Iqtisodiyotda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minoti
Reja:
Samsung kompaniyasi haqida ma’lumot.
Dasturiy ta’minot
Texnik ta’minot
Samsung kampaniyasi
Eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan “Samsung”- mobil va elektronika sohasida gigant kompaniyaga aylanib ulgurgan. 1938-yilda asos solingan kompaniya mana shu davrga qadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, shuningdek, butun dunyo bozorlariga innovatsiyalarni olib kirgani holda ulkan burilishlarga sabab bo‘ldi.
Kompaniya asoschisi Li Bying-chul kompaniyaning katta ahamiyat kasb etishiga ishonardi. “Samsung” nomi ham aynan shu maqsadni o‘zida aks ettirgan. Koreys tilida “Uch yulduz” ma’nosidagi brend nomi ushbu xalq madaniyatida katta, ulkan va qudratli kabi tushunchalar ramzi sanaladi.