Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137
psihiatriya-qollanma

Masala 3 
Bemor K, 50 yosh: 10 yildan buyon shizofreniya bilan bemor. 
Atrofdagilarni bemorning noadekvat hatti - qarakatlari o'ziga qaratdi: uyiga o't 
qo'yishga qarakat qilishi, uksus ichishi, televizorni sindirishi. Vrach qabulida o'zini 
to‘tishi tinch, o'ziga ishonchli. Uydagi hatti - qarakatlari to'qrisida so'ralganda 
shunday javob berdi: «Ovozlar meni qiynab yubordi, mana 10 yildan buyon 
miyamning ichida o'tirib meni boshqarmoqda. Menga doim buyruq beradi, ba'zan 
o'z qornimga pichoq urishni buyuradi. Lekin men qar doim qam unga quloq 


197 
solmayman, agar quloq solsam qozir men sizning oldingizda o'tirmagan bo'lar 
edim». Shuningdek yana «ovozlar uning hohishiga qarshi kimnidir urishni, 
nimanidir sindirishini buyurishga» shikoyat qiladi. Bemor ko'pchilik holatlarda 
ovozlarga bo'ysunmaydi, o'z holatiga qisman tanqidiy munosabat bilan qaraydi. 
Bu holatda idrok buzilishining qanday turi kuzatiladiq
Bu misolda gallyutsiyanatsiyaning qanday turi kuzatiladiq 
Gallyutsinatsiyalarning imperativ harakterda ekanligini qaysi belgilar ifodalaydiq 
Javob etaloni. 
1. 
Gallyutsinatsiyalar. 
2. 
Sohta eshituv gallyutsinatsiyalari, ya'ni bemor aytadiki «ovozlar qiynab 
yubordi, mana 10 yildan buyon miyamning ichida o'tirib meni boshqaradi» - deydi.
3. 
Belgilari: «Ovozlar buyruq beradi, ba'zan o'z qornimga pichoq urishni, 
ba'zan televizorni sindirishni, chunki ovozlarga televizorda bo'layotgan 
mashinaning yurishi yoqmadi - deydi». Shuningdek, «ovozlar miyaning ichida 
uning hohishiga qarshi kimnidir urishni, nimanidir sindirishni buyurishini» aytadi. 
Masala. 4 
Bemor L. 35 yosh. Vrach bilan suqbat choqida shunday deydi: «Men doimo 
qo'rquv holatidaman o'z hayotimdan havotirdaman. Bir tomondan men aniq 
bilamanki, menga hech narsa bo'lmaydi, lekin bir vaktda o'ylaymanki mening qar 
qanday harakatim soqliqimga qarshi ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ko'chadan 
ketayotganimda behosdan yo'l chetidagi narsalarni, uy, mashinalarni sanay 
boshlayman. Agar hammasini to'qri sanasam erkin qis qilib tinchlanaman. Agar 
sanashda yanglishsam qo'rquv boshlanadi va meni biror bahtsiz voqea kutmoqda 
deb qisoblayman. Biror ishni bajarib ko'rgandan keyin shu ishni to'qri qildimmi - 
yo'qmi degan gumon paydo bo'ladi. Men doim ikkilangan holatda yuraman, qech 
ish qila olmayman, o'z soqliqimdan qo'rquvda yuraman».
1. Sindromologik diagnoz qo'yish. 
2. qaysi simptomlarga asosan diagnoz qo'yildiq 


198 
Javob etaloni. 
1. Obsessiv - fobik sindrom. 
2. Ushbu bemorda bo'lgan yopishqoq moyillik, o'z soqliqidan qo'rqib yurish hissi 
kuzatiladi. U o'z kechinmalarining bema'ni ekanligini biladi va undan qutilishga 
harakat qiladi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin