Umida Mirovna Khalikova
Bukhara State University
ABSTRACT
The article discusses the role of digital technologies in the integration of all aspects of our life, including the integration of preschool and primary education, the problems of digitalization. The pros and cons of the introduction of digital technologies in the integration of preschool and primary education, the features and possibilities of preschool education, the importance of digital technologies in preschool and primary education, the requirements for their rational and effective use are listed. The article
discusses topical issues of the theory and methodology of information and communication technologies and the use of digital technologies as a modern tool of the educational process that increases the cognitive activity, worldview and motivation of children of preschool and primary school age, which is an important need of today's modern era of globalization. The use of digital technologies in teaching and upbringing is the key to the success of preschoolers and the key to successful schooling.
Keywords: information and communication technologies, digital technologies, cognitive activity, emotional perception, hermeneutics, preschool education, digitalization, education, virtual world, development, globalization, motivation, integration.
KIRISH
O‘zbekiston bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatori raqamli davrga o‘tmoqda va bu bilan bog‘liq o‘zgarishlar aksariyat hollarda, ishlab chiqarish sohalarida, uy-joy kommunal xo‘jaligida, savdo va boshqa sohalarda aniq ko‘rinmoqda. Hozirgi kunda biz o‘z hayotimizning asosiy qismini virtual dunyoga o‘tkazayapmiz: kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar va boshqa moslamalar. Biz u yerda suhbatlashamiz, do‘stlar orttiramiz, ishlaymiz, fotosuratlar almashamiz, taassurotlar, fikrlarimizni bo‘lishamiz, o‘yinlardan foydalanamiz, tomoshabop filmlar ko‘ramiz, “like”lar bosamiz, ma’lumotlar joylashtiramiz. Axborot resurslarining barcha toifadagi fuqarolar hayotiga - yosh bolalardan tortib, nafaqaxo'rlargacha kirib borganligi - axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatni qiziqtirgan barcha muammolarni hal qilishga qodir degan fikrni shakllantiradi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalar butun dunyo bo'ylab barcha ta'lim muassasalarini rivojlantirish uchun yangi vositalarni taqdim etadi. Raqamlashtirish, o'rganilgan saboq va bilimlarni almashish uchun imkoniyatlar yaratib, odamlarga ko'proq ma'lumot olish va kundalik hayotlarida yaxshi qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Yaqin kelajakda ta'lim muhitida raqamlashtirish bilan bog'liq katta o'zgarishlar yuz beradi.
Elektron ta'lim tizimi yangi imkoniyatlar va yangi vazifalarni yaratmoqda. Asosiy imkoniyatlar qatoriga ta'limga oid muammolarni hal qilish, ta'lim shaklini tanlashni kengaytirish, bilimlarni uzatish vositalarini ko'paytirish kiradi. Raqamli texnologiyalarning zamonaviy ta'limdagi o'rni va rolini anglash zarurati maktabgacha va boshlang’ich ta'lim metodikasi va didaktikasi sohalaridagi zamonaviy tadqiqotlarda o'z aksini topishi kerak. Hozirgi kunda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim integratsiyasida raqamli texnologiylarni qo’llash muammolari kelgusida rivojlanish strategiyasini va unga yo'naltirilgan yo'nalishni tanlash bilan bog'liq izlanishlarga sabab bo’ladi. Kelajakda raqobatdosh ta'lim va tadqiqot modeliga o'tish uchun raqamli transformatsiya dasturi allaqachon ishlab chiqilishi kerakligi aniq.
Dostları ilə paylaş: |