Programmalash asoslari fanidan mustaqil ta’lim Reja



Yüklə 287,91 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü287,91 Kb.
#174671
1   2   3   4   5   6
Programmalash asoslari fanidan mustaqil ta

Visual Studio 2005. Visual Studio 2005 (kodli nomi Whidbey, ichki versiyasi 8.0) – 2005-yil oktabrning oxirida ishlab chiqarilgan (.NET Framework 2.0 ni qo’llaydi). Windows 2000 da ishlatiladigan eng so’nggi rasmiy versiya. 2005-yil noyabr boshlarida ham bir qancha seriyadagi mahsulotlarni Express tahririda ishlab chiqildi: Visual C++ 2005 Express, Visual Studio Basic 2005 Epress, Visual C# 2005 Express va boshqalar. 2006-yil 19-aprelda Express tahriri bepul qilib belgilandi. VS2005 Service Pack 1 uchun va barcha Express tahriri 2006-yilning 14-dekabrida chiqarilgan. Windows Vista bilan birgalikda muammolarni hal qiladigan, SP1 uchun qo’shimcha patch 2007-yilning 6-martida ishlab chiqarilgan.

Visual Studio 2008. Visual Studio 2008 (kodli nomi Orcas, ichki versiyasi 9.0) – 2007-yil 19-noyabrda, bir vaqtning o’zida .NET Framework 3.5 bilan birgalikda ishlab chiqarilgan. Windows Vista OSi, Microsoft Office 2007 va web-ilovalarga ilovalar yaratish uchun mo’ljallangan (XP bilan birgalikda). LINQni qo’llagan holda C# va Visual Basic tillarining yangi versiyalari ishlatilgan. J# Visual Studioga kiritilmadi. 2008-yilning 28-oktabrida birinchi marta versiyaga rus tili kiritildi.




Visual Studio 2010. Visual Studio 2010 (kodli nomi Hawaii, Ultimate uchun – Rosario, ichki versiya 10.0) - .NET Framework 4.0 bilan birgalikda 2010-yil 12-aprelda yaratilgan. Visual Studio C# 4.0 va Visual Basic .NET 10.0 ni, oldingi versiyalarida yo’q bo’lgan F# tilini qo’llaydi.


Visual Studio 2012. Visual Studio 2012 - bu versiya ham 2010 yildagi tahrirdan tarqalgan, Visual Studio 2012 Expressga qilingan o’zgarishlar – barcha dasturlash tillari o’rnatildi, oldindan mavjud bo’lganlariga (Visual Basic 2010 Express va Visual C# 2010 Expresslarga) alohida paket sifatida beshta muhim versiya: Visual Studio Express 2012 Web, Visual Studio Express 2012 Windows 8, Visual Studio Express 2012 Windows Desktop, Visual Studio Express 2012 Windows Phone va Visual Studio Express Team Foundation Server Express 2012 lar qo’shildi. Bu versiyalarning har biri alohida ilova sifatida tarqatiladi. Visual Studio Express 2012 Windows 8 Windows Store uchun Modern-interfeysidagi ilovalarga ishlov berishga imkonbersa, Visual Studio Express 2012 Windows Desktop esa Ishchi Stol uchun ilovalarga “klassik” ishlov berishga imkon beradi. Visual Studio 2012 yordami bilan C++ da faqat Windows 7 SP1 va Windows 8 lar uchun ilovalarga ishlov berish mumkin. Buni to’g’rilash uchun, ilovani kompilyatsiya qilishda Windows XP uchun ishga yuritish kerak.



Yüklə 287,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin