O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanishi
1923 yili Toshkentda Turkiston o‘lchov va og‘irliklar markaziy byurosining yaratilishi O‘zbekistonda o‘lchovlar sohasida standartlashtirishni tashkil qilishning boshlanishi bo‘ldi. Byuroning vazifasi metrik o‘lchov tizimlarini joriy qilish edi. Keyinroq byuro O‘lchov va og‘irliklar palatasiga aylantirildi.
Toshkentda Sirdaryo palatasi (Toshkent shahriga, Sirdaryo viloyatiga xizmat ko‘rsatish);
Samarqandda Samarqand palatasi (Samarqand va Amudaryo viloyatlari);
Qo‘qonda Farg‘ona palatasi (Farg‘ona viloyati);
Poltoratsk (Ashxobod shahrining oldingi nomi) shahrida Turkman palatasi (Turkman viloyati);
Olma-ota shahrida Jetisuy palatasi (Jetisuy viloyati).
Bu palatalar keyinchalik standartlashtirish va metrologiya davlat xizmatlari- davlat nazorat laboratoriyalari (DNL) ning yaratilishida asos bo‘ldi.
1926 yili iyunda O‘zbekiston ishchi-dehqon Inspeksiyasi Komisariati qoshida standartlashtirish bo‘yicha byuro tashkil qilindi. Uning asosiy vazifasi standartlashtirishni boshqarish bo‘yicha respublika organini yaratish takliflarini ishlab chiqish edi.
1930 yili martda Xalq Komissarlari Soveti (XKS) O‘zbekiston SSR XKS qoshida standartlashtirish bo‘yicha qo‘mitani tashkil qildi.
Standartlashtirish bo‘yicha o‘zbek qo‘mitasi standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, o‘lchov va nazorat qurilmalari ishonchliligini nazorat qilish hamda vaqt belbog‘idan foydalanish to‘g‘riligini nazorat qilish ishlarini boshqargan. Qo‘mita qoshida mahsulot sifati bo‘yicha Davlat ekspertiza byurosi faoliyat ko‘rsatgan. 1933 yili Byuroning vazifalari mahsulot sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasiga yuklatilgan.
Respublikada standartlashtirish bo‘yicha ishlar sohalarning taklifi bo‘yicha tuzilgan va standartlashtirish bo‘yicha qo‘mita tomonidan tasdiqlangan yillik rejalar bo‘yicha bajarilgan. Rejada quyidagi bo‘limlar mavjud edi:
1) standartlarni ishlab chiqish va uni standrtlashtirish bo‘yicha Butunittifoq qo‘mitasiga tasdiqlash uchun kiritish;
2) standartlarni ishlab chiqarishga joriy qilish;
3) standartlarning joriy qilinishi va ularga amalsh qilinishini nazorat qilish.
Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mita organlari standartlarning joriy qilinishi va ularga amal qilinishi, meva tozalash, yog‘ chiqarish, paxta tozalash, konserva va non zavodlari, pila chuvish, tikuv va poyafzal fabrikalari, don omborlari, elevatorlar, qassobxona, g‘isht zavodlarida mahsulot sifatini doimiy nazorat qilganlar. Qo‘mita, shuningdek, respublikaga xos bo‘lgan mahsulotlar uchun respublika standartlarini (O‘zRST) tasdiqlagan.
Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mitaning qarorlari barcha xalq komissariatlari va respublika idoralari uchun majburiy bo‘lgan.
Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mitaning huquq va majburiyatlari kengayib borgan.
1931 yili martda O‘lchov va vaznlar o‘zbek palatasi qisqartirildi, uning vazifalari qo‘mitaga o‘tkazildi. Mahalliy palatalar standartlashtirish bo‘yicha mahalliy byurolarga aylantirildi.
1964 yil Toshkent DNL bazasida standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha respublika uslubiy markazi – standart va o‘lchov vositalari davlat nazorati bo‘yicha o‘zbek respublika laboratoriyasi (DNO‘zRL) tashkil qilindi. Keyinroq DNO‘zRL Standartlashtirish va metrologiya o‘zbek markazi (SMO‘zM) tashkil qilindi.
Qoraqalpog‘iston poytaxtida, barcha viloyat markazlari va Qo‘qon hamda CHirchiq shaharlarida davlat nazorat laboratoriyalari, keyinroq standartlashtirish va metrologiya markazlari (SMM) tashkil qilindi.
1973 yil Ministrlar Soveti qoshidagi Vakolatli Qo‘mita apparati SSSR Gosstandart o‘zbek respublik boshqarmasiga aylantirildi.
Mustaqillikka erishilgandan keyin qisqa vaqt ichida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beridigan va o‘tish davrini hisobga oladigan standartlashtirish bo‘yicha davlat tizimini yaratish zarurati yuzaga keldi. Buning uchun, birinchi navbatda, tashkiliy masalalarni hal qilish talab etildi.
1992 yil martda Vazirlar Maxkamasi tomonidan №93 «O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.
Qarorda ko‘rsatilishicha, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash milliy respublika tizimini yaratish zarurati, shuningdek, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida xo‘jalik, savdo, ilmiy-texnik va boshqa munosabatlarni saqlash, jahon davlatlari Bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilishi ko‘zda tutildi.
Respublika xududida joylashgan sobiq SSSR Gosstandarti tashkilotlari potensiali asosida Vazirlar Maxkamasi qoshida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash davlat markazi (O‘zdavstandart) tashkil qilindi va unga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash masalalari bo‘yicha milliy organvazifalari yuklandi.
1993-1997 yillarda O‘zbekistonda standartlashtirish va mahsulot sifati sohalarida qonunchilik shakllantirildi: «Standartlashtirish to‘g‘risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida», «Metrologiya to‘g‘risida», «Iste’molchilar huquqlarini himoya qlish to‘g‘risida», «Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risida», «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida» qonunlari qabul qilindi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida 2000 va 2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Standartlashtirish to‘g‘risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida», «Metrologiya to‘g‘risida» qonunlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
«Standartlashtirish to‘g‘risida» va «Ta’lim to‘g‘risida» qonunlariga muvofiq 1994 yil 12 avgustda ;zbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasining №410 «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» va 1998 yil 5 yanvarda №5 «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va kiritish to‘g‘risida» qarorlari qabul qilindi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashni takomillashtirish, xalqaro standartlarni keng qo‘llash asosida mahsulotning sifat va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida 2002 yil 3 oktyabrda Vazirlar Maxkamasining №342 «Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.
O‘zdavstandart Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash o‘zbek agentligi (O‘zstandart agentligi) ga aylantirildi. O‘zdavstandart xududiy organlari bazasida Standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) va Sinov va sertifikatlash markazlari (SSM) yaratildi. Respublika SSM, Toshkent viloyati SMB va SSM yaratildi. Agentlik devonida standartlashtirish va davlat nazorati, muvofiqlikni tasdiqlash texnik siyosati, metrologiya, akkreditatsiya va inspeksiya nazorati, moliyaviy-iqtisodiy sohalarda boshqarmalar tashkil qilindi.
UzIIPK tomonidan ishlab chiqilgan 200 dan ortiq asos bo‘lib xizmat qiluvchi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi va joriy qilindi. Ular O‘zDST, GSI Uz, ISS Uz, ESKK, TESI, SA Uz, SIP Uz, SK Uz va boshqalar doirasida faoliyatning deyarli barcha turlari bo‘yicha ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Shu tarzda, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash, sifatni ta’minlashning me’yoriy-huquqiy ta’minoti tugallandi. Hozirgi vaqtda qo‘llash amaliyoti va bozor munosabatlarining chuqurlashuvini hisobga olib asoso bo‘lib xizmat qiluvchi me’yoriy hujjatlar fondini dolzarblashtirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning barcha sohalari mahsulotlari (xizmatlari, ishlari, jarayonlari) uchun respublika me’yoriy hujjatlari davlat fondini to‘ldirish davom etmoqda.
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, standartlashtirish bo‘yicha asos tashkilotlar, boshq korxona va tashkilotlar tomonidan to‘rt mingdan ortiq respublika me’yoriy hujjatlari ishlab chiqildi. Paxta xom ashyosi, paxta tolasi, quyma oltin va kumush, poyafzal, kiyim hudjjatlari shular jumlasidan. Elektrotexnik maqsadlar uchun miss, gidrotaqsimlagichlar, gidrotsilindrlar, issiqlik almashinuvli kojux trubkali apparatlar, yog‘ochni qayta ishlovchi dastgohlar, paxta tozalash uskunalari, kompressorlar, ventilyatorlar, yuk ko‘tarish kranlari, gaz kondensatlari, tabiiy gazlar, motor moylari, plastik moylash materiallari uchun texnikaviy shartlar tasdiqlandi.
Xizmat ko‘rsatish, turistik-ekskursiya xizmat ko‘rsatish sohasida mehmonxonalarning sinflanishi sohalariga tegishli asosiy holat, atama va tushunchalarni belgilovchi O‘zbekiston Davlat Standartlari tasdiqlandi.
Respublikani Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga tayyorlash ishlari boshlandi: xalqaro standartlarni qo‘llash, mahalliy va horijiy standartlarning maqomini yaqinlashtirish, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va qo‘llash, xalqaro savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish jarayonlarini huquqiy ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu maqsadlarda standartlashtirish xalqaro amaliyotini hisobga olib 2010 yilgacha O‘zDST ni takomillashtirish bo‘yicha Konsepsiya (tamoyil) va Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Konsepsiyani amalga oshirish asnosida «Savdoda texnik chora-tadbirlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi «O‘zDST. Texnikaviy reglament. Asosiy hoatlar» davlat standarti ishlab chiqildi. ISO/MEK 21:1999 «Xalqaro standartlarni xududiy va milliy standartlar sifatida qabul qilish» xalqaro standarti qabul qilindi va O‘zbekiston Davlat Standartiga qayta rasmiylashtirildi.
O‘zDST asos bo‘lib xizmat qiluvchi standartlariga standartlashtirish xalqaro amaliyotiga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |