Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19
th
April, 2023
ISSN: 2835-3730
Website: econferenceseries.com
2 | P a g e
Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistondagi iqtisodiy muammolarga butunlay
barxam berish uchun eng to’gri yo’l deb “Bozor iqtisodiyoti”ni tanladi va butun
jaxon tan olgan taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni ishlab chiqdi. Ushbu model
bo’yicha O’zbekiston yangi iqtisodiy tizimga “shok terapiyasi” yani birdaniga o’tish
bilan emas balki bosqichma-bosqich o’tishi edi. O’zbek modelining besh bosqichi
mavjut bo’lib bunda iqtisodiyotda davlat bosh islohotchi ro’lida edi. Bu tizim ishga
tushirilib tajribaga tadbiq qilionishi bilan O’zbekistonda iqtisodiy muammolar vaqt
o’tishi bilan hal qilina boshladi. Eng muhimi butun jaxon oldida O’zbekiston 1997-
yilga kelib qayt qilgan natijasi bozor iqtisodiyotini tanlab adashmaganini isbotladi.
Ushbu model asosida hozirgi ishlab chiqarilayotgan yangi iqtisodiy rivojlannish
tizimlari ham o’z samarasini berib kelmoqda lekin aynan hozirgi kunga kelib
iqtisodiy muammolarni to’laqinli hal eta oldik deya olmaymiz. Chunki hozirgi
rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixiga nazar tashlasak ular
o’zidagi iqtisodiy muammolar va iqtisodiy o’sish darajasini sekinligini raqobat
muhiti past ekanligida va ko’plab korxonalar tobora monopollashib borayotgani
hamda ishlab chiqarish tarmoqlari faqat bir kompaniya qo’liga o’tayotganligini bilib
bunga barxam beradi va korxonalarni maydalashtirish siyosatini qo’llay boshlaydi
va natijada ulkan raqobat maydonini yaratishi hamda uni rivojlantirishi bilan hozirgi
iqtisodiy yutuqlarga bir fundament quyadi deyishimiz mumkin. Hozirgi kunda
O’zbekistonda ham monopoliyani qisqartirish va raqobat muhitini rivojlantirish
uchun qator farmon va qarorlar ishlab chiqilmoqda, bu bilan mamlakatimiz
hududidagi iqtisodiy muammolar tizimli yechilmoqda deya olamiz. Yirik korxonalar
ma’lum darajada bizga foyda keltirmoqda masalan ko’plab odamlar ish bilan
ta’minlanishi va yangi maxsulotlar ishlab chiqilsa keng miqyosda ishlab chiqarilishi
kabiladir. Lekin raqobat yo’q joyda rivojlanish ham iqtisodiy o’sish ham bo’lmaydi.