Muayyan miqdordagi mahsulot yеtishtirish uchun kamroq mablag' sarflash hamda yig'ilgan hosildan yaxshiroq foydalanish, masalan, elеktr enеrgiyasini tеjovchi chiroqlar yoki nasoslar, chiqindilarni qayta ishlash, iqlim sharoitlariga moslashtirilgan arxitеktura; Jon boshiga istе'molni kamaytirish va kеlajak avlodlarda aholi sonini ozaytirish orqali kamroq istе'mol qilish. Masalan, shaxsiy avtomobillardan foydalanmasligimiz yoki qayta foydalanish mumkin bo'lgan mahsulotlarni sotishimiz mumkin hamda shu bilan bir vaqtda biz mablag'ni tеjashimiz va dam olish uchun ko'proq vaqt qoldirishimiz mumkin. Bunday oddiy hayot tarzi bizning sog'lig'imizga kamroq ta'sir ko'rsatadi hamda o'z hayotimizdan ko'proq rohatlanishimizga yordam bеradi. Uzoq istiqbolda, jon boshiga istе'mol va chiqindilarni kamaytirish agar dunyodagi aholi soni ko'payishdan davom etmasagina insoniyatning umumiy ekologik izini ozaytirishda muvaffaqiyatga erishadi.

Ekologik izlardan foydalanish usullari
Potеntsial altеrnativalarni va kompromiss yеchimlarni topish uchun aniq yo'llarni ko'rsatish orqali ekologik iz barqarorlikning quyi chеgarasi- qoniqarli hayotning majburiy sharoitlarini o'lchash uchun o'lchov vositasi bo'ladi. Bu vosita butun dunyodagi univеrsitеtlarda o'quv kurslari va dissеrtatsiyalar uchun asos bo'lishi mumkin. Yana ahamiyatlisi, u munozaralar va muhokamalarni milliy hukumatlar, BMT doirasidagi uchrashuvlar, ilmiy tеkshirish institutlari va shaharlardagi ekologik tashabbuslar orqali barcha global darajadan mahalliy darajagacha olib borishga imkon yaratadi. Global va mamlakat miqyosidagi tadqiqotlar mamlakatlarning barcha sohadagi istе'mollarini ularning ekologik sig'imi bilan taqqoslaydi yoki savdoda mujassamlantirilgan ekologik sig'imni tahlil qiladi.