O'zbekiston Respublikasi / Samarqand shahrida maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish loyihasi /Loyihani amalga oshirish guruhi
PRESS RELIZ 18 avgust 2023 y., Samarqand
2023 yil 23 avgust kuni Yoshlar markazining majlislar zalida "Maroqand Obod" DUK va loyihani amalga oshirish guruhi Samarqand shahar mahallalari rahbarlari va manfaatdor tomonlar davra suhbati o`tkazishni rejalashtirmoqda. Tadbirdan ko`zlangan maqsad, chiqindilari bilan to`g`ri muomala qilish va chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha batafsil ma`lumotlarni mahalla vakillari va manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish, jamoatchilik eshituvini amalga oshirishdir. Shuningdek, tadbir doirasida loyihaning joriy muvaffaqiyat taqdimoti, video roliklar namoyish etilishi va axborot materiallarini tarqatish amalga oshiriladi. Tadbirda ishtirok etadilar:
Rasulbek Nulkinov, "Maroqand Obod" DUK direktori, shahar sanitariya tozalash jarayoni va muammolari haqida ma'lumot, tozalikka rioya qilishning ahamiyati haqida;
Nurbek Saidov, loyihani amalga oshirish guruhi direktori, Samarqand shahrida chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish loyihasi haqida taqdimot: loyihaning maqsadlari, yutuqlari, amalga oshirilishining keyingi bosqichlari va rejalari;
Samarkand shahar hokimligi vakili
Shuningdek, mas'ul ishtirokchilar sifatida shahar hokimligi vakillari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi rahbar va inspektorlari taklif etiladi. Davra suhbati doirasida chiqindi chiqarish orqali yuzaga keladigan xatarlarni kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlar muhokama qilinadi.
Tadbir davomida chiqindilarni to`g`ri boshqarishni ommalashtirishga yordam beradigan axborot materiallari tarqatiladi.
Tadbir ishtirokchilari – mahalla raislari, manfaatdor tomonlar, shahar aholisi, Maroqand Obod DUK xodimlari, LAOG.
Aloqa ma'lumotlari:
L oyiha "Maroqand Obod" DUK loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan amalga oshirilmoqda”: LAOG jamoatchilik bilan ishlash mutaxassisi
Doniyor Yuldashev, +998.90.505.05.77, maroqand.obod@gmail.com
Yakuniy benefitsiar:
« Maroqand Оbod» DUK, maroqandobod.uz
LOYIHA HAQIDA QISQACHA MA'LUMOT: Samarqand shahridagi maishiy chiqindilarni boshqarish tizimida sezilarli yaxshilanishlar mavjud, biroq ayrim muammolar hali ham aniqlanishi mumkin: maishiy chiqindilarni yig`ish uchun yetarli miqdordagi konteynerlar, iste`molchilar tomonidan chiqindilarga nisbatan past madaniyati-aholi ko`pincha chiqindilarni noto`g`ri joylarga joylashtiradi, bu esa shaharning sanitariya holatini yomonlashtiradi.
Ushbu muammolarni hal etish va maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilishni ta'minlash maqsadida Samarqand shahrida chiqindilarni kompleks boshqarish loyihasi amalga oshirilmoqda, bu esa qattiq maishiy chiqindilarni yig`ish, olib chiqish va joylashtirish tizimini takomillashtirishga, shaharning sanitariya va ekologik holatini yaxshilashga, zararli moddalar emissiyasini atmosferaga kamaytirishga, chiqindilarni boshqarish uchun jamoatchilikni jalb qilishga qaratilgan.
Loyihani moliyalashtirish va tarkibiy qismlari haqida qisqacha ma'lumot:
Yevropa Ittifoqi granti, 8 million yevro. Texnik qo`llab-quvvatlash, axborot kampaniyasini moliyalashtirish, chiqindilarni boshqarish ob’ektlarini batafsil loyihalash va buning uchun zarur bo`lgan tadqiqotlar, poligonning biogazini olish va ulardan foydalanish tizimi, GIT uskunalari va asboblarini xarid qilish, o`qitish va salohiyatni oshirish.
Kredit Fransiya taraqqiyot agentligi 23, 53 million yevro. Qattiq maishiy chiqindilarni yig`ish va olib chiqish uchun 80 ta yangi mashina sotib olish, chiqindilarni yig`ish uchun 15 ta zamonaviy ChTP punktni qurish, yangi garaj, chiqindilarni yig`ish majmuasi va yangi poligonni qurish, eski poligonni yopish va boshqalar.
O`zbekiston Respublikasi byudjeti, 5, 64 mln. yevro.41 ta chiqindi yig`ish punktini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, maishiy chiqindilarni yig`ish uchun 135 ta yangi punktni qurish, 2 100 ta yangi konteyner xarid qilish, soliq va bojxona imtiyozlari berish.
Disklemer: ushbu tadbir loyihani amalga oshirish doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirildi. Bu yerda bosma materiallar va estalik mahsulotlarida ifodalangan qarashlar Yevropa Ittifoqining rasmiy nuqtai nazarini aks ettira olmaydi.