Imitator mantiqiy signatlari qiymatini tanlash kursorni imitatorga olib borib, sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Virtual o’lchash asboblari podgruppasi Virtual o’lchash asboblari (ossillograf, ampermetr, voltmetr, chastotomer) INSTRUMENTS oynasidan tanlanadi.
Virtual o’lchash asboblarini tanlash sichqoncha kursorini zarur asbob ustiga bosib, uni sxema tahrir oynasiga chiqarish orqali amalga oshiriladi.
3. Ish joyi ta’rifi Ish joyi sifatida Windows muhitida ishlovchi, Proteus 7.0. Professional dasturi yuklangan personal kompyuterdan foydalaniladi.
4. Laboratoriya ishiga topshiriq 1) Laboratoriya ishi mazmuni bilan tanishish.
2) Proteus dasturini ishga tushirishni amalga oshirish va ISIS 7 Professionalni tanlash.
3) Komponentlar kutubxonasidan o‘qituvchi ko‘rsatgan topshiriq variantiga muvofiq elementlardan birini (kondensator, induktivlik, rezistor, kuchlanish va h.k) tanlash.
4) O‘qituvchi ko‘rsatgan topshiriqqa muvofiq tanlangan elementning parametrlarini o‘zgartirishni amalga oshirish.
5) Komponentlar kutubxonasidan yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan birini tanlang “mantiqiy elementlar nimguruhidan”, va mantiqiy elementlar hamda imitatorlardan foydalangan holda berilgan elementni tasvirlovchi mantiqiy funksiyani tuzing.
5. Ishni bajarishga doir ko’rsatmalar 3-topshiriqni bajarish uchun (Sub-category) nimkategoriyaga kirish kerak. Bunda tanlangan komponentning parametrlari va tavsiflari (Description) yozmasida ko‘rsatilgan.
Tanlangan komponentning parametrlarini o‘zgartirganda Edit Properties qatorlar oynasida barcha qatorlar belgilangan bo‘lishi kerak.
5-topshiriqni bajarish uchun LOGIGSTATE mantiqiy imitatorlari yordamida tadqiqot qilinayotgan elementlar kirishiga signal qiymatlarini berish kerak. LOGICPROBE mantiqiy namuna ko‘rsatkichlarini kuzatgan holda funksiya qiymatlarini haqiqiylik jadvali ko‘rinishida yozib olish kerak.
6. Hisobot mazmuni Hisobotda quyidagilarni keltirish lozim: 1.Ishdan maqsad; 2. variantga muvofiq mantiqiy elementni, haqiqiylik jadvalini va bajaruvchi funksiyalarni. 3. Berilgan komponent, o‘zgarishlar tartibini va uning parametrlarini o‘lchash sxemasini.
7. Nazorat savollari 1. Modelni tuzish va tahrirlash asosiy amallari qaysi oynada amalga oshiriladi?
2. Komponentlar kutubxonasiga qanday kirish mumkin?
3. Sxema elementlarini o‘zaro bog‘lash qanday amalga oshiriladi?
4. Edit Properties oynasining vazifasi nima?
5.Komponentlar kutubxonasi oynasining qaysi nimkategoriyasidan mantiqiy namuna va imitatorlar olinadi?
6.Virtual o‘lchash jihozlarini tanlash qanday amalga oshiriladi?