Fanning vazifasi bu bilimlar sohasida magistrlarni tayyorlash, shuningdek, matbaachilikdagi amaldagi standartlarning nomenklaturasi va tuzilmasi bilan, chiqarilayotgan mahsulotlarning ilmiy-asoslangan sifat ko‘rsatkichlarini belgilash tamoyil va uslublari, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish va sifatni boshqarishda standartlashtirishdan foydalanish uslublari bilan tanishtirishdan iborat. Kursni o‘rganish talabalarga o‘qish jarayonida texnologik jarayonlarni tanlashga, to‘g‘ri yondashishga, qabul qilinadigan qarorlarni asoslashga va texnologik jarayonlar hamda mahsulot sifati o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni belgilashga yordam beradi.
Ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini magistrlik dissertasiyasini bajarish bilan real sharoitga qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdir.Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Magistr:
standartlash sifatini boshqarishdagi davlat bayonnomalari, me’yoriy hujjatlari;
broshyuralash-muqovalash ishlab chiqarishi mahsulotlari kvalimetriyasi;
broshyuralash-muqovalash jarayonlari mahsulotlari sifatining tavsifnomalari va xossalari nomenklaturasinibilishi va ulardan foydalana olishni bilishi kerak.