Progress volume 2 ǀ issue 2


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 39,53 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü39,53 Kb.
#201770
1   2   3   4   5
buxgalteriya-hisobi-tizimining-holati-va-uning-faoliyatini-baholash (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Pul o’lchagichi yordamida buxgalteriya hisobi korxonaning barcha mablag’lari hajmi, ishlab chiqarishga qilingan harajatlar, davr harajatlari, ko’zda tutilmagan harajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, realizatsiyadan olingan yalpi tushum, morjinal (eng katta yalpi) foyda kabilarni beradi.Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo’jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo’jalik jarayonlarining to’la tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir muomala dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha muomalalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yig’ma yakunlangan ko’rsatkichlarni olish uchun yig’ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo’jalik faoliyatini uzluksiz va o’zaro bog’langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo’lib, kam mablag’ sarflangan holda ichki va tashqi foydalanuvchilarni ko’proq axborotlar bilan ta’minlansin. Bozor munosabatlariga o’tish va davlat mulkini xususiylashtirish xo’jalik yuritishning mazmuni, tuzilishi va psixologiyasida jiddiy o’zgarishlarga olib keladi. Bu o’z navbatida, buxgalteriya hisobida tub o’zgarishlarni talab qiladi. Buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirishiga mulkni saqlash va ko’payishiga xizmat qilishi, manfaatdor (investorlar, aktsiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va sh.k.) lar tomonidan muhim iqtsodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investitsiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarini qidirib topish, hisoblashishlar va sh.k.) zarur bo’ladigan to’liq va ishonarli axborotlarni o’z vaqtida yetkazib berish
kerak.



Yüklə 39,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin