Propan-butan aralashmasini ajratib olish uchun unumdorligi 10 T/soat bo`lgan rektifikatsion kallonnani loyihalash mundarija kirish asosiy qism


ASOSIY QISM 1.Tabiiy gazlardan propan va butan aralashmasini ajratib



Yüklə 326,01 Kb.
səhifə2/10
tarix15.03.2023
ölçüsü326,01 Kb.
#87864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Propan butan aralashmasini ajratib olish uchun unumdorligi 10 T

ASOSIY QISM
1.Tabiiy gazlardan propan va butan aralashmasini ajratib
olish usullari


Gazlarni qayta ishlashga tayyorlash. Gazlarni ajratish uchun sovutgan vaqtda, agarda gazni tarkibida namlik bо‘lsa gaz molekulasi bilan qо‘shilib gidrat hosil qilishi mumkin. Shuning uchun gazlarni ajratishga hozirlash uchun ularni tarkibidagi namlikni yo’qotish lozim.
Piroliz gazlarini namlikdan quritish uchun asosan seolitlar yoki seolitlar bilan birga alyumogellar ishlatiladi. Piroliz gazlarini quritishdan ilgari ularni tarkibidagi C4-C5 gazlarini ajratib olish kerak, aks holda bu gazlar polimerizasiyaga uchrab qurituvchi reagentlarni sirtida polimerizasiyaga uchrab, quritish jarayonini sekinlashtiradi.
Riforming jarayoniga xom ashyo gidrochistka blokidagi tindirish kolonnasida quritilib beriladi. Jarayonga qaytarib berilayotgan gazlar esa qurilmani rejimga olib chiqish davomida maxsus kislotaga chidamli seolitlarda quritiladi. Bu seolitlar ikkita adsorberga solinadi. Adsorberlar navbat bilan ishlaydi. 24-36 soatdan sо‘ng tо‘yingan seolitlarni 3500C gacha qizdirilgan inert gazi bilan quritiladi. Bu vaqtda ikkinchi adsorber ishlab turadi.
Reaktordagi katalizatorlarni regenerasiya qilish vaqtida ham adsorberlar ishga tushuriladi.
Odatda zavod gazlari qayta ishlashdan ilgari oltingugurt birikmasi - H2S dan tozalanadi. Agar gazlar yuqori bosim ostida ishlayotkan ustanovkalarda hosil bо‘lgan bо‘lsa ular suyuq holda bо‘ladi, ularni ishqor eritmasi yordamida tozalanadi. Gazlarni esa etanolaminni 15-30% li eritmalari yordamida tozalanadi.
H2N -C2H4OH; HN (C2H4OH)2; N(C2H4OH)3
Etanolaminni eritmasini ikkita kolonna kо‘rinishdagi ikkita apparatga quyib, biridan gaz о‘tkaziladi, keyin ikkinchisiga о‘tkazilib tо‘yingan eritmani suv bug‘i bilan qizdirib serovodoroddan tozalanadi va yana ishga tushiriladi. H2S ni esa sulfat kislotasi yoki oltingugurt olish uchun ishlatiladi. Ba’zan etalonaminni etilenglikol bilan birgalikdagi eritmasi ishlatiladi.
Agar gazlarni tarkibida CO2 gazi bо‘lsa H - metilpirrolidon eritmasi qо‘llaniladi.
Gazlarning tarkibiy qismi qaysi jarayonda hosil bо‘lishiga bog‘liq. Vodorod bosimida bо‘ladigan jarayonlarda (riforming, izomerizasiya, gidrokreking, gidroochistka) hosil bо‘ladigan gazlar asosan tо‘yingan gazlardan tashkil topgan bо‘lib, tо‘yinmagan gazlar aytarlik yo’q. Bu gazlar asosan: metan, etan, propan, n-butan va izobutandan iboratdir.
Yuqori xarorat ostida boradigan va qisman katalitik jarayonlarda hosil bо‘lgan gazlar tarkibida tо‘yinmagan gazlar ham bor. Bularning miqdori hom ashyo sifatiga va asosan jarayonning kо‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Katalitik krekingda qо‘llaniladigan katalizatorga bog‘liq.[5]
Gudronni uzluksiz kokslashtirish qurilmasida haroratda 530-5400C xaroratda 30% mass. tо‘yinmagan gaz hosil bо‘ladi, haroratni 6000Cgacha kо‘tarilsa tо‘yinmagan gazlarning miqdori 50% mass.gacha kо‘payadi.
Zavodlardagi ishlab chiqarish jarayonida hosil bо‘lgan gazlarning yog‘li qismi (jirnaya chast) C3-C4 gazlari alohida ahamiyatga ega bо‘lib, bu qismida izobutan va butilen kо‘p bо‘lishi uchun moddalarni alkilir jarayonida ishlatiladi (yuqori oktan sonli avtobenzin komponentini olish uchun). Gazlarning quruq qismini (suxaya chast) bunda asosiy qismini vodorod, metan, etan va etilen tashkil etadi. Bu quruq gazdagi vodorod va etilenlar ham alohida ahamiyatga ega.
Vodorodni asosan riforming gazlaridagisi ishlatiladi, boshqa gazlarda vodorodni miqdori juda kam. Zamonaviy zavodlarda 3-4,5% mass.quruq gaz hosil bо‘ladi. Uni tarkibida taxminan: vodorod-3%; metan -27%; etilen 27%; etan- 30% mass qolgani C3-C4 gazlaridan iboratdir. Shuni ta’kidlash kerakki gazlarning tarkibi har qaysi zavodda har xildir.
Suyuqlik yordamida tozalash. Gazlarni yuvish yo’li bilan changdan tozalash usuli qо‘llanilganda changli oqim tomchi yoki plyonka holatidagi suyuqlik bilan konttaktda bо‘ladi. Gidrofil xossasiga ega bо‘lgan chang suyuqlik yuzasiga yopishib, u bilan birgalikda uskunadan tashqariga chiqariladi. Chang yuvishning kamchiligi – ifloslangan oqova suyuqliklarning hosil bо‘lishidir. Bunday oqova suvlar tozalashni talab qiladi. Gaz yuvish usuli yordamida juda kichik zarrachalar (0,1 mkm gacha) ni ushlab qolish imkoniyati mavjud va juda yuqori (99% gacha) tozalash darajasiga erishish mumkin. Gaz yuvuvchi uskunalarning chang ushlashidan tashqari bir vaqtning о‘zida quyidagi vazifalarni hal qilish mumkin: gazlarni sovitish yoki namlsh; chang bilan birgalikda tomchi va tumanlarni ushlab qolish; gaz qо‘shimchalarini absorbsiyalash. [6]
Gazyuvuvchi uskunalar kamchiliklardan xoli emas: a) uskuna va quvurlar yuzalariga chang zarralarining yopishib qolishi; b) suyuqlik (odatda suv) ning sarfi ancha katta; d) gazlarni, ayniqsa, metallarni yemiruvchi gazlarni, tozalash uchun uskuna va quvurlarni korroziyadan himoya qilish talab qilinadi; e) past haroratlarda (00C dan kam) ishlatish mumkin emas, chunki suv muzlab qoladi; f)katta tezlik bilan ishlaydigan uskunalar uchun qо‘shimcha tomchi ushlagichni о‘rnatish talab qilinadi.
Gazyuvuvchi uskunalar quyidagicha sinflanadi: 1) fazalar kontakt yuzasining turiga kо‘ra: suyuqlikni sochib beruvchi, qо‘zg‘almas va qо‘zg‘aluvchan nasadkali, tarelkali (barbotajli va kо‘pikli), plyonkali (suv plyonkali siklonlar va uyurmali chang ushlagichlar); 2) ish prinsiplariga kо‘ra: gravitatsion, markazdan qochma, zarba-inersion, oqimchali va mexanik gazyuvuvchi uskunalar; 3) energiya sarfiga kо‘ra uch guruhga bо‘linadi: past naporli chang ushlagichlar – gidravlik qarshiligi 1500 Pa gacha (suyuqlikni sochib beruvchi, tarelkali, markazdan qochma va hokazo), о‘rta naporli chang ushlagichlar – qarshiligi 1500 dan 3000 Pa gacha (nasadkali, mexanik, zarba-inersion va hokazo), yuqori naporli uskunalar (Venturi quvuri, dezintegratorlar va hokazo).
Gazyuvuvchi uskunalarda mexanik (markazdan qochma ultratovushli), pnevmatik (suyuqlikning sochilishi gaz yordamida amalga oshiriladi) va elektrik forsunkalar ishlatiladi. Forsunka – suyuqlikni purkab beruchi asbob. Mexanik forsunkalar eng kо‘p tarqalgan bо‘lib, tuzilishi sodda, narxi arzon, ishlatish qulay. 1 t suyuqlikni о‘lchami 0,001 dan 3,5 mm gacha bо‘lgan tomchilar holatida sochish uchun 2 20 kVt energiya sarf bо‘ladi.
Filtrlash usuli. Suspenziya va changli gazlarni filtrli tо‘siqlar orqali о‘tkazib tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Filtr tо‘siqlar qattiq zarrachalarni ushlab qolib, suyuqlik yoki gazni о‘tkazib yuborish qobiliyatiga ega. Filtr tо‘siqlar yoki filtr sifatida mayda teshikli tо‘rlar, turli gazlamalar, sochiluvchan materiallar (qum, maydalangan kо‘mir, bentonitlar), keramik buyumlar va boshqalar ishlatiladi. Filtr sifatida paxta, yung va sintetik gazlamalardan tayyorlangan materiallar ham ishlatiladi.
Filtr tо‘siqlar bir qator talablarga mos kelishi kerak. Eng avvalo, filtrlovchi material g‘ovaksimon tuzilishga ega bо‘lib, g‘ovaklarning о‘lchami shunday bо‘lishi kerkki, bunda chо‘kma zarrachalari tо‘siqning ustida qolishi kerak. Bundan tashqari, filtr muhit ta’siriga kimyoviy barqaror, yuqori haroratga bardoshli, mexanik jihatdan pishiq bо‘lishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Filtr tо‘siqning ustida hosil bо‘lgan chо‘kma ham filtrlovchi material vazifasini bajaradi.[12]
Filtrlash paytida materialar ham ishlatilishi mumkin. Bunday materiallar qatoriga faollashtirilgan kо‘mir, maydalangan asbest, diatomit, perlit va hokazolar kiradi. Qо‘shimcha materialar filtrlanishi lozim bо‘lgan suspenziya qо‘shiladi yoki filtrning ish yuzasi bunday materiallar bilan qatlam qilib qoplanadi. Qо‘shimcha materiallar chо‘kma bilan aralashtirilib, uning g‘ovakligini oshiradi va gidravlik qarshiligini kamaytiradi. Bundan tashqari, diatomit, perlit, faollashtirilgan kо‘mir va boshqa moddalar adsorbsiyalsh xususiyatiga ega, shu sababdan filtrdan chiqayotgan tayyor mahsulot ancha tozalangan bо‘ladi.
Filtrlash paytida suspenziya tarkibidagi mayda zarrachalar filtrlovchi materialning ustki qismida chо‘kma holida yoki filtrlovchi materialning о‘zida teshiklarni tо‘ldirgan holda о‘tirib qolishi mumkin. Bu xususiyatlarga kо‘ra filtrlash jarayoni ikkiga bо‘linadi: a) chо‘kma qatlami hosil qilish yo’li bilan filtrlash; b) filtrlovchi materiallarning teshiklarini tо‘ldirish orqali filtrlash. Sanoatning kо‘p tarmoqlarida chо‘kma hosil qilish yo’li bilan filtrlash keng qо‘llaniladi.

Yüklə 326,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin