Presentation Template



Yüklə 1,41 Mb.
tarix26.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#198587
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat va jamoat idoralari Jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarish tizimlari.

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat va jamoat idoralari Jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarish tizimlari.

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari.

Boshqaruv uslubiyati

  • Dunyo tajribasida ilk bor jismoniy-intellektual resurslarni maqsadli rivojlantirish va ularni samarali boshqarish tizimiga O`zbekistonda asos solindi, uning amaliyotga joriy qilinishi asosida ijobiy natijalar qo`lga kiritildi. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlab mamlakatimizda jismoniyintellektual resurslarni samarali boshqarish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. «Jismoniy tarbiya va sport insonning nafaqat jismoniy, balki ma`naviy kamolotga erishishida ham ulkan omildir. U irodani toblaydi, odamni aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan engishga o`rgatadi. Inson qalbida g`alabaga ishonch, g`urur va iftixor tuyg`ularini tarbiyalaydi. Vatan, xalq shuhratini dunyoga tarannum etishda, yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida 15 tarbiyalashda sportning o`rni beqiyosdir. Sog`lom, bilimli va fidoyi farzandlari bo`lgan xalq, albatta, o`zining buyuk kelajagini barpo etadi. Shuning uchun jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta`minlash, uni rivojlantirish barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim shartidir» Jismoniy-intellektual resurslarni maqsadli rivojlantirish va ularni samarali boshqarish tizimi xalqimiz o`z oldiga qo`ygan Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi oliyjanob maqsadlarni amalga oshirish jarayoni orqali shakllantirilmoqda

Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari.

Performance Against Budget

Boshqaruv usullari

Project Planning How Was the Project Planned?

Project Planning Was the Plan the Right One?

Research & Development How Was R&D Managed?

Research & Development How Effective & Efficient Was R&D?

Project Management How Was the Project Managed?

Manufacturing

Ustunlikka intilish

Boshqaruv yo’nalishi mexanizmi

  • 1. Sport mohiyatining umumiy kontseptsiyasini, uning tuzilishi va vazifasiga xos xususiyatlarini hamda yanada rivojlantirish yo`nalishlarini ishlab chiqish. Shu o`rinda sportning mohiyatiga, uning shaxs va jamiyat hayotida tutgan o`rni hamda ahamiyatiga tavsif berish, uning manbalari va rivojlanish yo`nalishlarini ko`rib chiqish zarur. Sport faoliyatining bio- hamda ruhiy-ijtimoiy tabiatini chuqurroq, to`laroq va yaxlit holda tadqiq etib, sportni hozirgi zamon jamiyatidagi vazifalari va rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirib berish lozim. Bunda sport amaliyotining turli yo`nalish va bo`limlarida (jumladan,ommabop, professional va professional-tijorat sportida) mavjud bo`lgan asosiy ziddiyatlarni, shuningdek, ularni shaxs va jamiyat manfaatlari yo`lida bartaraf etish usullari, shart-sharoitlarini ochib berish kerak. 2. Sport bellashuvi nazariyasi muammosi, sport bellashuvining musobaqa faoliyati sifatidagi mohiyatini, uni harakatga keltiruvchi kuchlarni, samarali amalga oshirish qonuniyatlari va shart-sharoitlarini mufassal anglab etish. Musobaqa faoliyatida sabablar va shaxsiy rejalar, uni modellashtirishning tayyorlov shakllari, sport-musobaqa yuklamalarining o`z-o`zini oqlaydigan kattaliklari, shuningdek, ularni mos ravishda o`zgartirish hamda sport amaliyotining turli sharoitlarida bellashuvlar tizimining to`g`ri tuzilgan variantlari to`g`risida umumlashtiruvchi tasavvurlarni ishlab chiqish kerak. 3.Sport mashg`uloti va sport yutuqlarining boshqa omillaridan tizimli foydalanish muammolari. Bu bo`limda sport mashg`ulotining mazmuni va tuzilishi, tuzilish qonuniyatlari hamda tamoyillari, sportchini sport yutuqlariga tayyorlashning 37 jismoniy, texnik, taktik va boshqa jihatlarining nazariy-usuliy asoslari ishlab chiqiladi va batafsil yoritiladi. Sport orientatsiyasi va saralash; ko`p yillik sport tayyorgarligining optimal tuzilishi - tayyorgarlikning birinchi bosqichidan boshlab sportchini sport faoliyatining eng yuqori pillapoyalarigacha olib chiqish; bashorat qilish, rejalashtirish, nazorat hamda uni optimallashtirish bo`yicha chora-tadbirlar tizimida qo`shimcha omildan to`g`ri foydalanish muammolari o`z echimini kutib turibdi. 4. Sport fanidagi eng yirik muammolaridan biri - mashg`ulot va musobaqa faoliyati sharoitida organizm tizimlari faoliyatini o`rganish. Bugungi kunda sportdagi yutuqlarimizning rivojlanib borish yo`nalishlari shundayki, ularni yaqin o`n yilliklarga loyihalashtirish, ehtimol, eng avvalo, mashg`ulot va musobaqa vositalarining sportchi organizmiga eng maqbul tarzda ta`sir ko`rsatish yo`llari hamda vositalarini uning fiziologik, biokimyoviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniqlashdan iborat. Ushbu holat tadqiqotchilar oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi: Birinchidan: - har xil sport turlarida sportchi ish qobiliyatining o`sib borishini belgilovchi fiziologik mexanizmlarni tadqiq etish; - musobaqa va mashg`ulot faoliyati jarayonida ish qobiliyatining pasayish sabablarini hamda toliqish yuzaga kelishining fiziologik mexanizmlarini aniqlash; - ish qobiliyatini takomillashtirish jarayonini, katta yuklamalarga ko`nikish mexanizmlarini o`rganish; Ikkinchidan: - trenirovka va musobaqa faoliyatida sportchining ruhiy holati qonuniyatlarini ochib berish; - trenirovka va musobaqa faoliyati jarayonida asabiy-ruhiy hamda xissiy zo`riqish darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish; 38 - sportchi organizmining jismoniy zahiralarini aniqlash va ularga baho berish; - o`ta zo`riqib faoliyat ko`rsatish modellarida organizmdagi etakchi tizimlarning amal qilish ichki imkoniyatlarini aniqlash; - yangi, rekord darajalariga erishish maqsadida zahiradagi imkoniyatlarni yanada oshirish yo`llarini belgilash. Muammolar yig`indisidan ko`rinib turibdiki, sport nazariyasi faqat bilish, kontseptual jihatdan emas, amaliy jihatdan ham murakkab hamda ahamiyatlidir. Sportning keyingi taraqqiyoti mazkur muammolarning to`g`ri hal etilishiga bog`liq.

E’tibor uchun tashakkur.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin