Adaptatsiya - sezgi organlarini ularga ta’sir etuvchi stimullarga moslashishi, bunda ularning aks etilishini yaxshilashni yoki ortiqcha og`irlikdan xolos etilishi nazarda tutiladi (Qorang`ulik, yorug`likka moslashish).
Sensibilizatsiya - analizatorlar o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgi organlarining sezuvchanligini ortishidir (Masalan: ovoz ta’sirida ko`rishni o`tkirlashishi). Analizatorlarning markaziy bulmalari joylashgan bosh miya kobigida kuzgalishning tarkalishi va tuplashishi jaraenlari sezgilari uzaro munosabatning fiziologik mexanizmi bulib xisoblanadi.
Sinesteziya - bir analizatorning kuzgalish ta’siri ostida boshka analizatorga xos sezgining xosil bulishidir. Ushbu xolat sezgilarning xar-xil turlarida kuzatiladi. Tovush kuzgatuvchilari ta’sir kilganda sub’ektda kurish obrozlari paydo bulganda kupincha kurish, eshitish sinesteziyasi uchraydi.
Sezgi a’zolari sezuvchanligining oshishiga olib boradi va ikki sohani ajratib ko`rsatish mumkin. 1. Sensor nuksonlar ko`rlik va karlikning o`rnini to`ldirish zaruratidan stixiyali tarzda kelib chiqadigan sentsibilizatsiya. 2. Sub’ekt faoliyati tufayli kasbga xos talablardan kelib chiqadigan sentsibilizatsiya. Ko`rish yoki eshitish sezgisining yo`qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to`ldiriladi.
3. Insonning barcha sezgilari quyidagi sifatlarga qarab klassifikatsiyalanadi:
1. Eksterotseptiv sezgilar – tashqi olamdagi narsa va hodislarning sifatlarini aks etadi. Ularga ko`rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va teri sezgilari kiradi.
2. Interotseptiv sezgilar – ichki organlarning turli holatlari aks etadi (Organik, og`riq sezuvchi).
3. Propriotseptiv sezgilar – turli harakat organlarining holatlarini aks etadi (Muskul, harakat, kinetik va muvozanat).
Ko`rish sezgisining organi ko`z, u pardadan iborat: tashqi tomirlari va to`r parda. Ko`rish sezgisining fizik sababchisi yorug`lik to`lqinlari hisoblanadi.
Ranglar axromatik (qora, oq, kulrang) hamda xromatik (qizil, sariq, havorang, ko`k, siyohrangga bo`linadi).
Ko`rish sezgisining markazi miya katta yarim sharlarining ensa bo`lagidir. Eshitish sezgisi – ovozlarni sezish, organi quloq. Tashqi quloq - quloq chanog`i va eshitish bo`shlig`idan iborat. O`rta quloq - uchta suyakchaga mahkamlangan quloq pardasi, ichki yupqa parda, ichki tog`ay. O`rta quloq eshituv suyakchasidan iboratdir. Ular havo to`lqinlarini ichkariga o`tkazadi. Eshitishning miya markazi bosh miyaning chakka qismi.
Eshitish sezgisining sifati:
a) ovoz balandligi;
b) ovozning kuchi;
v) ovoz tembri
Xid bilish sezgisi – xidni bilish bilan xarkterlanadi. Organi burun bo`shligining yuqori qismi bo`lib, unda xid bilish kataklari mavjud. Xidlar predmetlar bo`yicha klassifikatsiyalanadi.
Fizik sababi – gazga o`xshash moddalarni burun bo`shlig`i tushishi va xid bilish retseptori kataklarga ta’sir etishi.
Xid bilish markazi – miya ensa bo`lagining pastki qismida joylashgan.
Ta’m bilish sezgisi – achchiq, shirin, nordon, sho`rni sezish.
Organi tilning ustki qismi va tanglay.
Ta’m bilishning fizik sababi – suvda va so`lakda eriydigan moddalar.
Ta’m bilishning markazi – hid bilish markaziga yaqindir.
Teri tuyush sezgisi – temperatura, taktil sezgilari.
Temperaturani sezish - issiq va sovuqni teri orqali bevosita sezish bilan bog`liq, fizik sababi teriga boshqa moddalarning tegishi. Terida 250 mingta sovuq hamda 30 mingta issiqni qabul qiluvchi nuqta mavjud.
Taktil sezgi – tegish va bosimni sezish organi alohida tuyush tanachalari bo`lib, ular tana bo`ylab notekst joylashgan. Barmoqlar til, lab, lablarda uchta nuqta mavjud.
4. Idrok jarayonida ishtirok etuvchi analizatorlarga ko`ra ko`rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, kinetik va teri tuyush kabi idrok turlari mavjud. Boshqa klassifikatsiyasi asosida materiyaning mavjud bo`lishi yotib – u vaqtni idrok etish, fazoni, xatti – harakatni idrok etish turlariga bo`linadi.