O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
soddalashtirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav jamg'armalarida davlat ishtirokini
kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob'ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va hududlariga
xorijiy, eng avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni
strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik sub'ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo'yicha tartib-taomill va
mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish,
davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-
xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va o'zini o'zi boshqarish
organlarining rolini oshirish.
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini
oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo'jaligi,
turizm va mehnat salohiyatidan kompleks
va samarali foydalanishni ta'minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko'llamini kengaytirish,
rivojlanish darajasi nisbatan past bo'lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va
eksport salohiyatini oshirish yo'li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini
tashkil qilish, yirik xo'jalik birlashmalarining mablag'larini, banklarning kreditlarini va
xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni
jadal rivojlantirish;
subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va xizmatlar ko'rsatish
sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy byudjetlarning daromad bazasini
kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob'ektlarini joylashtirishga qulay shart-
10 / 15
|