2017?2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi
bo'yicha harakatlar strategiyasi
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy
Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi
siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan
parlament nazoratini amalga oshirish bo'yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta'sirini
kuchaytirishga yo'naltirgan holda tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvini markazlashtirishdan
chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta'minot
darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-
bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarni amalga
oshirishda o'zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-
xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jismoniy va
yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni
taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
"Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko'rsatishning samarasi,
sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan
3 / 15
|