Problem solving – 1



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix06.02.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#83204
1   2   3   4   5
ilovepdf merged

Problem solving – 2 
1. Bolalar bog’chasidagi o’g’il bolalarga 1 dan boshlab toq sonlar, qizlarga esa 2 
dan boshlab juft sonlar berildi. Qizlarga berilgan oxirgi raqam 72 va o’g’il bolalar 
soni qizlardan 2 marta ko’p ekanligi ma’lum bo’lsa, bolalarga berilgan barcha 
sonlar yig’indisini toping. 
A) 4 900 
B) 5 329 
C) 4 761 
D) 5 184 
2. Shohruz akasi Muhammadjonga berish uchun 10 ta olma, 8 ta nok va 12 ta anor 
sotib oldi. Uyga qaytayotib och qolganini his qildi va 4 ta mevani yeb qo’ydi. 
Qolgan mevalarini uyiga kelib akasiga berdi. Akasidagi mevalar haqidagi 
quyidagilardan qaysi biri to’g’ri bo’lishi mumkin? 
A) Muhammadjonda 5 ta olma bor. 
B) Muhammadjondagi anorlar soni noklardan kam. 
C) Muhammadjonda har bir mevadan bir xil miqdorda bor. 
D) Muhammadjonda 2 xil mevadan teng miqdora bor.
3. Rasmdagi “Omad” g’ildiragi 2 marta aylantiriladi.Birinchisida olingan raqam A, 
ikkinchisida olingan raqam B bo’lsa, A+B ning qiymati kamida 25 bo’lishi uchun 
nechta turli (A,B) juftliklar mavjud? 
A) 58
B) 32
C) 40
D) 22
4. Kamronning “Mantiq” kitobidan o’qigan sahifalari soni 2 xonali son. Agar 
o’qigan sahifalar sonidagi birlar raqamini 3 ga orttirib, o’nlar raqamini 4 ga 
kamaytirilsa, u kitobni hali o’qilmagan sahifalari soni kelib chiqadi. Shunga ko’ra, 
Kamronning kitobdan o’qilgan va o’qilmagan sahifalari soni orasidagi farqni 
toping. 
A) 43
B) 34
C) 37
D) 26
5. Quyida bir nechta gemetrik shakllardan uyning modeli yasalgan: 


Muhammadjon undagi har qanday qo’shni shakllarini har xil rangga bo’yamoqchi. 
Shunga ko’ra, u eng kamida nechta rangdan foydalanishi mumkin? 
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
6. 3 xonali sonni 999 ga ko’paytmasini hisoblashning qulay usuli quyidagicha: 
• Dastlab berilgan sondan 1 ayriladi. 
• Keyin hosil bo’lgan son 999 dan ayriladi. 
• So’ngra hosil qilingan natijalar yonma-yon yoziladi. 
Masalan, 175 ∙ 999 = 174 825 , 
175 – 1 = 174 ; 999 – 174 = 825 . 
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalangan holda, AAB sonining 999 ga ko’paytmasi 
AAACCC ekanligi ma’lum bo’lsa, B + C ning qiymatini toping. 
A) 9
B) 10
C) 12
C) 8
7. Quyidagi jismning XY suvga nisbatan tasvirini toping. 
8. Alpinistlar tog’da 2, 3 va 5 kishilik chodirlarga joylashdilar. 2 kishilik 
chodirlardagi alpinistlar soni 3 kishilik chodirlardagi alpinistlar sonidan 3 marta 
ko’p. 5 kishilik chodirdagi alpinistlar soni jami alpinistlarning chorak qismiga 
teng. Agar tog’da 2 kishilik chodirda bo’lmaganlar soni 42 nafarni tashkil etsa, 3 
kishilik chodirda nechta alpinist joylashgan? 
A) 12
B) 15
C) 18
D) 21


9. Quyidagi 3
×3 katakchalarga 2 dan 10 gacha sonlar shunday yozilganki, har bir 
ustun, satr va dioganaldagi sonlar yig’indisi o’zaro teng.
Shunga ko’ra, qora rangli katakchadagi sonlar yig’indisini kulrang rangli 
katakchadagi songa nisbatini toping. 
A)
2
3
B) 2
C) 1
D)
3
2
10. Bir xil turdagi 4 ta sariq, 2 ta qizil va 5 ta ko’k qalamni bir qatorga yonma-yon 
necha xil usulda joylash mumkin? 
A) 1 200
B) 40
C) 6 930 
D) 5 768
11. 
Yuqoridagi katakchalarga 5 ta natural sonlar quyidagi qoidalar bo’yicha yozilgan: 
• Katakchalardagi sonlar chapdan o’ngga o’sish tartibida joylashtirilgan.
• Chapdan o’ngga yozilgan sonlar mos ravishda 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo’linadi. 
• O’ngdan chapga yozilgan sonlar mos ravishda 8, 7, 10, 9 va 11 ga bo’linadi. 
• Hech qaysi 2 ta juft son yonma-yon joylashmaydi. 
Bunga ko’ra, bo’yalgan katakchalardagi sonlar yig’indisining eng kichik qiymati 
nechaga teng bo’lishi mumkin? 
A) 250 
B) 252 
C) 254
D) 256
12. Quyidagi 4
×4 kvadratni 3 ta kvadratlardan iborat bo’yalgan shakl bilan 
qoplash uchun eng ko’pi bilan nechta bo’yalgan shakldan foydalanish mumkin? 
(bu yerda bo’yalgan shakllarning qismlari ustma-ust tushishi va 4×4 kvadrat 
sohadan chiqib ketishi mumkin emas) 


A) 4 ta
B) 5 ta
C) 6 ta 
D) 7 ta
13. Ertaga eng yaqin do’stimning tug’ilgan kuni va men unga kitob sovg’a 
qilmoqchiman. U umuman she’riyatga qiziqmaydi va kitoblarni ilk nashr etilgan 
yiliga judayam e’tiborli. Shuningdek, eskiroq yillarda yozilgan kitoblarni xush 
ko’radi. Men sovg’a uchum maximum 60$ ajratishim mumkin. Ayni paytda 
kitoblar ham chegirmalar asosida sotilyotgan ekan. 
Kitob nomi 
Ilk nashr etilgan yili Janri 
Narxi Chegirma 
Don Quixote 
1 605-yil 
Roman 
80 $ 10 % 
War and Peace 
1 869-yil 
Tarixiy roman 
75 $ 
15 % 
Hamlet 
1 870-yil 
Tragediya 
68 $ 
8 % 
The Odyssey 
1 614-yil 
She’riyat 
70 $ 
8 % 
Pride and Prejudice 
1 813-yil 
Klassik roman 
65 $ 
8 % 
To the Lighthouse 
1 927-yil 
Modernizm 
60 $ 
yo'q 
Heart of Darkness 
1 899-yil 
Roman 
72 $ 
11 % 
Milk and honey 
2 014-yil 
She’riyat 
66 $ 
yo'q 
Yuqoridagi jadvalda berilgan ma’lumotlardan va do’stimning xohishlaridan kelib 
chiqqan holda, qaysi kitobni sotib olishim kerak? 
A) War and Peace
B) To the Lighthouse 
C) Heart of Darkness 
D) Pride and Prejudice
14. Xudoyberdi qo’lidagi gugurt cho’plaridan quyidagicha 7 ta kvadrat hosil qildi:
Shunga ko’ra, yuqoridagi shakldan eng kamida nechta gugurt cho’pi olinsa, 
shaklda hech qanday kvadrat qolmaydi? 
A) 4
B) 5
C) 3
D) 6
15. MirAziz quyidagi kalkulatorga toq son kiritib “+” tugmasini bosganida, 
ekranda shu kiritilgan toq sondan boshlab 4 ta ketma-ket toq sonlar yig’indisini 
chiqardi. MirAziz juft toq son o’rniga juft son kiritib “+” tugmasini bosganida, 


ekranda shu kiritilgan juft sondan boshlab 3 ta ketma-ket juft sonlar yig’indisini 
chiqardi. Masalan, 3 ni kiritib “+” tugmasi bosilgandan keyin ekranda 3 + 5 + 7 + 
9 = 24 chiqdi, yana “+” tugmasini bosganda esa 24 + 26 + 28 = 78.
Agar MirAziz kalkulatordan qaysidir sonni bosib 2 marotaba “+” tugmasini 
bosganida 126 raqami hosil bo’lganligi ma’lum bo’lsa, u dastlab qaysi sonni 
kiritgan? 
A) 6
B) 8
C) 5
D) 7
16. 20 kishi qatnashayotgan shaxmat turnirida har bir ishtirokchi o’z raqibi bilan 1 
ta o’yin o’ynaydi. Turnir qoidasiga ko’ra 2 marta yutkazgan ishtirokchi turnirni 
tark etadi. Shunga ko’ra, chempionni aniqlash uchun kamida nechta o’yin 
o’tkazilishi kerak?
A) 210 
B) 80
C) 40
D) 38
17. O’yinchoq Teddyni 2015-2020- yillar oralig’idagi sotuv jarayoni quyidagicha 
jadvalda aks ettiriladi: 
Yil 
Narxi 
Sotuv miqdori 
Chegirmalari 
2015 
10 $ 
50 000 ta 
Har 10 000 tada 10% 
2016 
20 $ 
40 000 ta
Har 15 000 tada 15% 
2017 
30 $ 
30 000 ta 
Har 20 000 tada 25% 
2018 
40 $ 
30 000 ta
Har 10 000 tada 8% 
2019 
50 $ 
30 000 ta
Har 12 000 tada 12% 
2020 
60 $ 
35 000 ta
Har 25 000 tada 30% 
Shunga ko’ra, 2019-yildagi umumiy daromad 2017-yildagi daromadga nisbatan 
qancha ko’p? 
A) 560 000 $ 
B) 600 000 $ 
C) 606 000 $ 
D) 612 000 $ 
18. Anvar, Bekzod, Sarvar , Donyor, Erkin va Farrux ko’rsatilgan tartibda aylana 
yasab o’tirishgan holatda o’yin o’ynashmoqda. O’yinni boshlagan bola o’rnidan 
turib ismini aytadi va o’tiradi. So’ngra undan soat strelkasi bo’yicha 5-o’rinda 
o’tirgan bola o’yinni davom ettiradi va shu tartib oxirigacha saqlanadi. Masalan, 
o’yinni Donyor boshlasa, keyin Sarvar, so’ngra Bekzod va hokazo… 


Agar Anvar o’yinni 1-bo’lib boshlab bersa, 703-navbatda kim bo’ladi? 
A) Anvar
B) Bekzod
C) Sarvar
D) Donyor 
19. A, B, C moddalardan 2 , 3 va 4 ga teskari proportsional nisbatda aralashtirildi. 
Hosil bo’lgan aralashma 39 kg. Agar aralashmaga yana C moddadan 3 kg 
qo’shilsa, aralashma tarkibida A, B, C moddalar qanday nisbatda bo’ladi? 
A) 3: 2: 1
B) 2: 3: 2
C) 3: 2: 2
D) 3: 2: 4
20. Zavodda bir xil unumdorlikda ishlaydigan 24 nafar ishchi kuniga 4 soatdan 
ishlab, 10 kunda 150 t mahsulot ishlab chiqaradi. 25 kunda 125 t mahsulot ishlab 
chiqarish uchun zavodda shu unumdorlik bilan ishlaydigan 8 nafar ishchi kuniga 
necha soatdan ishlashi kerak? 
A) 4 soat
B) 3 soat
C) 5 soat 
D) 2 soat
21.Quyida diametrlari 16 sm va 6 sm bo’lgan doiralar rasmdagidek joylashtirilgan:
Agar x uzunlik 150 sm dan kichik ekanligi ma’lum bo’lsa, jami doiralar soni eng 
ko’pi bilan nechaga teng bo’lishi mumkin? 
A) 24
B) 28
C) 32
D) 29
22. 3 ta sportchi o’rtasida 100 m ga yugurish bo’yicha musobaqada 1-sportchi 
marraga yetib kelganida 2-sportchiga marraga yetish uchun 25 m, 3-sportchiga esa 
40 m qoldi. Shunga ko’ra, 2-sportchi marraga yetib kelganida 3-sportchi marraga 
kelishi uchun yana qancha masofa bosib o’tishi kerak? 
A) 20 m 
B) 15 m
C) 18 m
D) 25 m


23. 
- ushbu bog’lanish y dan kichik x ga karrali sonlar miqdorini ifodalash 
uchun qo’llanilsin, masalan: 13 dan kichik 2 ga karrali sonlar: 12, 10, 8, 6, 4, 2; 
ya’ni 6 ta : 
.
Shunga ko’ra, 
shartni qanotlantiradigan A sonning eng 
katta qiymatini toping.
A) 53
B) 54
C) 36
D) 37 
24. 30 ta savoldan iborat imtihonda har bir to’g’ri javob uchun 8 ball beriladi va 
har bir noto’g’ri javob uchun 2 ball chegiriladi. Agar, Anvar shu imtihondan 180 
ball to’plagan bo’lsa, nechta savolga noto’g’ri javob bergan? 
A) 5 ta
B) 7 ta
C) 8 ta
D) 6 ta



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin