Psihologik testlar



Yüklə 38,88 Kb.
səhifə5/18
tarix29.12.2021
ölçüsü38,88 Kb.
#48858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
testlar

Natijalar izohi

Har bir “ha” javob uchun-2 ball, “ba’zan”-1 ball, “yo’q”-0 ball beriladi. Umumiy ball

qushib hisoblanadi.

30-32 ball — Siz muloqotga kirishishga qiynalasiz. Lekin sizning tanishlaringizga ham

qiyin. Chunki guruhiy bajariladigan vazifalarda sizga ishonish qiyin.



25-29 ball — Siz, yolg’izlikni yoqtiradigan kishisiz. Yangi ishdagi aloqalar sizni

anchagacha muvozanatdan chetga chiqaradi.



19-24 ball — Siz, muloqotga tez kirishuvchisiz, notanish vaziyatda o’zingizni yaxshi

tutasiz. Yangi muammolar sizni cho’chitmaydi. Yangi topshiriqlar bilan silliq munosabatda

bo’lasiz.

14-18 ball — Sizda muomalaga kirishish normada. Ko’p narsani bilishga qiziqasiz,

suhbatdoshingizni yaxshi tinglaysiz, boshqalar bilan suhbatda o’zingizni bosiq tutasiz, o’z

fikringizda qat’iy turasiz. Lekin turli shovqinli, ko’p gaplar bo’ladigan vaziyatlar sizda

ko’zg’alishni vujudga keltiradi.



9-13 ball — Siz normadan yuqori darajada muloqotga kirishuvchansiz. Ko’p narsani,

ko’p gapirishga, turli mavzularda fikrlashni bayon etishga harakat qilasiz. Odamlar bilan tez

tanishasiz, barchani e’tiborida bo’lishga, qo’lingizdan kelmasa ham boshqalar iltimosini

bajarishga harakat qilasiz.



4-8 ball — Siz haddan tashqari muomalaga kirishuvchansiz. Barcha sohalar bo’yicha

ma’lumotga egasiz. Turli bahs va tortishuvlarda ishtirok etishga harakat qilasiz. Har qanday

mavzuda, u sizga judayam yuzaki tanish bo’lsa ham so’z olishingiz mumkin. Har qanday ishni

uddasidan chiqa olmasangiz ham harakat qilib ko’rasiz.




Yüklə 38,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin