ALKLOZAN
10%; 20%
Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Qo’llanishi va dozalari. Preparat og’iz orqali, individual
yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi. Preparat
bir marotaba beriladi.
Gelmintozlarda va so’nalar yuqishida «Alklozan 20%»
hayvonning 1 kg tana vazniga 40 mg, «Alklozan 10%» -
hayvonning 1 kg tana vazniga 80 mg dozasida bir marotaba,
individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi
yoki suvli suspenziya shaklida idishdan majburan ichiriladi.
Qo’ylar psoroptozida preparat ikki marotaba 7 sutka
oralig’i bilan, psoroptoz bo’yicha nomaqbul vaziyatli
xo’jaliklarda profilaktika maqsadida preparat bir marotaba
quyidagi dozalarda qo’llanadi:
«Alklozan 20%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 100 mg,
«Alklozan 10%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 200 mg.
Hayvonlarni gelmintsizlashtirishni yiliga ikki marta: yaylovga haydashdan ikki hafta avval va
molxonada saqlashga o’tishdan avval o’tkazish maqsadga muvofiq. Gipotermatoz, edemagenoz
va estrozga qarshi hayvonlarga ishlov berish yozgi mavsum tugaganidan keyin o’tkaziladi.
Psoroptozda qo’ylarni davolash yilning istagan faslida zarur bo’lganda amalga oshiriladi.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi
gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning
organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak
tizimida tez so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas
bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi.
Klozantelning ta’sir etish mexanizmi parazitning oksidlovchi fosforillash jarayonini to’xtatilishidan
iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va
elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, bu holat parazitning energetik metabolizmini
o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazol va klozantel, sinergik ta’siriga ega bo’lib, kavsh qaytaruvchi
hayvonlarning endo- va ektoparazitlari, shu jumladan trematodalar, nematodalar, tsestodalar, jumladan
benzimidazollarga chidamli parazitlar, shuningdek so’nalar lichinkalari va sarkoptoid kanalarining
o’limini keltirib chiqaradi.
Issiq qonli hayvonlar uchun zaharliliga ko’ra preparat 4-xavflilik toifasiga kiradi – «kam xavfli preparatlari»
(GOST 12.1.007). Davolaydigan dozasida teratogen, embriotoksik, mutagen ta’siriga va allergiya keltirib
chiqaruvchi xususiyatiga ega emas.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik. Organik xlorlangan va
xlororganik parazitlarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo’llanmasin.
Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari
bo’lgan va holsizlangan hayvonlar uchun ruxsat etilmaydi.
Preparatni qo’llash shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi
yarmisida, sigirlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.
Suti kishilar ovqatiga ishlatiladigan sog’iladigan hayvonlar uchun preparatni qo’llash taqiqlanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi
avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar
bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish
preparatni qo’llashdan keyin 20 kundan so’ng ruxsat etiladi.
Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali
hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Qishloq xo’jalik hayvonlarining parazitlarini davolash va
profilaktikasi uchun antigelmint vosita. Ta’sir etuvchi moddalari albendozol, klozantel.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +30°C gacha haroratda
saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
14
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
15
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Metsalben yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga va
itlarga quyyidagi kasalliklarida beriladi:
Yirik qoramol:
- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz;
Qo’ylar va echkilar:
- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, moniyezioz;
Cho’chqalar: askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz;
Itlar: toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar;
1 g preparat tarkibi:
Albendazol
50 mg/100 mg
METSALBEN
10%; 20%
Granulalangan kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Metsalben yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga va itlarga bir marotaba, og’iz
orqali yem bilan aralashtirib, avvaldan och qoldirib parhez qilmasdan quyidagi dozalarda beriladi
(hayvonlarning 1 kg tana vazniga mg):
Hayvonlar turi va gelmintlarning nomi
10%
granulyat
20%
granulyat
Yirik qoramol: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari,
strongiloidoz;
- fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz
75
100
37, 5
50
Qo’ylar va echkilar:- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari,
strongiloidoz;
- fastsiolyoz, moniyezioz
50
75
25
37,5
Cho’chqalar: askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz
75
37,5
Itlar: toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar
200
100
Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Albendazol keng ta’sir doirasiga ega, trematodalarning tuxumlari va
etilgan shakllari, nematodalari va tsestodalarining yetilgan va yetilmagan shakllarining o’limini keltirib
chiqaradi. U energetik almashinuvni buzadi, fumaratreduktaza faolligini kamaytiradi, bu gelmintlarning
adenozintrofosforli kislota sintezining buzilishiga olib keladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etilgan dozalarda
qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Majburan hollarda ko’rsatilgan
muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning
go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun
ishlatilishi mumkin.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramol va cho’chqalarni go’sht olish
uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida
14 kun, qo’ylar va echkilarni 10 kun o’tganidan so’ng,
sigirlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun
ishlatish 3 sutka, qo’ylar va echkilardan sutni 4 sutka
o’tganda ruxsat etiladi.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparatni qo’llash paytida
veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va
xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Foydalanish uchun tayyor, granullashtirilgan hayvonlarning
gelmintlarini qirish uchun preparat. Ta’sir etuvchi moddasi albendazol.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar
yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
16
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
17
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Metstramizol 20% granulyat yirik qoramol, qo’ylar va echkilar,
cho’chqalar, otlar, mo’ynali hayvonlar va itlarga oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodozlarida
(oshqozon-ichak tizimining strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidozlar,
oksiuroz, paraskaridoz, toksaskaridoz, untsinarioz va hokazo) qo’llanadi.
1 g preparat tarkibi:
Tetramizol
gidroxlorid
200 mg
METSTRAMIZOL
20%
Granulyat
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, ikki marotaba (ikki kun
ketma-ket, kuniga bir marta) quyidagi dozalarda beriladi (hayvonning 1 kg tana vazniga mg)
Hayvonlar turi va gelmintozning nomi
Qo’llash
martalari
Metstramizol
20% granulyat
dozalari
Yirik qoramol:
- oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz
Ikki marotaba
50
Qo’ylar va echkilar:
- oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz (diktiokaulyoz, gemonxoz,
bunostomoz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz)
Ikki marotaba
37,5
Cho’chqalar:
-askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomo z
Ikki marotaba
75
Otlar:
-paraskaridoz;
-oksiuroz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz
Ikki marotaba
Ikki marotaba
50
75
Itlar:
-toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz
Ikki marotaba
100
Mo’ynali hayvonlar:
-toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz
Bir marotaba
100
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning ta’sir etuvchi moddasi - tetramizol gidroxlorid
(DL 2,3,5,6,-tetragidro-6-fenil-imidazo-(2,1-b) tiazol-gidroxlorid) nematoda-larda fumarat- va
suktsinatdegidrogenezni yo’q qiladi va parazitlarning yetilgan shakllari va lichinkalari o’limiga olib keladi.
Tetramizol gidroxlorid kam zaharli birikmalarga kiradi, hayvonlarning oshqozon-ichak tizimidan yaxshi
so’riladi, embriotoksik, sensibilizirlovchi, teratogen va kumulyativ xususiyatiga ega emas, teri va shilliq
pardalarni achishtirmaydi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya ta’sir ko’rsatishi
aniqlanmagan.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida
7 kun o’tganidan so’ng, olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 2 sutka o’tganda
ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning
go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda
ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish
lozim.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita.
Ta’sir etuvchi moddasi tetramizol. Preparat oq yoki och kulrang granulalardan iborat.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar
yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
18
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
19
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat nematodozlarda (oshqozon-ichak strongilyatozlari, askaridoz,
trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz), trematodozlarda
(fastsiolyoz, paramfistomatozlar), sestodozlarda (moniyezioz, teniozlar) yirik qoramol, qo’ylar va echkilar,
cho’chqalar, otlar, itlar va mushuklarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi.
1 g preparat tarkibi:
Fenbendazol
222 mg
PANAFENB
22,2%
Granulyat
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat og’iz orqali, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, avvaldan parhez
tayyorgarligisiz, bir marotaba quyidagi dozalarda beriladi:
Hayvonlar turi
Panafenb granulyat 22.2%
(hayvonning 1 kg tana vazniga mg)
Yirik qoramol
34
Qo’ylar va echkilar
22
Cho’chqalar
22
Otlar
34
Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning ta’sir etuvchi moddasi fenbendazol gelmintlarga
qarshi keng doiradagi ta’sirga ega, oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodalari, sestodalar, shuningdek
trematodalarning yetilgan shakllari, lichinkalari va tuxumlariga nisbatan faol ta’sir etadi.
Preparatning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning ichagi hujayralarida mikrokanallar parchalanishi,
energetik jarayonlar buzilishidan iborat, bu ularning o’limiga olib keladi.
Panafenb granulyat 22.2% issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli preparatlarga kiradi. Terapevtik
dozalarda kumulyativ, embriotoksik, mutagen ta’siriga hamda allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatlariga
ega emas.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etiladigan dozalarda preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi va
hayvonlarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida
(7-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. Asoratlar bo’lmasa, 3 kun ichida preparat barcha hayvonlarga
beriladi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida
14 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval
so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini
ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
Preparatni kiritishdan keyin 4 sutka davomida sog’iladigan hayvonlardan olingan sutni oziq-
ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun
ishlatilishi mumkin.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda
ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish
lozim.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita.
Ta’sir etuvchi moddasi fenbendazol.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana
joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
20
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
21
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Metsalben-360» tabletkalari quyidagi kasalliklarda yirik qoramol,
qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:
- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz,
xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);
- o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, tsistokaulyoz,
metastrongilyoz);
- sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);
- trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).
1 ta tabletka tarkibi:
Albendazol
360 mg
METSALBEN 360
Tabletkalar
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Tabletkalar hayvonlarga majburan til ildiziga, bir marotaba, quyidagi dozalarda beriladi:
- yirik qoramolga – hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka, fastsiolyoz, dikrotselioz,
paramfistomatoz va ostertagiozda - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;
- qo’ylarga va echkilarga – hayvonning 70 kg tana vazniga 1 tabletka; fastsiolyoz, dikrotselioz
va protostrongiloidozda - hayvonning 45 kg tana vazniga 1 tabletka;
- cho’chqalarga - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;
- otlarga - hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka;
Gelmintsizlashtirishdan avval maxsus parhez va surgi dorilarni qo’llash talab etilmaydi.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Albendazol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita
bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematodalar va sestodalar, shuningdek yetilgan trematodalarga nisbatan
faol ta’sir ko’rsatadi. Preparat keng doirada ta’sir ko’rsatadi, gelmintlarning yetilgan va lichinka shakllarinig
o’limiga olib keladi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir qilish mexanizmi gelmintlarning uglevod
almashinuvini buzishdan iborat, bu esa ularning o’limiga va hayvon organizmidan chiqarilishiga olib
keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak tizimida tez so’riladi, a’zolarga va
to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega
bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi.
Preparat organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi. Tavsiya etilgan
dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
«Metsalben-360» tabletkalari tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya
holatlar kuzatilmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida,
yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar
uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan
bir qismida ruxsat etilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval
hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa,
preparat barcha hayvonlarga beriladi.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish mos
holda preparatni qo’llashdan keyin 14 va 10 kun, sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish mos holda 3 va
4 kundan so’ng ruxsat etiladi.
Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali
hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina
qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni
darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish
lozim.
Preparatning idishini boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita.
Ta’sir etuvchi moddasi albendazol. Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra rangi kulrang yoki
sut tusli kulrang, to’g’ri dumaloq shakldagi tabletkalardan iborat.
QADOQLANISHI:
Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka
qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni zavod o’ramida, quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta
olmaydigan joyda, +25°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
22
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
23
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Prazikvantel exinokokkoz, difilobotrioz, dipilidoz, gidatigeroz, multitseptoz va oriyentobilxartsioz
holatida hayvonlarni gijjalardan tozalash uchun bir marta ishlatiladi.
1 ta tabletka tarkibi:
Prazikvantel
50 mg
PRAZIKVANTEL
Tabletkalar
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Prazikvantel tabletkalari hayvonlar uchun ichiga, og’iz orqali ichib, avvaldan och
qoldirilmagan holda, bir marta, individual tarzda qo’llanadi.
Preparat hayvonlarga bevosita og’ziga (tilining ildiziga) beriladi, yoki go’shtga, kolbasaga
o’ralgan holda, yoki yem bilan birga maydalangan holatida yediriladi.
Profilaktika maqsadida itlar va mushuklarga har yil choragida yuqoridagi dozada gijjalarni
tozalash uchun beriladi.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Prazikvantel – keng doirada ta’sir etuvchi antigelmint preparati,
hayvonlar exinokokkozi, difilobotriozi, dipilidozi, gidatigerozi, multitseptozi va oriyentobilxartsiozi
holatida qo’llanadi.
Preparatning ta’sir etish mexanizmi fumaratreduktaza ta’sirini bosishda, hujayra membranalari
o’tkazuvchanligi va nerv-mushak innervatsiyasi buzilishidan iborat, bu esa gelmintlarning falajiga va
o’limiga olib keladi.
Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli (oq sichqonlar uchun LD50 og’iz orqali ichilganda
2650 mg/kg ni tashkil etadi). Tavsiya etilgan dozalarda mahaliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen
va sezgirlikni oshiruvchi xususiyatlariga ega emas.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat bilan ishlaganda veterinariya vositalari bilan ishlashda ko’zda tutilgan
shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Itlar, mushuklar va boshqa hayvonlarni gijjadan tozalash uchun
antigelmint preparat.
QADOQLANISHI:
Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka
qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan ishlab chiqaruvchining o’ramida,
yorug’likdan himoyalangan joyda, namlik tushishidan asrab, -8°C dan +25°C gacha
haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
24
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
25
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat quyidagi kasalliklarda yirik qoramol, qo’ylar, echkilar,
cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:
- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz,
xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);
- o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, sistokaulyoz,
metastrongilyoz);
- sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);
- trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).
1 ml preparat tarkibi:
Albendazol
25 mg/100 mg
Dostları ilə paylaş: |