5.1. Ishtirokchilar Chipta va Sovrin(lar) ni olish uchun Kod(lar)ni ro'yxatdan o'tkazishlari kerak. Chiptalar faqat talabi 30 tanga bilan birga kelgan ishtirokchilarga beriladi. Yangi foydalanuvchilar uchun "Yandex Plus"ga promo-kod faqat birinchi Kodni ro'yxatdan o'tkazgan va kamida 1 Tanga olgan ishtirokchilarga beriladi
5.2. Tashkilotchi chek va/yoki Kodni, agar uning fikriga ko'ra chek va/yoki Kod(lar) har qanday buzilish yoki o'zgarishlarga duch kelgan bo'lsa, soxta, shikastlangan, tirnalgan, eskirgan va/yoki iflos yoki bo'yalgan bo'lsa yoki bosma, tipografik yoki boshqa xatolar va/yoki noqonuniy ravishda sotib olingan yoki boshqa yo'l bilan ushbu aksiya shartlariga mos kelmagan holda yaroqsiz deb hisoblash huquqini o'zida saqlab qoladi. Tashkilotchi yaroqsiz cheklar va/yoki Kodlar bilan bog'liq har qanday talablarni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday yaroqsiz cheklar va Kodlarning haqiqiyligi va/yoki yaroqsiz cheklar va/yoki Kodlarni almashtirish talablarining asosliligi to'g'risida nizo yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchining qarori yakuniy deb tan olinadi.
5.3. Tashkilotchi chek(lar)ga egalik huquqi bo'yicha nizolar uchun javobgar emas.
5.4. Tashkilotchidan yozishmalar olib borish yoki yaroqsiz yoki qabul qilinmagan cheklar va/yoki Kodlar to'g'risida tushuntirish berish talab qilinmaydi.
5.5. Ishtirokchi Chipta(lar) va Sovrin(lar)ni har qanday shartlarda uchinchi shaxslarga sotish yoki berish huquqiga ega emas.
6- BO‘LIM. G‘OLIB(LAR)NING ROZILIGI Sovrinlar taqdimoti ommaviy tadbir sifatida, ommaviy axborot vositasi, audioyozuv, foto va video tasvir jalb qilinish orqali tashkil etilishi mumkun. Ishtirokchi(lar) ning ushbu Promo-aksiyada ishtirok etishlari bilan, agar u(lar) Go‘lib bo‘lsa, ularning ismi, manzili va foto/videosuratlari va audioyozuvlari ommalashtirilib ularning ovozlari, fotosuratlari hamda video materiallari ommaga Tashkilotchi tomonidan hech qanday tovon pulisiz taqdim etilishiga rozilik bildiradilar. Tashkilotchi yuqorida aytib o‘tilgan ommaviy tadbirning taqdimoti tashkil etilganda va unga tegishli rozilikni olgan taqdirda, ushbu shart-sharoit haqida Ishtirokchi(lar)ga hamrohlik qilgan shaxslarga xabar qiladi.
Sovrinlarni olish uchun murojaat qilgan har bir Ishtirokchi uning ismi, manzili, telefon raqami va fotosuratlari/video va audio yozuvlarini Tashkilotchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra har qanday shaklda jamoatchilikka taqdim etilishi mumkinligiga rozilik bildiradi va, shu bilan birga, Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchilardan qo‘shimcha rozilik yoki ruxsatnomalar olmasdan, Ishtirokchilarga hech qanday tovon puli to‘lamasdan va ularni keyinchalik xabardor qilmasdan har qanday audio, foto va video materiallardan foydalanishlari mumkin.