Zarema Ibragimova
Farg’ona politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada buxgalteriya hisobi tizimi haqida tushuncha berilishi bilan bir qatorda,
tizimning holati, buxgalteriya tizimining faoliyati va uni nazorat qiluvchi va baholovchi audit tizimi haqida bir qancha ma'lumotlar keltirildi.
Kalit so'zlar: Buxgalteriya hisobi, rentabellik, sof daromad, bozor iqtisodiyoti, audit, konsalting,
inventarizatsiya, iqtisodiy tahlil, tashqi nazorat.
STATUS OF THE ACCOUNTING SYSTEM AND EVALUATION OF ITS ACTIVITY
Zarema Ibragimova
Fergana Polytechnic Institute
In addition to providing an understanding of the accounting system, this article provides some information about the status of the system, the operation of the accounting system, and the audit system that monitors and evaluates it.
Keywords: Accounting, profitability,
net income, market economy, audit, consulting, inventory, economic analysis, external control.
KIRISH
Ma'lumki, hisobot, korxona,
birlashma, uyushma, konsern, korporatsiya, aksiyodorlik jamiyati va shu kabilaming o'tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to'g'risidagi ma'lumotlar majmui bo'lib, u xo'jalik faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida tegishli subyektlarga topshiriladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ulaming
ishlab chiqarish xarajatlari, xo'jalik mablag'lari va ulaming tashkil bo'lish manbalari, ishlaming moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to'g'risidagi ma'lumotlami o'z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot
hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda (sof daromad) yoki zarar hisoblab