Programmalash asoslari fanidan mustaqil ta’lim Reja


Visual Studio 2013. Visual Studio 2013



Yüklə 287,91 Kb.
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü287,91 Kb.
#174671
1   2   3   4   5   6
Programmalash asoslari fanidan mustaqil ta

Visual Studio 2013. Visual Studio 2013 2013-yil 17-oktbrda .NET 4.5.1 bilan birgalikda ishga tushirilgan. Biz ushbu kitobda ushbu verisya yordamida kerakli ilovalarni yaratishni ko’rib chiqamiz va uning imkoniyatlari haqida to’liqroq keyin to’xtalamiz.


Visual Studio 2015. 2014-yilning 12-noyabrida mahsulotning qat’iy varianti sifatida “Visual Studio 2015” ni qabul qildi. Visual Studio 2015 uch tahrirni taqdim etdi: bepul hisoblangan Community Edition – barcha Express versiyalari, pullik hisoblangan kichik loyihalar yaratish uchun Professional Edition hamda katta loyihalar uchun Enterprise Edition. Birinchi CTP 2014-yilning 2-iyunida ishlab chiqilgan, keyinroq 2015-yilning 29-aprelida Release Candidate ishlab chiqildi.
Yuqorida biz Visual Studioning bir qancha verisyalarini ko’rib o’tdik va e’tibor berdikki, ularning har biri qandaydir OSning turlariga bog’liq ravishda ishalaydi. Shunday ekan, eng avvalo, siz ulardan qay birini tanlashingiz, kompyuteringizning OSiga, uning ichki qurilmalarining xotirasiga bog’liq bo’ladi. Siz bu versiyalarni Microsoftning sayti bo’lmish www.microsoft.com dan uning litsenziyalangan versiyasini ko’chirib olishingiz mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, ba’zi saytlarda uning noqonuniy versiyalari (“qaroqchi versiyalar”) ham uchrab turadi. Bu paketlar to’liq holda bo’lmaydi, balki ishlashida ham muammolari bo’lishi mumkin. Shuning uchun faqatgina rasmiy nusxasidan foydalangan ma’qul.


Dasturiy ta’minotni loyihalash bosqichlari 



  1. SDLC (Software development life cycle)

SDLC - dasturiy ta’minotni yaratish uchun tizimli jarayon bo‘lib, u yaratilgan dasturiy ta’minotning sifati va to‘g‘riligini ta’minlaydi. SDLCning maqsadi mijozlar talablariga javob beradigan yuqori sifatli dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishga qaratilgan. Tizimni ishlab chiqish oldindan belgilangan vaqt va belgilangan narx doirasida tugallanishi kerak. SDLC batafsil rejadan iborat hisoblanadi, u aniq dasturiy ta’minotni rejalashtirish, yaratish va saqlashni tushuntiradi. SDLC hayotiy siklining har bir bosqichi o‘z jarayoni va keyingi bosqichga o‘tadigan natijalarga ega bo‘ladi.



  1. SDLC ahamiyati

SDLC dasturiy ta’minot tizimini ishlab chiqish uchun muhim bo‘lgan asosiy sabablar quyidagilardan iborat.
•SDLC loyihani rejalashtirish va baholash uchun asosni beradi •Standart faoliyat va natijalar to‘plami uchun asosni taqdim etadi
•SDLC loyihani kuzatish va nazorat qilish mexanizmi hisoblanadi
•Loyihani rejalashtirish jarayonining barcha manfaatdor tomonlari uchun ko‘rinishini oshiradi
•Dasturni ishlab chiqish tezligini oshiradi
•Mijoz va dasturchi aloqalarini muntazamligini ta’minlaydi
•Loyihani boshqarish rejasini qo‘shimcha harajatlarini kamaytirishga yordam beradi



  1. SDLC bosqichlari

1-bosqich: Texnik talablarni o‘rganib chiqish va tahlil qilish
2-bosqich: Texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish (Loyihaning (dastur) umumiy byudjeti aniqlanadi)
3-bosqich: Dizayn (algoritm yaratish)
4-bosqich: Kodlash
5-bosqich: Sinov (har bir funksiya to‘g‘ri ishlayotgani tekshiriladi)
6-bosqich: O‘rnatish (dasturni mijozning qurilmasiga yoki hostingga o‘rnatish jarayoni)
7-bosqich: Texnik xizmat ko‘rsatish (dasturga kelajakdagi o‘zgartirishlar kiritish xizmatlari)

1-bosqich: Dastur talablarini yig‘ish va tahlil qilish


Talablarni aniqlash - SDLC jarayonining birinchi bosqichi hisoblanadi. U barcha manfaatdor tomonlar va soha mutaxassislarining ma’lumotlari bilan olib boriladi. Ushbu bosqichda dasturning har bir talabi (requirement) ni o‘rganib chiqish va rejalashtirish amalga oshiriladi. Ushbu bosqich butun loyihaning ko‘lami va loyihani ishga tushirganda kutilayotgan muammolar, imkoniyatlar va ko‘rsatmalar haqida aniqroq tasavvur beradi. Talablarni yig‘ish bosqichida batafsil va aniq talablarni olish uchun jamoa kerak bo‘ladi. Bu kompaniyalarga yaratilayotgan yangi dasturiy loyihani ishini tugatish uchun kerakli bo‘lgan vaqt muddatini tashkil etishga yordam beradi.

2-bosqich: Texnik-iqtisodiy asoslash


Talablarni tahlil qilish bosqichi tugallangandan so‘ng, keyingi SDLC bosqichi dasturiy ta’minot ehtiyojlarini aniqlash va hujjatlashtirish hisoblanadi. Ushbu jarayon "SRS" hujjati sifatida ham tanilgan, "Dasturiy ta’minot talablari spetsifikatsiyasi" hujjati yordamida amalga oshiriladi. U loyihaning hayot sikli davomida ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichnig asosiy foydasi bu ishlab chiqilishi rejalashtirilgan dasturning amalga oshira olamizmi degan savolga javob berishi hisoblanadi. Bu fizibiliti deb ham ataladi.

Yüklə 287,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin