9-BO‘LIM. ISHTIROKCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI TO‘PLASH VA QAYTA ISHLASH UCHUN ROZILIK
Promo-aksiyaga ro‘yxatdan o‘tish orqali Shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish bilan birga siz Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasiga, uning sho‘ba tashkilotlariga va boshqa affilangan shaxslari (bundan buyon matnda birgalikda "Affilangan shaxslar" deb ataladi), shuningdek, Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasi va Affilangan shaxslar uchun ma’lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan uchinchi shaxslarga, shuningdek, ushbu Promo-aksiya bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etadigan uchinchi shaxslarga, Shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi tarzda yig‘ish, ishlov berish va uzatishga rozilik berasiz.
Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasi va uning Affillangan shaxslari va uchinchi shaxslar Ishtirokchining Shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, tasniflash, to‘g‘irlash, o‘zgartirish, foydalanish, egasizlantirish, O‘zbekiston Respublikasi yoki chet el rezidenti, uchinchi shaxslarga uzatish orqali, Promo-aksiyani o‘tkazish uchun bloklash, shu jumladan g‘oliblarni tanlash va g‘oliblarni va Promo-aksiyaning boshqa ishtirokchilarni yutuq haqida xabardor qilish yoki tadbirlar haqida sizni xabardor qilish, takliflaringiz va shikoyatlaringizni ro‘yxatga olish, siz uchun yaxshi xizmat standartlarini o‘rnatish, savdo va biznes strategiyalarini aniqlash va amalga oshirish va sizga tadqiqot, axborot, marketing va yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda, imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etish maqsadida ishlatishi mumkin.
Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasi va uning Affilangan shaxslari Shaxsiy ma‘lumotlarni uchinchi shaxslarga sotish yoki ijaraga berish niyatida emas.
10-BO‘LIM. PROMO-AKSIYA SHARTLARI Mazkur Promo-aksiyaning Rasmiy Qoidalarini Veb-saytda topish mumkin. www.cokestudiofest.uz
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (XX) XXX-XX-XX raqamiga qo‘ng‘iroq qiling (yoki Veb-saytga kiring).
MAZKUR PROMO-AKSIYASIDA QATNASHADIGAN BARCHA ISHTIROKCHILAR AVTOMATIK TARZDA MAZKUR PROMO-AKSIYASINING RASMIY QOIDALARI MATNINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQQANINI VA ULARNI TUSHUNGANINI TAN OLADILAR HAMDA BIROR-BIR CHEKLOVLARSIZ VA ISTISNOLARSIZ PROMO-AKSIYASINING RASMIY QOIDALARIGA AMAL QILISHGA ROZI BO‘LADILAR. “COCA-COLA”, “COKE”, “COCA-COLA ZERO”, “COKE ZERO”, Konturli shisha va Dinamik Tasma - “The Coca-Cola Company” kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgilari hisoblanadi.