Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


SHIZOFRENIYA BILAN OG‟RIGAN BEMORLAR REABILITATSIYASI



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137
psihiatriya-qollanma

 
SHIZOFRENIYA BILAN OG‟RIGAN BEMORLAR REABILITATSIYASI. 
Shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar reabilitatsiyasi bemorni shaxsiy, 
shaxslararo, kasbiy ko‘nikmalarini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan. Bemor 
xurujdan so‘ng qanchalik mutaqil bo‘la olishini xurujdan aniqlash juda muhim 
hisoblanadi. Agar bemorlarni oilasi va ish joiy bo‘lsa reabilitatsiya ishlari nisbatan 
samarali bo‘ladi. Bemorni jamiyatda hayot kechirishi va ishtiroki ko‘pincha 
jamiyatga bog‘liq bo‘ladi. Shaxslararo munosabatlarni tiklashda va reabilitatsiyada 
psixoterapiyani o‘rni juda katta hisoblanadi. Psixoterapiyani turli usullaridan 
foydalanib xurujga sabab bo‘ladigan ichki va tashqi omillarni bartaraf etish 
mumkin. Bundan tashqari bu metodlar orqali ijtimoiy adaptatsiyani yaxshilaydi va 
bemor axvolini yomonlashtiruvchi sharoitlarni bartaraf etish imkonini beradi. 
Bemorga munosabat realistik tabiatda bo‘lish kerak. Bemorga qo‘yiladigan talablar 
bemorni oldingi ahvolidagi talablardan farq qilishi kerak. Faqat kompleks 
yondashish, ya‘ni dori darmonlar bilan davolash, reabilitatsiya, pisxoterapiya, 
ruhiy yordam ko‘rsatuvchi muasasalarni kechayu kunduz ishlashi bemorlar 
ahvolini yaxshilanishiga va mustaqil hayot kechirishiga imkon beradi. 
Profilaktika. 
Hozirgi 
kunda 
shizofreniyani 
birlamchi 
profilaktika 
shizofreniyaga moyil ota-onalarga tibiy-genetik maslaxat berish va ularni 
farzandlarida shizofreniya bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan 
chegaralanadi. Agar ota yoki ona shizofreniya bilan kasallangan bo‘lsa bolalarni 
kasallanish xavfi 14 % ni tashkil etadi. Agar ota–ona ham shizofreniya bilan 


179 
kasallangan bo‘lsa bu xavf 46 %ga etadi. Dizigot ekizaklarining birida shizofreniya 
rivolansa, ikkinchisida kasallikni rivojlanish xavfi 23%ni tashkil etadi. Agar 
egizaklar monozigot bo‘lsa bu xavf 70 %ga etadi. Shizofreniyani ikkilamchi 
profilaktikasi (xurujlar va retsidivlar oldini olish) va uchlamchi profilaktikasi 
(ruhiy defektni shakllanishini sekinlashtirish va to‘xtatish) uzoq muddat ambulator 
farmakoterapiya, pisxoterapiya va ijtimoiy – reabilitatsiya choralaridan iboratdir. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin