Problems and scientific solutions 2023 Australia, Melbourne


PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS



Yüklə 361,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü361,83 Kb.
#168978
1   2   3   4
188-191

PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS
 

2023 Australia, Melbourne 
189 
sinfdan tashqari ishlarda ham foydalaniladi. Masalan, o'quvchilarning uy vazifasini 
bajarishida ularga tafovutlab yondashish imkoniyatlari mavjud. O'quvchilarga 
muayyan mavzular bo'yicha kuzatish va tajribalar o'tkazish, ma’ruza va referatlar va 
turli mavzularda o'tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular 
jumlasidandir. Ta’lim-tarbiya jarayonida darsda o'rganiladigan mavzuning mazmuni 
e’tiborga olingan holda darsda o'quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashi, 
o'quv bahslar tashkil etish, aqliy hujum, didaktik o'yinlar, taqdimot, o'z-o'zini 
baholash, tashrif kabilardan foydalanish, masala va mashqlar yechishni yo'lga 
qo'yish o'qituvchining diqqat markazida bo'lmog'i lozim. O'quvchilarning bilish 
faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: • 
darsda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni hal etish yo'llarini belgilash; • 
o'quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish; 
• kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo'llarini 
loyihalash, mustaqil ishlami tashkil etish; • o'rganilayotgan obyektni awal 
o'rganilgan obyektlar bilan taqqoslash; • natijalarni loyihalash va uning maqsadga 
muvofiqligini tekshirish; • natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o'zgartirishlar 
kiritish. Biologiyani o'qitishda hamkorlikda o'qitish texnologiyasining barcha 
metodlaridan, modulli ta’lim texnologiyasining o'quvchilarning kichik guruhlarda 
ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlaridan foydalanish shular jumlasiga kiradi. 
Hamkorlikda o'qitishning kichik guruhlarda o'qitish metodida yalpi o'qitish kichik 
guruhlar bilan, «arra» metodida esa, o'quvchilami awal individual tarzda, so'ngra 
kichik guruhlarda o'qitish uyg'unlashtiriladi. Biologiya darslarida o'rganilayotgan 
mavzuning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda 
o'quvchilarning bilish faoliyati individual, kichik guruhlarda va yalpi holda tashkil 
etish shakllaridan o'z o'rnida va samaraii foydalanish tavsiya etiladi. Shunday qilib, 
o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, mazkur faoliyatni 
maqsadga muvofiq tashkil etish, uni loyihalash, maqsadni amalga oshirish yo'llarini 
belgilash, olingan natijani tahlil qilish va baholash bosqichlaridan iborat bo'ladi. 
Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonida o'z hukmronligini saqlab kelayotgan 



Yüklə 361,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin