherlik-ginekologiya amaliyotida novokain sigirlarda va echkilarda metritlar, endometritlar, bachadon
va jinsiy qini tushib qolishi, yo’ldosh ushlanib qolishi (paranefral blokada), seroz-kataral mastitlarda (B.A.
Bashkirov yoki D.D. Logvinov bo’yicha 0,5% eritmani shikastlangan joyga 30-50 ml dan sisternal usulda
kiritish va yelin blokadasi usulida kiritish) belgilanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Novokain
5 mg / 10 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Qorin asablari va chegaraviy simptomatik asab naylarining V.V. Mosin bo’yicha
novokainli blokadasi uchun 0,5% novokain eritmasi ishlatiladi. Eritma oxirgi qovurg’aning oldingi cheti va hayvon
belining eng uzun mushagining lateral chetining kesishuvi nuqtasida, oxirgidan oldingi ko’krak umurtqasining tanasiga
tiralguncha, kiritiladi. Yirik qoramol va otlarga 1 kg tana vazniga 0,5 ml hisobida, cho’chqalar, itlar, qo’ylar va echkilarga
- har bir tomonidan 15-20 ml dan, tulkilar, quyonlar va mushuklarga - 3-5 ml dan kiritiladi.
Paranefral blokada uchun (A.V.Vishnevskiy bo’yicha) novokain buyrak yoni hujayra qatlamiga 0,25-0,5% eritma shaklida
kiritiladi.
Novokain eritmalari shuningdek tomir ichiga, teri ostiga va og’iz orqali (0,25-0,5%), mushak ichiga (1-2%) qo’llanadi.
Novokainning eng yuqori bir marotabalik dozalari:
- otlarga
- 2,5 g,
- yirik qoramolga
- 2,0 g;
- mayda shoxli mollarga va cho’chqalarga
- 0,5-0,75 g;
- itlarga
- 0,5 g.
Novokainning 0,5%, 1%, 2% eritmalarini 0,125-0,25% eritmalarini olish maqsadida suyultirish uchun, natriy xloridning
0,9% izotonik eritmasi yoki Ringer-Lokk eritmasi ishlatiladi. Ushbu suyultirishlar bevosita qo’llanishidan avval
tayyorlanadi.
Novokainning 0,5% eritmasini antibiotiklar (bitsillin, penitsillin, streptomitsin) suyultirish uchun ishlatish mumkin.
Boshqa preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Novokain mahalliy anestetik ta’sir ko’rsatadi, keng ko’lamli davolash
ta’siriga ega. Novokain organizmga umumiy ta’sir ko’rsatadi, atsetilxolin hosil bo’lishini kamaytiradi va
periferik xolinreaktiv tizimlarni qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi, vegetativ gangliylarga bloklovchi ta’sir
ko’rsatadi, silliq mushaklarning spazmlarni pasaytiradi, yurak mushagining qo’zg’aluvchanligini va bosh
miya po’stlog’ida motor zonalarining qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi.
Organizmda novokain tez gidrolizlanadi, hamda farmakologik faol moddalar bo’lgan paraaminobenzoy
kislotasini va deetilaminoetanolni hosil qiladi.
Paraaminobenzoy kislotasi (N vitamini) foliy kislotasi molekulasining tarkibiy qismi bo’lib, antigistamin
xususiyatiga ega, detoksikatsiya jarayonlarida ishtirok etadi, antisulfanilamid ta’siriga ega.
Deetilaminoetanol o’rtacha qon tomir kengaytiruvchi ta’siriga ega.
Novokain tez va qisqa muddatli ta’sir etadi. Novokain eritmalarining so’rilishini kamaytirish va ta’sirini
uzaytirish uchun, mahalliy anesteziya paytida ularga adrenalin gidroxloridning 0,1% eritmasini 1
tomchidan, va 2-10 ml novokain eritmasi qo’shiladi.
Toksik dozalarida novokain markaziy asab tizimining qo’zg’alishi, keyin esa falajiga olib keladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni novokainga yuqori shaxsiy sezgirligi bo’lgan hayvonlarga qo’llash
taqiqlanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Sulfanilamidlarning antibakterial faolligi ehtimoliy pasayshi sababli,
preparatni ular bilan birga qo’llash tavsiya etilmaydi.
KUTISH DAVRI:
Preparatni
qo’llash paytida va undan
keyin olingan chorvachilik
mahsulotlari cheklashsiz
oziq-ovqat maqsadlari uchun
ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Faol ta’sir etuvchi moddasi novokain - paraaminobenzoy
kislotasining betta-dietilaminoetil efirining gidroxloridi hisoblanadi.
QADOQLANISHI:
Novokain 1% 10 ml li, Novokain 0.5% 100 ml li shisha flakonlarda
qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, yorug’liqdan pana bo’lgan joyda, 0°C dan +25°C
gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
NOVOKAIN
0,5%; 1%
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Ringer-Lokk eritmasi hayvonlarga dispepsiyalar va organizmning suvsizlanishi va intoksikatsiyasi bilan
kechadigan boshqa kasalliklarda, qon ketishda, yaralarni va ko’zni yuvish uchun belgilanadi. Undan
shuningdek turli dori preparatlarini eritish uchun foydalaniladi.
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Maralquloq damlamasi og’iz orqali ichish uchun:
kavsh qaytaruvchi hayvonlarga old oshqozonlarning surunkali atoniyasida, katta qorin timpaniyasida
kavsh qaytarishni tiklash uchun;
cho’chqalarga va itlarga – qusish vositasi sifatida qo’llaniladi.
TARKIBI.
Preparat tarkibi natriy
xlorid, kaliy xlorid, kalsiy xlorid, natriy
gidrokarbonat, glyukoza va inyeksiya
uchun suvdan iborat.
1 ml preparat tarkibi:
Alkanoid
protoveratin
100 mg
Etil spirti
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Ringer-Lokk eritmasi teri ostiga yoki tomir ichiga quyidagi dozalarda qo’llanadi:
- otlarga va yirik qoramolga
1000-3000 ml;
- mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarga
100-300 ml;
- bir yoshgacha bo’lgan buzoqlarga
200-400 ml;
- qo’zichoqlarga va cho’chqachalarga
25-100 ml;
-
itlarga
10-200
ml;
-
mushuklarga
5-50
ml.
Qo’llash dozalari va muddatlari hayvonlarning vazniga va kasallikning kechishi og’irligiga bog’liq
bo’ladi. Teri ostiga kiritilganda preparat dozasini bo’lib, turli joylarga kiritiladi.
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat quyidagi dozalarda belgilanadi:
- yirik qoramolga
100 kg tana vazniga 2-2,5 ml;
- qo’ylarga va echkilarga
10 kg tana vazniga 0,7-0,8 ml;
- cho’chqalarga
bitta hayvonga 1-2 ml (bir marta);
- itlarga
bitta hayvonga 0,5-2 ml (bir marta).
Dozaning hajmi hayvonning tana vazniga va kasallikning kechishi og’irligiga bog’liq bo’ladi.
Maralquloq damlamasi tomir ichiga yirik qoramolga qizilo’ngach tiqilib qoganda, old oshqozonlarning atoniyasi
va gipotoniyasi, katta qorin mushaklari parezlari, katta qorinning surunkali timpaniyasida kiritiladi. Tomir ichiga
dozasi bitta hayvonga bir marta 2-3 ml ni tashkil etadi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ringer-Lokk eritmasi hayvonlarning qon plazmasiga izotonik bo’lib,
hayvonlar organizmida suv-tuz va kislota-ishqor mutanosibligini maromiga soladi.
Kiritilganidan keyin dori vositasi inyeksiya joyida tez so’riladi va hayvonning a’zolari va to’qimalarida
taqsimlanadi.
Preparat to’qimalarga achishtiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Maralquloq damlamasi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni
motorikasi va sekretsiyasini reflektor tarzda kuchaytiradi.
Maralquloq damlamasi og’iz orqali ichilganda shilliq pardalarni achishtiradi va kavsh qaytaruvchi
hayvonlarning oshqozoni motorikasi va sekretsiyasini reflektor tarzda kuchaytiradi, itlar va cho’chqalarda
esa qusishni qo’zg’atadi.
Maralquloq damlamasi kavsh qaytaruvchi hayvonlarga tomir ichiga kiritilganda, 5-10 daqiqadan keyin
old oshqozonlarning qisqarish funksiyasi tiklanadi va kuchayadi, kekirish va kavsh qaytarish paydo
bo’ladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Ringer-Lokk eritmasi tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarda nojo’ya ta’sir va asoratlarni
keltirib chiqarmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Ringer-Lokk eritmasini qo’llash mumkin bo’magan holatlar aniqlanmagan.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Ringer-Lokk eritmasini qo’llash boshqa dori vositalarini qo’llashni istisno
etmaydi.
KUTISH DAVRI:
Ringer-Lokk eritmasini qo’llash paytida va undan keyin olingan chorvachilik mahsulotlari
oziq-ovqat maqsadlari uchun cheklashsiz ishlatiladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Maralquloq damlamasi ko’rsatilgan qo’llash shartlari va dozalariga rioya qilinganda nojo’ya
ta’sir keltirib chiqarmaydi. O’ta ko’p doza berilganda maralquloq bilan kuchli zaharlanish yuzaga keladi. Bu
holatlarda teri ostiga atropin sulfatning 1% eritmasi tavsiya etilgan dozalarida kiritiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatga yuqori sezgirlik.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparatni tomir ichiga kiritish juda ehtiyotlik bilan bajarilishi lozim, chunki hayvonning
kuchli qo’zg’alishi yuzaga kelishi, homila tushib qolishi va hatto o’limga olib kelishi mumkin.
KUTISH DAVRI:
Maralquloq damlamasi qo’llangan hayvonlardan olingan go’sht va sut cheklashlarsiz ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Ringer-Lokk eritmasi - inyeksiyalar uchun eritma
shaklidagi dori vositasi.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +25°C
gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Maralquloq damlamasi (Tinctura veratri) – maralquloq ilddizlarining
ta’sir etuvchi moddasi etil spirti bilan eritib olingan.
QADOQLANISHI:
1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni ehtiyotlik bilan quruq, to’g’ri quyosh nurlari ta’siridan pana joyda,
bolalar yeta olmaydigan joyda, +30°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
MARRAQULOQ
(CHEMERITSA)
DAMLAMASI
98
99
RINGER-LOKK ERITMASI
Inyeksiya uchun
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«YAM» malhami trixofitiyalar va sarkoptoid va psoroptoid kanalari keltirib chiqargan teri kasalliklarini
(ekzemalar, dermatitlar) davolash uchun qo’llanadi.
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham teri kasalliklarida (fasod oquvchi yaralar, kuyishlar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar,
yotishdan ezilgan joylar) surtib qo’llanadi.
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Malham kuniga 1-2 marta, terining shikastlangan joyiga
va uning atrofiga 2-4 sm masofagacha yupqa qatlam qilib surtib qo’llanadi, avvaldan jun
qirqilmaydi va qo’tirlari tozalanmaydi. Bunda malham ishlov beriladigan teri yuzasiga sal
ishqalab surtiladi. Preparat qo’tirlar ajralmaguncha, 4-5 kun davomida qo’llanadi. Agar qo’tirlar
ajralmasa, malhamni qo’llash davom etadi. Odatda 7-10 kundan keyin shikastlangan teri joylari
qo’tirlardan tozalanadi, va ularda jun o’sa boshlaydi.
Ishlov berishdan 10 kun o’tganda terining shikastlangan joylaridan qirindilarning nazorat
mikroskopik tekshiruvlari o’tkaziladi. Kasallik qo’zg’atuvchilari aniqlanganda davolash
takrorlanadi.
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Malham tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita shikastlangan
joyga yupqa qatlam qilib surtiladi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
«YAM» malhami akaritsid va fungitsid faol ta’siriga ega, antatsid,
antiseptik, keratolitik, bog’lovchi ta’sir ko’rsatadi.
Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli. Achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir
ko’rsatmaydi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ruxli malham bog’lovchi, qurituvchi, yallig’lanishga qarshi va
dezinfeksiya qiluvchi ta’siriga ega.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Nojo’ya ta’siri yo’q.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud emas.
KUTISH DAVRI:
Preparat qo’llanganda hayvonlarni go’sht uchun so’yish va chorvachilik mahsulotlarini
oziq-ovqat maqsadida ishlatish cheklashsiz amalga oshiriladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.
KUTISH DAVRI:
Malham qo’llanganda hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutini oziq-ovqat maqsadida
ishlatish yuzasidan cheklashlar yo’q.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«YAM» malhami - Kul rangdan jigar ranggacha har xil tusdagi,
pastasimon konsistentsiyadagi, o’ziga xos hidli malham.
QADOQLANISHI:
50 g li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat zich yopilgan idishda, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C
dan +30°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Preparat tarkibida malham asosida dispersiyalangan rux oksidi mavjud.
Preparat oq yoki och sariq rangli, hidsiz quyuq, bir jinsli massadan iborat.
QADOQLANISHI:
50 g li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, qorong’i joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil..
100
101
Tarkibida rux oksidi, salitsil kislotasi,
qatron, fenolsiz toshko’mir kreolin
(yoki karbol kislotasi), lanolin, skipidar
va vazelin bo’lgan preparatdir.
1 g. preparat tarkibi:
Rux oksidi
100 mg
YAM MALHAMI
RUX MALHAMI
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
102
103
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Oksitotsin eritmasi qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining urg’ochilariga, tug’ruq paytida kuchsiz
kuchanishda, yo’ldosh ushlanib qolganda, bachadondan qon ketishda, bachadon atoniyasi, gipotoniyasi
va yallig’lanishida, mastitlarda, shuningdek reflektor agalaktiya holatida qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Oksitotsin
10 ЕD
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat teri ostiga, mushak ichiga, tomir ichiga (sekin), zarur bo’lganda – novokain bilan
birgalikda epidural usulida, quyidagi dozalarda qo’llanadi:
Hayvonlarning turlari
Kiritish usullari va dozalari (ED)
Teri ostiga
yoki mushak
ichiga
Tomir ichiga
Epidural
Otlar va sigirlar
30-60
20-40
15-30
200 kg gacha vazndagi cho’chqa urg’ochilari
30
20
10-15
Echkilar va qo’ylar
10-15
8-10
-
Itlar
5-10
2-7
-
Mushuklar
3
2
2
Boshqa preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Oksitotsin eritmasi bachadon silliq mushaklarining tonusini oshiradi va qisqarishini kuchaytiradi,
sut bezining atrof alveolalarining mioepitelial hujayralar qisqarishiga olib keladi, sut emizayotgan
hayvonlarda sut bez larini va sut ajralishini rag’batlantiradi.
Kuchsiz vazopressinsimon, antidiuretik xususiyatiga ega.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Qusish, taxikardiya, arterial qon bosimi
pasayishi, yo’ldoshning muddatidan ilgari ko’chishi. Dozasidan
oshib ketganda, muvofiqlashmagan yoki o’ta kuchli tug’ruq
faoliyati bo’lishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat homilador hayvonlarga,
tug’ruqqa ko’maklashishda, homila va tos o’lchamlari mos
kelmaganda, homila majruhligida, shuningdek uning noto’g’ri
holatida va joylashuvida qo’llanishi mumkin emas.
KUTISH DAVRI:
Preparatni qo’llash paytida va undan keyin olingan
chorvachilik mahsulotlari cheklashsiz oziq-ovqat maqsadlari
uchun ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Oksitotsin eritmasi». Preparatning ta’sir etuvchi moddasi
oksitotsin (gipofiz orqa qismi ishlab chiqaruvchi polipeptid gormonining sintetik analog
moddasi).
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, yorug’likdan pana bo’lgan joyda, +2°C dan +10°C
gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 18 oy.
OKSITOTSIN
10 ЕD/ML
Inyeksiya uchun eritma
104
105
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat:
- tayanch-harakat apparatining o’tkir va surunkali kasalliklarida (artritlar, tendovaginitlar, jarohatlar,
umurtqa orasidagi disklar churrasi, tuyoqlarnig yuqumli shikastlanishi) yallig’lanish reaksiyalarining
majmuiy davolanishida simptomatik vosita sifatida;
- har qanday kelib chiqishdagi og’riqni yo’q qilish (jarrohlikdan avvalgi va keyingi terapiya, sanchiq
og’riqlar);
- nafas olish a’zolari kasalliklarini, MMA sindromini, mastitlarning o’tkir va surunkali shakllarini
davolashda yordamchi vosita sifatida;
- isitma ko’tarilishi va holsiz holati bilan kechadigan kasalliklarda isitma tushiruvchi vosita sifatida
qo’llanadi.
Ketoprofol 1% itlarga va mushuklarga qo’llash tavsiya etiladi.
Ketoprofol 10% yirik qoramol, otlar va cho’chqalarga qo’llash tavsiya etiladi.
1 ml preparat tarkibi:
Ketoprofen
10 mg/100 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Itlar, mushuklar: teri ostiga, mushak ichiga, tomir ichiga hayvonning tana vazniga 2 mg/kg
dozasida (ketoprofen bo’yicha), kuniga 1 marta, 1-5 kun davomida.
Otlar: tomir ichiga hayvonning tana vazniga 2,2 mg/kg dozasida (ketoprofen bo’yicha). Skelet-
mushak funksiyalari va suyak-bo’g’im tizimlarining
buzilishlarini davolashda har kuni, sutkada bir
marta 3 – 5 kun davomida kiritiladi. Otlarda sanchiq
og’riqlarni simptomatik davolashda Ketoprofol
10% bir marta kiritiladi. Odatda, bitta doza yetarli
bo’ladi; preparatni har qanday qo’shimcha kiritish
faqat hayvonni avvaldan klinik tekshirishdan keyin
o’tkazilishi lozim.
Yirik qoramol: mushak ichiga, tomir ichiga
hayvonning tana vazniga 3 mg/kg dozasida
(ketoprofen bo’yicha), kuniga 1 marta, 1-5 kun
davomida.
KETOPROFOL
1%; 10%
Inyeksiya uchun eritma
Boshqa preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
: Preparatning tarkibiga kiruvchi ketoprofen og’rik bilan kechadigan
o’tkir, o’tkirsimon va surunkali yallig’lanishlarni davolash uchun samaralidir.
Ketoprofenning ta’sir qilish mexanizmi araxidon kislotasining metabolizmi buzilishi orqali
prostaglandinlar (siklooksigenaza-II va qisman siklooksigenaza-I) sintezining yo’q qilinishidan iborat.
Terapevtik dozalarda ketoprofen yallig’lanishga qarshi, og’riqsizlantiruvchi, isitma tushiruvchi va
antiendotoksik ta’sir ko’rsatadi.
Dori vositasini mushak ichiga kiritishda, ketoprofenning qon plazmasida maksimal konsentratsiyasi 30
daqiqadan keyin qayd etiladi. Ketoprofenning bioo’zlashuvchanligi, hayvonlarning turiga qarab, 85% dan
100% gacha o’zgarib turadi. Ketoprofen organizmdan asosan buyrak orqali chiqariladi.
Ketoprofol 1% va 10% organizmga ta’sir qilishi darajasiga ko’ra, GOST 12.1.007-76 bo’yicha 4-xavflilik
sinfiga kiradi (kam xavfli moddalar); tavsiya etilgan dozalarda organizmga sezgirlikni oshiruvchi ta’sir
ko’rsatmaydi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etiladigan dozalarda Ketoprofol 1% va 10%, odatda, hayvonlarda asoratlarni keltirib
chiqarmaydi.
Suvsizlikdan qiynalgan hayvonlarga va qon bosimi pasaygan hayvonlarga preparatni ehtiyotlik bilan qo’llash
kerak, chunki bu holda buyrak asoratlarining (nefrotoksikligining) xavfi oshadi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Ketoprofen va preparatning boshqa komponentlariga allergiya, oshqozon va
12-barmoqli ichak yarasi, gemorragik sindrom, kuchli ifodalangan jigar va buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik.
Preparatni 15 kundan yoshroq toychoqlarga qo’llash tavsiya etilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparatni arteriya qon tomiri ichiga kiritmaslik lozim.
Hozirgi paytga kelib ketoprofenning otlarda homiladorlik o’tishiga ta’siri o’rganilmaganligi uchun – preparat
homilador biyalarga qo’llanishi tavsiya etilmaydi.
Ketoprofol 1% va 10% boshqa nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar, glyukokortikoidlar, antikoagulyantlar
va diuretiklar bilan qo’llanishi tavsiya etilmaydi. Boshqa dori vositalar bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin
emas.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni mushak ichiga kiritishdan kamida 4 sutka
o’tganidan so’ng, tomir ichiga kiritilganidan keyin – kamida preparatni oxirgi qo’llashdan 1 sutka o’tganda ruxsat
etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti hayvonlarni
ovqatlantirish yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Preparatni qo’llash davrida
hayvonlardan olingan sut cheklashsiz ishlatilishi mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Ketoprofol 1% va 10% – rangsiz yoki sariq tusli shaffof eritmadir.
QADOQLANISHI:
50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Ketoprofol 1% va 10% preparatini ehtiyotlik bilan, quruq, to’g’ri
quyosh nurlaridan pana joyda, +4°С dan +25°С gacha haroratda saqlash kerak.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
106
107
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Kloprostin sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish; lyuteinli va follikulyar kistalari,
persistent sariq tanachalari, bachadon subinvolyutsiyasi va endometritlari bo’lgan sigirlarni davolash;
cho’chqalarda tuxumdonlarning funksional buzilishlarini davolash va profilaktika qilish, tug’ruqlarni
rag’batlantirish va muddatini moslashtirish; qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini davolash;
hayvonlarda homiladorlikni to’xtatish uchun (ko’rsatma bo’lganda) mushak ichiga qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Kloprostenol
0,25 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Sigir va yosh sigirlarda jinsiy qochirish davrini moslashtirish. Preparat 2 ml dan ikki marta, 10 kun oralig’i bilan
kiritiladi. Preparatning birinchi dozasi jinsiy siklning istalgan bosqichida kiritiladi (sigirlarda tug’ruqdan keyin
40-kundan 60-kungacha). Mayl bosqichi bo’lmaganda, birinchi kiritishdan keyin 11-kuni ikkinchi doza kiritilishi
lozim, 14-kuni (ikkinchi kiritishdan keyin 72-76 soat o’tganda) frontal sun’iy urug’lantirish (jinsiy qochirish
maylining tashqi belgilaridan qat’i nazar) va 15-kuni takroriy urug’lantirish o’tkaziladi.
Tuxumdonlarning lyuteinli kistalari bo’lgan sigirlarni davolash. Kloprostin bir marta 4 ml dozasida kiritiladi.
Davolash unumdorligini oshirish uchun preparat xuddi shunday dozasida gonadotropin SJK 2,5-3,0 ming
xalqaro birlik (M.E.) dozasida teri ostiga inyeksiyasi bilan bir vaqtda kiritiladi.
Tuxumdonlarning follikulyar kistalari bo’lganda sigirlarga teri ostiga bir marta xorionik gonadotropin 4-5 ming
birlik dozasida yoki mushak ichiga Surfagon 5 ml dan uch kun davomida kiritiladi. 10-12 kundan keyin jinsiy mayli
kelmagan hayvonlarga Kloprostin 2 ml dozasida inyeksiyasida kiritiladi.
Persistent sariq tanachalari bo’lgan sigirlarga Kloprostin 2 ml dozasida kiritiladi, jinsiy qochirish davrining
birinchi belgilari bo’lganda sun’iy rug’lantirish o’tkaziladi. Agar u boshlanmasa, birinchi inyeksiyadan keyin 11-
kuni 2 ml preparatni takroriy kiritish, 72-76 soatdan keyin yo’l-yo’riqlarga muvofiq urug’lantirish o’tkaziladi.
Tug’ruqdan keyingi endometrit va bachadon subinvolyutsiyasi bilan kasallangan sigirlarni davolash uchun
Kloprostin ikki marta, 10-11 kun oralig’i bilan 2 ml dan kiritiladi, bir vaqtda etiotrop, patogenetik va simptomatik
davolash vositalari qo’llanadi.
Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 12 kun ichida qochirish davri kelmagan urg’ochi cho’chqalarda tug’ish
funksiyasini tiklash uchun, preparat 1 ml dozasida, gonadotrop preparatlaridan biri (SJK hayvonning 1 kg
tana vazniga 10 x.b. dozasida va b.) bilan birga kiritiladi. Urg’ochi cho’chqalarda tug’ish davrini moslashtirish
va tug’ruqdan keyingi kasalliklarni profilaktika qilish uchun, preparat homiladorlikning 113-114 kunida 0,7 ml
dozasida kiritiladi. Tug’ruq ko’p hollarda 24-35 soatdan keyin boshlanadi.
Qo’ylarda bachadon bo’yinchasi ochilmasligini profilaktika qilish va davolash uchun homilador qo’ylarga
Kloprostin taxminiy tug’ishidan 15-16 kun avval 2 ml dozasida kiritiladi. Tug’ishdan avval 3-5 kun jinsiy qini chiqib
ketganda, preparat yuqoridagi dozasida 2 ml estradiol-dipropionatning 0,1 % moyli eritmasi bilan birga kiritiladi.
Hayvonlarda keraksiz homiladorlikni to’xtatish (ko’rsatma bo’lganda) Kloprostinni 2 ml dozasida kiritish orqali
erishiladi.
KLOPROSTIN
Inyeksiya uchun eritma
Boshqa preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Kloprostenol tuxumdon sariq tanachasiga lyuteolitik (tarqatuvchi)
ta’sir ko’rsatadi, progesteronning gipotalamus-gipofiz majmuasiga tormozlovchi ta’sirini yo’qotadi, bu
esa tuxumdonlarda follikullar o’sishi, qonda estrogenlar darajasining ortishi, qochirish davri namoyon
bo’lishi, va yetilgan follikullarning keyingi ovulyatsiyasiga olib keladi. Preparatni kiritishdan qochirish
davrining birinchi belgilarigacha bo’lgan muddat 48-72 soatni tashkil etadi.
Preparat bachadonning qisqarish funksiyasini kuchaytiradi va faqat tuxumdonlarda faol ishlaydigan
sariq tanachalar bo’lganda biologik ta’sir ko’rsatadi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Kloprostin homilador hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas, chunki u homila
tushishini keltirib chiqaradi.
KUTISH DAVRI:
Preparat kiritilganidan keyin 48 soat ichida hayvonlarni go’sht uchun so’yish taqiqlanadi.
Belgilangan muddatidan avval majburan so’yilgan hayvonlarning go’shti yem maqsadlarida ishlatilishi
mumkin. Ishlov berilgan hayvonlarning suti cheklashsiz ishlatiladi.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat bilan ishlaganda shaxsiy gigiyena choralari va xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Qishloq xo’jalik hayvonlarining qochirish davrini moslashtirish,
urg’ochilarning bepushtligini va ginekologik kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.
Preparatnig ta’sir etuvchi moddasi kloprostenol - prostaglandin F2
α ga o’xshash sintetik
moddadir.
QADOQLANISHI:
10 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan
+25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 18 oy.
108
109
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Jinsiy siklning ertaroq boshlanishi uchun.
Jinsiy siklning boshlanishini rag’batlantirishning ikkita usuli taklif etiladi. Birinchi usulida preparatni
asoratsiz tug’ishdan keyin tug’ruqdan keyingi davrda qo’llash tavsiya etiladi. Ikkinchi usulida endometrit
bilan kasallangan va bachadon involyutsiyasi sekinlashgan sigirlarga qo’llash tavsiya etiladi.
1 ml preparat tarkibi:
Surfagon
10 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
1-usuli.
Surfagon sigirlarga tug’ruqdan keyin 5-15–kuni, 50 mkg dozasida bir marotaba kiritiladi. Preparat
kiritilganidan keyin hayvonlarning qochirish davri boshlanishi mumkin, lekin urug’lantirishni tug’ruqdan keyin kamida
45 kun o’tganda, ya’ni ikkinchi qochirish davrida o’tkazish lozim.
2-usuli. Tug’ruqdan keyin 8-10 kuni surfagon 50 mkg dozasida bir marotaba, tug’ruqdan keyin 18-20 kuni esa,
bachadonning holatidan qat’i nazar, 250 mkg dozasida estrofan yoki kloprostin, yoki 20 mg enzaprost kiritilishi, 36-
kuni - 10-25 mkg surfagon kiritilishi kerak. Rag’batlantirilgan qochirish davrida sigirlarni urug’lantirish tavsiya etilmaydi.
Hayvonlarni urug’lantirishni tug’ruqdan keyin kamida 45 kun o’tganda o’tkazish lozim.
Tuxumdonlarning gipofunksiyasini davolash uchun.
Tuxumdonlar gipofunksiyasining yengil shaklini davolash uchun surfagon ikki marotaba: birinchi martta – jinsiy siklning
8-12 kunida 50 mkg dozasida, takroran - 10 kundan keyin 10-25 mkg dozasida kiritiladi.
Tuxumdonlarning kuchliroq ifodalangan gipofunksiyasi holatida 1-, 3- va 5-kunlari mushak ichiga 10 sm
3
progesteronning 1% moyli eritmasi kiritiladi, 7-kuni surfagon 50 mkg dozasida kiritiladi.
Tuxumdonlarning folllikulyar kistasi.
Sigirlarda follikulyar kistalarni davolash uchun surfagon uch marta, 24 soat oralig’i bilan, 25 mkg dozasida kiritiladi.
Preparatni birinchi kiritishdan keyin 11-kuni estrofan yoki kloprostin 250 mkg dozasida ikki martta, 10-12 soat oralig’i
bilan kiritiladi. Estrofanni kiritishdan keyin 3-6 kun o’tganda hayvonlarda to’laqonli follikullar rivojlanadi va jinsiy sikl
me’yorga keladi. Qochirish davri kelgan paytida ular urug’lantirib boriladi.
Ilk embrion o’limining oldini olish.
Surfagon sariq tanachaning funksional faolligini oshirish uchun –urug’lantirishdan keyin 8-12 kunida, bir martta 50 mkg
dozasida kiritiladi.
Sigirlar va yosh sigirlarning urug’lantirilishini oshirish.
Ikki va undan ortiq urug’lantirishning natijasi bo’lmaganda, jinsiy siklning 10-14 kunida mushak ichiga ikki marta, 10-12
soat oralig’i bilan estrofan yoki kloprostin 250 mkg dozasida kiritiladi. Qochirish davrining boshida, yoki estrofan yoki
kloprostin birinchi marta kiritilishidan keyin 70 soat o’tganda, 50 mkg surfagon kiritiladi va hayvonlar urug’lantiriladi.
Urug’lantirishdan keyin 8-12 kunida 50 mkg surfagon kiritiladi.
Donor sigirlarda superovulyatsiyani keltirib chiqarish.
Poliovulyatsiyani rag’batlantirish uchun, rag’batlantirilgan qochirish davrining birinchi 2-4 soati davomida yoki
donor sigirlarga prostaglandinlar bilan ishlov berilganidan keyin 42-46 soat o’tganda 25 mkg surfagon kiritilishi
lozim. Urug’lantirish yo’l-yo’riqlarga muvofiq o’tkaziladi. Bunda to’laqonli embrionlarning soni 8-12% ga ortadi, va bu
embrionlar amalda bitta rivojlanish bosqichida bo’ladi.
Urg’ochi cho’chqalarning urug’lantirilishini oshirish.
Cho’chqachalar olib qo’yilganidan keyin 24-48 soat o’tganda hayvonlarga 1000 x.b. SJK yoki GSJK, 56 soat o’tganda - 50
mkg dozasida surfagon kiritiladi. Urg’ochi cho’chqalarning urug’lantirilishi yo’l-yo’riqlarga muvofiq o’tkaziladi.
Urg’ochi qo’ylarning urug’lantirilishini oshirish.
Surfagon bir martta, 12-15 mkg dozasida kiritiladi.
SURFAGON ERITMASI
Inyeksiya uchun
Boshqa preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Surfagonni parenteral kiritish farmakologik ta’siriga ko’ra tabiiy
lyuliberinga to’liq o’xshash, ya’ni surfagon kiritilganidan keyin ko’pi bilan 2-3 soat ichida qonga gipofiz
gonadotropinlari ajralishini rag’batlantiradi. Qondagi gonadotropinlarning yuqori miqdori preparat
kiritilishidan keyin 4-5 soat davomida saqlanib qoladi.
Tabiiy lyuliberindan farqli ravishda, surfagonning biologik faolligi 50 baravar yuqoriroq, bu esa ushbu
preparatni mikrodozalarda va qisqa kurslar bilan qo’llash imkonini beradi.
Surfagon tabiiy lyuliberinga nisbatan fermentlar ta’sirida sekinroq parchalanadi, bu uning gipofizning
gonadotrop funksiyasiga kuchliroq biologik ta’sir etishini belgilab beradi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Surfagon tavsiya etilgan dozalarida qo’llanishidan keyin biror-bir nojo’ya
holatlar va asoratlar aniqlanmagan.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatga yuqori sezgirlik.
KUTISH DAVRI:
Preparat qo’llanganda olingan qishloq xo’jalik hayvonlarining go’shti va suti
cheklashsiz ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Surfagon gonadotrop rilizing-gormon LG-RG-lyuliberinga
o’xshash sintetik nanopeptid moddadir. Preparat xlorli natriyning izotonik eritmasidagi
surfagonning steril eritmasidir.
QADOQLANISHI:
10 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +2°C dan
+10°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Mazkur preparatlar tavsiflari shu jumladan umumiy xalqaro hujattlar
to’plamlaridan olingan. Dori vositalarini qo’llash paytida preparatlarning
tasdiqlangan qo’llash yo’riqnomasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
!
MChJ «O’ZBIOKOMBINAT»
O’zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya Qo’shma Korxonasi
140527, O’zbekiston Respublikasi,
Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani,
«Namuna» QFY, O’rta-Charxin mahallasi.
Tel: +99895 500 8161
еmail: info@biokombinat.uz
web: www.biokombinat.uz
Marketing va sotuv bo’limi
+998 95 509 0500
+998 71 241 3000
© QK «O’ZBIOKOMBINAT» 2014y.
Preparatlar
katalogi
Antibakterial
preparatlar
Vitamin-mineral
komplekslar
Dezinfektantlar,
Rodentitsidlar,
Insektoakaritsidlar
Antiparazitar
preparatlar
Antiprotozoy
preparatlar
Gormonal
preparatlar
Samarqand - 2014 y.
Document Outline - Ивермектин 10
- КЛОЗАНТЕЛ 50
- ЛЕВАМИЗОЛ 75
- Альклозан 10%; 20%
- МЕЦАЛЬБЕН 10%; 20%
- МЕЦТРАМИЗОЛ 20%
- ПАНАФЕНБ 22,2%
- МЕЦАЛЬБЕН 360
- ПРАЗИКВАНТЕЛЬ
- МЕЦАЛЬБЕН 2,5%; 10%
- ГЕнтамицин 4%
- ГЕнтамицин 10%
- ветилозин 50; 200
- окситетрациклин 100
- окситетрациклин 200
- Энрофлоксацин 50
- Энрофлоксацин 100
- Энровит 10%
- Ветилозин 50%
- Сульфаприм
- Макроприм концентрат
- Сульфаприм
- Мастисан - А
- Мастисан - Е
- Энровит - о
- Флоникол - о
- МАзь окситетрациклиновая 1%
- МАзь ихтиоловая 10%; 20%
- МАзь стрептоцидовая 10%
- имисан
- бупарвалек
- Ампровет 25%
- толтрокс 2,5%
- полисульфон
- суперкиллер Е
- БРОМОЛОН концентрат 0,25%
- БРОМОЛОН
- виркоцид
- полимер йод 10%
- глюкоза 40%
- кальций хлорид 10%
- кальция бороглюконат
- СЕЛЕН+ВИТАМИН Е
- тривитамикс
- ихглюковит
- КОФЕИН-БЕНЗОАТ НАТРИЯ 20%
- новокаин 0,5%; 1%
- Раствор рингера-локка
- МАзь ям
- МАзь цинковая
- Окситоцин 10 ед/мл
- кетопрофол 1%; 10%
- клопростин
- раствор сурфагона
Dostları ilə paylaş: |