1 – taqsimlagich; 2 – quvur; 3 – ostona.
Suyuqlik va gaz qarama-qarshi yо‘nalishda harakatlantiriladi. 2- rasmda gorizontal quvurlardan tarkib topgan yuvilib turuvchi absorber tasvirlangan. Quvurlar ichida suyuqlik oqib о‘tsa, unga teskari yо‘nalishda gaz harakat qiladi. Quvurlar ichidagi suyuqlik sathi ostona (3) yordamida bir xil balandlikda ushlab turiladi. Absorbsiya jarayonida hosil bо‘layotgan issiqlikni ajratib olish uchun quvurlar taqsimlash moslamasi (2) dan oqib tushayotgan suv bilan yuvilib turadi. Sovituvchi suvni bir meyorda taqsimlash uchun tishli taqsimlagich (1) qо‘llaniladi. Bu turdagi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni yutish uchun ishlatiladi. Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir. Bu absorberlarda fazalarning tо‘qnashish yuzasi oqib tushayotgan suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bо‘ladi. Yupqa qatlamli qurilmalar guruhiga quvurli, list-nasadkali, kо‘tariladigan qatlamli absorberlar kiradi. Quvurli absorberlarda suyuqlik vertikal quvurlarning tashqi yuzasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama-qarshi yо‘nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi. Qolgan turdagi absorberlarda ham fazalarning harakat yо‘nalishi quvurli absorberlarnikiga о‘xshashdir. Quvurli absorberlar tuzilishiga qarab qobiq-quvurli isiqlik almashinish qurilmasiga о‘xshaydi. Qurilmada hosil bо‘lgan issiqlikni ajratib olish uchun quvurlar ichiga suv yoki boshqa sovuq eltkich yuboriladi. Nasadkalar vertikal listlar kо‘rinishida bо‘lib, absorber hajmini bir nechta seksiyaga bо‘ladi. Absorberga suyuqlik quvur orqali uzatiladi va taqsimlash moslamasi yordamida nasadkaga taqsimlanadi. Natijada tekis listning ikkala tomoni ham suyuqlik bilan yuvilib turadi. Gaz va yupqa qatlamli suyuqliklarning nisbiy harakat tezligiga qarab, suyuqlik yupqa qatlami pastga oqib tushishi yoki gaz oqimiga ilakishib, tepaga ham harakatlanishi mumkin. Agar fazalar oqimining tezligi kо‘paysa, massa berish koeffitsiyentining qiymati va fazalar tо‘qnashish yuzasi ortadi. Bunga sabab chegaraviy qatlamning turbulizatsiyasi va unda uyurmalar hosil bо‘lishidir.
Nasadkali absorberlar. Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan tо‘ldirilgan vertikal silindrsimon kolonnalarning tuzilishi sodda, ixcham va yuqori samarador bо‘lgani uchun sanoatda kо‘p ishlatiladi.
Rektifikatsiya gaz uglevodorodlarini fraksiyalarga ajratishni asosiy usulidir. Bunda gaz ikki (suyuq va bug‘) fazaga ajratilgan holda uglevodorodlarga parchalanadi. Suyuq fazada yuqori uglevodorodlar taqsimlanadi sо‘ngra suyuq faza rektifikatsion kolonnalarda yana fraksiyalarga ajratiladi. Gazni qayta ishlash texnologiyasida rektifikatsion kolonnalar bilan birga issiqlik almashtirgichlar (teploobmennik), kondensator, sovutgich va pechlar (trubali) alohida о‘rin tutadi. Shu sababli bu qurilmalarning tuzilishi, turlari, markalari, ishlash tamoyillari va boshqa xususiyatlarini bilish muxim ahamiyatga egadir. Rektifikasiya yordamida gazlarni ajratish
Ajralib chiqayotgan hamma gazsimon mahsulotlar (katalitik riforming va AVT ustanovkasidan) kompressor yordamida siqilib, keyin suv va ammiak bilan sovutgichlarda 4oC gacha sovutiladi. Sо‘ngra riformin va AVT ustanovkalaridagi tindirish kolonnalarida ajralib chiqqan qismi bilan aralashtirib birinchi kolonna-deyetanizatorga beriladi. Bu kolonnada “quruq”-yengil gaz ajralib chiqadi. Ikkinchi kolonnada gaz C5 va yuqori fraksiyalardan ajraladi. Uchinchi kolonnada propan gazi ajralib chiqadi. Tо‘rtinchi kolonnada n-butan izobutandan ajraladi (GFU sxemasi).
Yuqori haroratli kreking va kokslash jarayonlarida ajralib chiqadigan gazlarni tarkibida sezilarli darajada metan gazi bо‘lganligi sababli birinchi kolonnaning ishlash qobiliyati og‘irlashadi.
Shu sababli, ushbu ustanovalar qо‘shimcha ravishda absorbsion kolonnasi bilan taminlanib, gazlar birinchi navbatda bu kolonnada metan va etandan tozalanadi.
Bu absorber - desorber deb ataladigan apparat ikki qismdan iborat bо‘lib, tepa qismiga gazni yutuvchi-absorbent, sovuq holda beriladi. Apparatni о‘rta qismiga gaz keltiriladi. Pastki qismi esa isitiladi. Bu qurilmani AGFU deb ataladi.
Xemosorbsiya usuli ajratilayotgan uglevodorodlarni yutuvchi moddalar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilishga asoslangan.
Hozirgi vaqtda kombinatsiyalashtirishgan, masalan, “absorbsiya- rektifikatsiya” usullari keng ishlatilmoqda. Bu jarayonlar gaz tarkibidagi “metan- metilen”, “etan- etilen”, “butan - butilen” va “propan- propilen” uglevodorod fraksiyalarini alohida – alohida ajratib olish imkoniyatini beradi. [12]
DesorbsiY. Ma’lumki, adsorbsiya jarayoni aralashmalarni ajratish uchun qо‘llaniladi va har doim desorbsiya jarayoni bilan ketma-ket о‘tkaziladi. Odatda, adsorbentni qayta ishlatish maqsadida unga yutilgan modda desorbsiya qilib ajratib olinadi. Buning uchun kо‘ðincha suv bug‘i ishlatiladi. Desorbsiya natijasida olingan adsorbtiv va suv bug‘i aralashmasi kondensatorga yо‘llaniladi. Unda mahsulot suvdan chо‘ktirish usulida ajratib olinadi. Sanoatda desorbsiyaning bir necha usuli qо‘llaniladi. a) adsorbentga yutilgan komponentlar yutiluvchi moddalarga nisbatan yuqori adsorbsion qobiliyatga ega bо‘lgan eltkichlar yordamida siqib chiqariladi; b) adsorbent qatlamini qizdirish yо‘li bilan nisbatan yuqori uchuvchanlikka ega yutilgan komponentlarni bug‘latish bilan siqib chiqariladi. Ayrim hollarda adsorbsiya jarayonida hosil bо‘lgan smola va boshqa mahsulotlarni tozalash uchun ushbu komponentlar kuydiriladi. Desorbsiyaning u yoki bu usulini qо‘llash texnik-iqtisodiy maqsaddan kelib chiqqan holda tanlanadi. Ikkala usul ham amaliyotda keng va kо‘pincha birgalikda qо‘llaniladi. Adsorbsiya jarayoni tugagandan sо‘ng adsorbent qatlamidan toza bug‘ yoki gaz о‘tkaziladi va yutilgan modda ajratib olinadi. Desorbsiya jarayonini jadallashtirish uchun yuqori haroratdagi desorblovchi eltkich adsorbent qatlamidan о‘tkaziladi. Desorblovchi eltkich sifatida suv va organik moddalar bug‘lari hamda inert gazlarni qо‘llash mumkin. Desorbsiya jarayoni tugagandan sо‘ng adsorbent qatlami, odatda, quritiladi va sovitiladi. Qayta tiklash jarayonida faollangan kо‘mirga yutilgan uchuvchan erituvchilar tо‘yingan suv bug‘i yordamida desorbsiya qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yutilgan moddaning asosiy qismi desorbsiya jarayonining boshida ajratib olinadi. Jarayon oxiriga borib uning tezligi pasayadi, ammo yutilgan komponent birligiga suv bug‘ining sarfi juda kо‘payib ketadi. Shuning uchun suv yoki boshqa organik modda bug‘larini tejash maqsadida desorbsiya jarayoni oxirigacha olib borilmaydi. Shu sababli yutilgan komponentning bir qismi adsorbentda qolib ketadi. Desorbsiya jarayoni davomida isituvchi bug‘ning bir qismi butun sistemani isitishga, adsorbentda yutilgan moddani desorbsiyalash va atrof-muhitga yо‘qotilgan issiqlikni kompensatsiya qilishga sarflanadi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, isituvchi bug‘ning hammasi adsorbentda butunlay kondensatsiyalanadi. Adsorbent qatlamidagi desorbsiyalangan moddalar dinamik bug‘ yordamida puflab chiqariladi. Dinamik bug‘ adsorbentda kondensatsiyalanmaydi va qurilmadan desorbsiyalangan moddalar bilan birga uchib chiqadi. Taxminiy hisoblarga kо‘ra, 1 kg moddani desorbsiyalash uchun 3¼4 kg dinamik bug‘ sarflanadi. Seolitlarni qayta tiklash uchun kо‘ðincha qizdirilgan quruq gaz ishlatiladi. Desorbsiya jarayoni adsorbsiya kabi qо‘zg‘almas, harakatchan va mavhum qaynash qatlamlarida olib boriladi.[25,26]