193
melanxoliya,
Reaktiv depressiya, Ekzogen,infeksion ,intoksikatson psixozlar
(tashqi organik psixozlar,serebral ateroskleroz,rivojlanuvchi falaj )
va boshqalar
kiradi. Bularni bilish g‗oyat muhim chunki bunday holatlarda davriylikka moyillik
kuzatiladi (organik davriy psixozlar). BAB ni davriy shizofreniyada chegaralashda
shuni nazarda tutmoq kerakki, BAB xurujlari faqat affektiv patologiya bilan
tugaydi ,davriy Shizofreniya uchun esa xurujdan-xurujga qarab klinik ko‗rinish
murakkablashib, unga gallyutsinator vasvasa buzilishlari,
ruhiy avtomatizm
sindromi qo‗shiladi .BAB ning depressiya bosqichidi kun bo‗yi kayfiyat
o‗zgarishini hisobga olish kerak .Bu bosqichdan chiqishda shaxsiyat o‗zgarmaydi
va ruhiy holat to‗la tiklanadi (intermissiyaga o‗tish). Bu esa psixogen tashxisni
osonlashtiradi, chunki shizofreniyada kun bo‗yi kayfiyat o‗zgarishi kutilmaydi va
shaxsiyatni kasallikka xos o‗zgarishlari aniqlanadi. Anamnezda kayfiyat o‗zgarish
davrining bo‗lmaganligi kasallikning ba‘zan involyutsiyaga yuz tutgan davrida
boshlanishi ,kasallik holatida qo‗rquvning qo‗zg‗aluvchanlik va o‗ziga xos vasvasa
bilan bo‗lishi, kasallikning cho‗zilib
ketishi , kasallik pirovardida ruhiy
bo‗shanglikka olib kelishi, ya‘ni involyutsion melanxoliya belgilarini BAB ning
depression bosqichidan ajratishga imkon beradi .Reaktiv
depressiya depressiv
bosqichdan farqli ularoq, ruhan ancha tushshunarli reaktiv depressiya tuzilmasida
ruhiy jarohat vaziyati aniq o‗z-o‗zini qondiradi. Depressiv uchlik BAB depressiv
bos qichidagi kabi o‗ziga xos ko‗rinishga ega emas. Sirkulyar depressiya endogen
xastalik qonuniyati bo‗yicha tashqi muhitlarga bog‗lanmagan holda kechadi.
Reaktiv depresiyaning butun kechishi ruhiy jarohat bilan bog‗liq bo‗ladi : agar
jarhoat hosil qilayotgan vaziyat yechilsa reaktiv depressiya tez tugaydi. Organik ,
infeksion va intoksikatsion psixozlarda buzilish davrlarining bo‗lishi, ozish va tez
charchash (organik
astenizatsiya alomatlari, intellektual pasayish), eslash
qobiliyatining susayishi, ruhiy faollikning kamayishi,
muhokama va tanqidning
susayishi va aqlning pasayishi , bosh miyaning o‗choqli zararlanish belgilari, ya‘ni
ruhiy-organik ko‗rinish bo‗yicha o‗zgarishi ва ularning avj olishga moyilligi BAB
ning yuqligini tasdiqlashga asos yaratadi