- yirik qoramol (katta hayvonlar va yosh hayvonlar): pnevmoniya, mastit, pasterellyoz, plevrit, buzoqlar
bo’g’masi, tuyoq chirishi, keratokonyunktivit, yarali yuqumli kasalliklar, anaplazmoz, virusli kasalliklarda
ikkilamchi yuqumli kasalliklar;
- qo’ylar va echkilar: enzootik homila tushib qolishi, tuyoq chirishi, metrit, mastit, peritonit, yarali yuqumli
kasalliklar, echkilar pnevmoniyasi;
- cho’chqalar: pnevmoniya, pasterellyoz, plevrit, mastit, atrofik rinit, yolin yallig’lanishlari, metrit-
mastit agalaktiya sindromi, yiringli artrit, kindik sepsisi, abstsess, yarali va tug’ruqdan keyingi yuqumli
kasalliklar, virusli kasalliklarda ikkilamchi yuqumli kasalliklar.
1 ml preparat tarkibi:
Oksitetratsiklin
200 mg
OKSITETRATSIKLIN
200
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat bir marotaba, mushak ichiga, hayvonlarning 10
kg tana vazniga 1 ml dozasida kiritiladi. 1 ta inyeksiya joyiga
kiritiladigan preparatning maksimal hajmi yrik qoramol uchun 20
ml, cho’chqalar uchun 5-10 ml, qo’ylar va echkilar uchun 5 ml dan
oshmasligi lozimligini inobatga olgan holda, preparatning talab
etiladigan dozasini tananing bir nechta joylariga kiritish lozim.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Oksitetratsiklin bakteriostatik ta’sir etuvchi antibiotikdir. Preparatda
oksitetratsiklin magniy bilan birikma holatida bo’lib, bu uning uzoq muddatli (uzaytirilgan) ta’sirini
belgilab beradi. Preparat tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin aminoatsil-tRNK ning ribosomalarning
30S-subbirligi bilan bog’lanishini bloklaydi va bakterial oqsilning sintezini ingibirlaydi. Ta’sir qilish
doirasi gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarning ko’pchiligini qamrab oladi, ya’ni: streptokokklar,
stafilokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, erizipelotrikslar, pasterellalar, fuzobakteriyalar,
salmonellalar, psevdomonadalar, gemofiluslar, antinobakteriyalar, shigellalar, esherixiyalar, xlamidiyalar,
rikketsiyalar, spiroxetalar va mikoplazmalar.
Mushak ichiga kiritilganda antibiotik inyeksiya joyidan tez so’riladi va kiritishdan keyin taxminan 30-50
daqiqadan so’ng to’qimalarda maksimal konsentratsiyalarga erishadi. U hayvonning barcha a’zolariga
va to’qimalariga kirib o’zlashadi, yo’ldosh to’sig’idan o’tadi. Organizmdan asosan siydik va o’t bilan, sut
emizayotgan hayvonlarda esa sut bilan ham chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Preparat kiritilishidan keyin eritema va qichishish shaklidagi mahalliy allergik
reaksiyalar rivojlanishi mumkin, ular, odatda, davolashsiz tuzalib ketadi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatnig tarkibiy qismlariga individual o’ta sezgirlik.
Kortikosteroidlar va estrogenlar bilan bir vaqtda qo’llash tavsiya etilmaydi. Antibakterial ta’siri sezilarli
pasayishi tufayli, oksitetratsiklin penitsillin va sefalosporin qatorining antibiotiklari bilan bir vaqtda
qo’llanmaydi.
Preparat otlarga, itlarga, mushuklarga, shuningdek buyrak yetishmovchiligi bo’lgan boshqa hayvonlar
turlariga, homilador hayvonlarga, yangi tug’ilgan hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Kuchli allergik reaksiya rivojlanganda kalsiy preparatlarini (xlorli kalsiy, kalsiy
borglyukonat) tomir ichiga kiritish yoki antigistamin vositalarini (dimedrol) qo’llash lozim.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21
kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan
hayvonlarning go’shti bevosita hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish
uchun ishlatiladi.
Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash
to’xtatilganidan keyin 7 sutka davomida ishlatish kerak emas, lekin qaynatilanidan keyin u hayvonlarni
oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Antimikrob vosita. Ta’sir etuvchi moddasi oksitetratsiklin.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan
+20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
36
37
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash
uchun belgilanadi:
- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz,
salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;
- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas
olish yo’llarining bakterial kasalliklari;
- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz,
endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;
- mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: oshqozon-ichak tizimining va nafas olish
yo’llarining bakterial kasalliklari, leptospiroz;
1 ml preparat tarkibi:
Enrofloksatsin
50 mg
ENROFLOKSATSIN
50
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat mushak ichiga sutkasiga 1 marta qo’llanadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlarga
sutkalik dozasi hayvonning 20 kg tana vazniga 1 ml preparat (1,5 mg
enrofloksatsin - 1 kg uchun) hisobidan belgilanadi. Salmonellyoz
va nafas olish a’zolarining yuqumli kasalliklarida - hayvonning 20
kg tana vazniga 2 ml preparat (5,0 mg enrofloksatsin - 1 kg uchun)
dozasida belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab,
3-5 kun. Tuqqan cho’chqalarning mastit-metrit-agalaktiyasida
davolash kursi - 1 kundan 2 kungacha.
Mo’ynali hayvonlarga (norka, tulki, shimol tulkisi), itlarga,
mushuklarga sutkalik dozasi hayvonning 10 kg tana vazniga 1
ml preparat (5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash
kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining
yarmisi belgilanadi.
Ehtimoliy og’riq reaktsiyasi bo’lmasligi uchun, preparat yrik
hayvonlarga bir joyiga ko’pi bilan 2-3 ml va mayda hayvonlarga ko’pi bilan 1 ml miqdorda kiritish
kerak.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning tarkibiga kiruvchi enrofloksatsin ftorxinolonlar
guruhiga kiradi. Enrofloksatsinning bakteriyalar hujayralariga ta’sir etish mexanizmi olma kislotasining
biosintezini to’xtatishga asoslanadi. Bu patogen mikroorganizmlarning morfologik o’zgarishlarini va
tez o’lishini keltirib chiqaradi. Preparat tez so’rilishi va qon zardobida yuqori konsentratsiyaga yetishi
xususiyatlariga ega.
Preparat gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar
va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, proteylar,
iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar,
brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan keng doirali antibakterial ta’siriga ega.
Enrofloksatsin inyeksiya joyidan tez so’riladi va organizmning barcha a’zolari va to’qimalarga kirib
o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 0,5-1 soat o’tganda
erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi.
Preparat organizmda amalda biotransformatsiyaga uchramaydi va o’zgarmagan holda, asosan siydik
bilan va o’t bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Cho’chqalarda enrofloksatsin inyeksiyalari ba’zan mahalliy achishishni keltirib
chiqaradi. Davolash davrida buzoqlarda va cho’chqachalarda ba’zan ovqatni hazm qilish buzilishi
kuzatilishi mumkin.
Enrofloksatsin preparatlarini qo’llash mayda va o’rtacha zotli itlarda 2 oydan 8 oygacha yoshida, yirik va
sekin o’sadigan zotlarda esa 18 oygacha bo’g’im tog’aylarida o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat otlarga, homilador itlarga va tuqqan cho’chqalarga, shuningdek sut
emizadigan itlarga qo’llash mumkin emas. Preparatni 8 oydan yoshroq mushuklar, 12 oygacha yoshdagi
itlarga, yirik zotli itlarga esa 18 oygacha qo’llash mumkin emas.
Enrofloksatsin-50 sut sog’iladigan hayvonlarga qo’llanishi ruxsat etilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparat tetratsiklinlar, makrolid antibiotiklar, levomitsetin bilan bir vaqtda
qo’llanishi mumkin emas.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramol, qo’ylar, cho’chqalar va quyonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi
kiritishdan keyin kamida 14 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat
tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak
unini ishlab chiqarish uchun, olingan sut esa – qishloq xo’jalik hayvonlariga ichirish uchun ishlatish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita.
Ta’sir qiluvchi moddasi enrofloksatsindir.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan
+25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
38
39
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash
uchun belgilanadi:
- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz,
salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;
- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas
olish yo’llarining bakterial kasalliklari;
- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz,
endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;
- mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: oshqozon-ichak tizimining va nafas olish
yo’llarining bakterial kasalliklari, leptospiroz.
1 ml preparat tarkibi:
Enrofloksatsin
100 mg
ENROFLOKSATSIN
100
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat mushak ichiga sutkasiga 1 marta qo’llanadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar: sutkalik dozasi
hayvonning 20 kg tana vazniga 0,5-1 ml preparat (1 kg vazniga
2,5 - 5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi –
kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: sutkalik
dozasi hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5 ml preparat (5 mg
enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning
og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining
yarmisi belgilanadi.
Ehtimoliy og’riq reaktsiyasi bo’lmasligi uchun, preparat yrik
hayvonlarga bir joyiga ko’pi bilan 2-3 ml va mayda hayvonlarga
ko’pi bilan 1 ml miqdorda kiritish kerak.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning tarkibiga kiruvchi enrofloksatsin ftorxinolonlar
guruhiga kiradi. Enrofloksatsinning bakteriyalar hujayralariga ta’sir etish mexanizmi olma kislotasining
biosintezini to’xtatishga asoslanadi. Bu patogen mikroorganizmlarning morfologik o’zgarishlarini va
tez o’lishini keltirib chiqaradi. Preparat tez so’rilishi va qon zardobida yuqori konsentratsiyaga yetishi
xususiyatlariga ega.
Preparat gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar
va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, proteylar,
iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar,
brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan keng doirali antibakterial ta’siriga ega.
Enrofloksatsin inyeksiya joyidan tez so’riladi va organizmning barcha a’zolari va to’qimalarga kirib
o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 0,5-1 soat o’tganda
erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi.
Preparat organizmda amalda biotransformatsiyaga uchramaydi va o’zgarmagan holda, asosan siydik
bilan va o’t bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Cho’chqalarda enrofloksatsin inyeksiyalari ba’zan mahalliy achishishni keltirib
chiqaradi. Davolash davrida buzoqlarda va cho’chqachalarda ba’zan ovqatni hazm qilish buzilishi
kuzatilishi mumkin.
Enrofloksatsin preparatlarini qo’llash mayda va o’rtacha zotli itlarda 2 oydan 8 oygacha yoshida, yirik va
sekin o’sadigan zotlarda esa 18 oygacha bo’g’im tog’aylarida o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat otlarga, homilador itlarga va tuqqan cho’chqalarga, shuningdek
sut emizadigan itlarga qo’llash mumkin emas. Preparatni 8 oydan yoshroq mushuklar, 12 oygacha
yoshdagi itlarga, yirik zotli itlarga esa 18 oygacha qo’llash mumkin emas. «Enrofloksatsin-100» sut
sog’iladigan hayvonlarga qo’llanishi ruxsat etilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparat tetratsiklinlar, makrolid antibiotiklar, levomitsetin bilan bir vaqtda
qo’llanishi mumkin emas.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish va sutni iste’mol qilish, mos holda, preparatni
oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 kun va 4 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda
ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish
uchun, olingan sut esa – qishloq xo’jalik hayvonlariga ichirish uchun ishlatish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Veterinariya tibbiyotida preparatni bakterial kasalliklarini
davolash uchun qo’llaniladi. Ta’sir qiluvchi moddasi enrofloksatsindir.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan
+25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
40
41
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Enrovit 10% kukuni qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish
va davolash uchun mo’ljallangan:
- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz,
salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;
- parrandalar: surunkali respirator kasalliklar, septitsemiya, tovuq o’lati va tovuq tifi, salmonellyozlar,
stafilokokkozlar, streptokokkozlar, mikoplazmozlar, vibriozli gepatit va hokazo;
- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz,
endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;
- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas
olish yo’llarining bakterial kasalliklari;
- mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: oshqozon-ichak tizimining va nafas olish
yo’llarining bakterial kasalliklari, leptospiroz.
1 g preparat tarkibi:
Enrofloksatsin
100 mg
ENROVIT
10%
Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
«Enrovit 10%» kukuni og’iz orqali ichib yoki yem bilan aralashtirib, davolash maqsadida
sutkasiga bir marta qo’llanadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlarga sutkalik dozasi hayvonning 1 kg
tana vazniga 3-5 mg enrofloksatsin (0,3-0,5 g preparat - 10 kg uchun) hisobidan belgilanadi.
Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Parrandalarga - 100 g preparat 200 l ichimlik suvida suyultiriladi va 3 kun davomida beriladi.
Salmonellyoz holatida – 5 kungacha.
Mo’ynali hayvonlarga (norka, tulki, shimol tulkisi), itlarga sutkalik dozasi hayvonning 1 kg
tana vazniga 5 mg enrofloksatsin (0,5 g preparat - 10 kg uchun) hisobidan belgilanadi. Davolash
kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida preparatning davolash dozasining yarmisi belgilanadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Enrofloksatsin ftorxinolonlar guruhiga kiradi, mikroorganizm-
larda olma kislotasining biosintezini ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etadi, bu esa ularning
morfologik o’zgarishlarini va o’limini keltirib chiqaradi. Ushbu o’ziga xos ta’sir etish mexanizmi avvalgi
avlodlarga mansub antibiotiklarga va kimyoviy davolash vositalariga plazmidlar ishtirokidagi chidamlilik
rivojlanishi imkoniyatini yo’q qiladi.
Enrofloksatsinning gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar,
klostridiyalar va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar,
protey-lar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar,
brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Uning rahbarligi ostida preparat bilan ishlov beriladigan veterinar mutaxassis
hayvonlar va parrandalarning holatini kuzatib turishi shart.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramol, qo’ylar, quyonlar va tovuqlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi
kiritishdan keyin kamida 7 kun, cho’chqalarni 5 kun, kurkalarni 14 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi,
olingan sutni va tuxumlarni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish davolash davrida va preparatni oxirgi
kiritishdan keyin 7 sutka davomida taqiqlanadi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan
avval so’yilgan hayvonlarning go’shti, olingan sut va tuxum faqat yem maqsadlarida ishlatilishi lozim.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda
tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Enrovit-10%» kukuni - hayvonlar va parrandalarning bakterial
kasalliklarini davolash uchun vosita.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda,
+2°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
42
43
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Vetilozin 50% kukuni tovuqlarning respiratorli mikoplazmozini, kurkalarning yuqumli sinusitini
davolash uchun qo’llanadi. Cho’chqalarga dizenteriya, bakterial kelib chiqishdagi gastroenterokolitlarda,
buzoqlarga – tilozinga sezgir qo’zg’atuvchilar tufayli kelib chiqqan bronxopnevmoniyalarda davolash-
profilaktika vositasi sifatida belgilanadi.
1 g preparat tarkibi:
Tilozin tartrat
500 mg
VETILOZIN
50%
Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat ichimlik suvi bilan belgilanadi. Davolash davrida cho’chqalarga va parrandalarga
faqat antibiotikli suv beriladi. Qo’llashdan avval preparatning tavsiya etilgan dozasi kukunga
qo’shilgan ozgina suvda eritiladi, keyin esa uni ichirish me’yorigacha suv bilan suyultiriladi.
Preparatni yem bilan aralashtirib ishlatish ruxsat etiladi. Bunday aralashmani pishirish mumkin
emas.
Parrandalarning respiratorli mikoplazmozi va yuqumli sinusiti kasalliklarining profilaktikasi
uchun Vetilozin 50% kukuni 1 l suvga 1 g hisobida belgilanadi:
- ko’paytirish uchun boqiladigan parrandaga 1-5, 28-29, 56-57 va 140-141 kunlik yoshida;
- tuxum qo’yuvchi zotli sanoat boquvidagi jo’jalarga va broylerlarga 1-3 va 28 kunlik
yoshida, kurkalarga 1-3 va 28-29 kunlik yoshida.
Davolash maqsadida preparat xuddi shunday dozada jo’jalarga 3 kun, kurkalarga 5 sutka
davomida qo’llanadi.
Cho’chqalarning dizenteriyasida va gastroenterokolitlarida preparat sutkasiga ikki marta, 1
l suvga 0,5 g (yoki hayvonlarning 1 kg tana vazniga 10 mg) bir marotabalik dozasida 3-10 kun
davomida belgilanadi.
Buzoqlarga bronxopnevmoniyada davolash-profilaktika vositasi sifatida preparat suv
yoki sut bilan sutkasiga ikki marta hayvonlarning 1 kg tana vazniga 10 mg dozasida 7-14 kun
davomida individual ichiriladi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Tilozin – makrolidlar guruhidagi antibiotik modda, ko’pchilik gram-musbat va ba’zi gram-manfiy
bakteriyalar, shu jumladan streptokokklar, stafilokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, pasterellalar,
erizipelotrikslar, spiroxetalar, xlamidiyalar, treponemalar, dizenteriya va mikoplazmalarga nisbatan faol
ta’sir ko’rsatadi.
Og’iz orqali ichilganda antibiotik oshqozon-ichak tizimidan yaxshi so’riladi va organizmning amalda
barcha a’zolariga va to’qimalariga kirib o’zlashadi. O’pka, jigar, sut bezlarida va buyrakda tilozinning eng
yuqori darajasiga erishiladi. Vetilozin preparatining bir marotabalik qo’llanishidan keyin antibiotikning
terapevtik konsentratsiyasi organizmda 15-18 soat davomida saqlanadi.
Tilozin organizmdan asosan o’t bilan, kamroq miqdorda – siydik va sut bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Ayrim hollarda cho’chqachalarda teri eritemasi va qichishish kuzatilishi mumkin,
ular preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin o’tib ketadi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Tuxum qo’yadigan tovuqlarga, shuningdek penitsillinlar bilan, sefalosporinlar
yoki linkomitsin bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas, chunki bu tilozinning antibakterial ta’sirini
kamaytirishi mumkin, shuningdek preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik bo’lganda
qo’llash mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparat bilan davolangan parrandalarning tuxumlaridan oziq-ovqat
maqsadlari uchun foydalanish mumkin emas.
KUTISH DAVRI:
Buzoqlarni go’sht uchun so’yish preparatni oxirgi qo’llashdan keyin 14 kundan so’ng,
cho’chqalarni va parrandalarni – 5 kundan so’ng ruxsat etiladi.
Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlar va parrandalarning go’shti
yem-ozuqa maqsadida ishlatilishi mumkin.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparatni suv va yem bilan aralashtirish bilan shug’ullanuvchi shaxslar,
sensibilizatsiya xavfi tufayli respiratorlarda yoki doka-paxta niqoblarida ishlashi lozim.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Vetilozin 50%» hayvonlar va parrandalarning bakterial
kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 250 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda,
+5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
44
45
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Sulfaprim» yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga, qo’ylar va shimoliy bug’ularning pnevmoniyalari, kataral
bronxopnevmoniya, bronxit, laringit, angina, sepsis, nekrobakterioz kasalliklarida, parrandalarning
dispepsiya, gastroenteritlar, siydlik yo’llari yuqumli kasalliklari, salmonellyoz, pasterellyoz, respiratorli
mikoplazmoz, eymerioz kasaliklarida, va qo’zg’atuvchilari preparatning tarkibiy qismlariga sezgir bo’lgan
boshqa kasalliklarda qo’llanadi.
1 g preparat tarkibi:
Sulfamerazin
0,1 g
Trimetoprim 0,02
g
Dostları ilə paylaş: |